«Jim bo'l, men liberalman!»

Liberal deb ataluvchi toifa bor. Inson erkinligini barchasidan ustun qo'yuvchi kishilar. Sen menga tegma, evaziga men senga tegmayman. Ta'rifini tez aytishda keltiradigan bo'lsak: taqiqqa taqiq qo'yuvchilar.

Faraz qiling, elektron mashvaratda“nega qizlar ko'cha-ko'yda labidan so'rib o'pishlariga qarshilik qilmayapti?” yoki “oyog'ini ochib yurgan o'zbek ayoli” deb jumla yozdingiz. Darrov bir to'dasi gur etib yopiriladi. Va quyidagicha izohu ta'na-dashnomlarning nishoniga aylanasiz.

  • Erkeylaram juda maydalaship ketti. Uyalmisanmi, o'ziyni ayoliyni o'ylasen bomiydimi?
  • Birovni koynegini ichida nima borligi sani qiziqtirmasin. Yoqmasa qarama, bor, chiq, Siriyada yasha.
  • O'zbekka cho'p bergan, doim bir-birinikini kovlab yuradi.
  • O'ziga etsez bomiydimi? Yo qo'rqasmi?
  • Bu inson erkinligiga tahdid. Inson qanday yashashini o'zi hal qilishi zarur. Muallif zudlik bilan uzr so'rashi shart!
  • O'ranib yurganlaram jaa oppog'mas, hijoppi ichida nima qib yurishganini bilamiz Dubaylarda. Asosiysi qalbi toza bo'sin.
  • Bu odamning kompleksi bor. Bundaylar o'zidan xavotirlangani sababli doim boshqalarning kamchiligini kuzatib o'zini qoniqtiradi. Xotini urod, ko'chada etaklab yurishga uyaladi. Shuning uchun go'zal ayollarga osilishdan boshqa chorasi yo'q, notavon bir bechora. Tfu, achinaman sanlarga, takasoqol.
  • Undan ko'ra korruptsiyani gapiring, vatandoshlarimiz chetda o'rislarga mardikorlik, fohishalik qilayotganini gapiring.
  • Islomiy davlat quramiz. Paranji kiymaganlarni toshbo'ron qilamiz. Avtor – slaboumnыy. Durdom blya. Tarqal hammang!
  • Bu jinni emas. Maqsadi norozilik bildirish. Pirovardida hokimiyatni qo'lga olish. Militsiya qayoqqa qarayapti?
  • Avtor, shu gaplar sizga kereymi? O'chirib tashlang yozganizni.
  • Chalamullalar faqat ayollarni ko'ylagiga kelganda sherligi esiga tushadi. Melisani ko'rsa sichqonni uyini ming dollarga oladi. Nohaqlikka sabr qiladi, ammo ayollarning kalta ko'ylagiga kelganda…
  • Vatandoshlar, shuning o'rniga ilm-fandan gaplashaylik. Biz bu erda ayollarning ko'ylagini muhokama qilyapmiz, Amerikada Elon Mask tovushdan tez yuruvchi poezd yasadi, xitoyliklar kvant kompyuter yaratdi.
  • Daa, bunaqa terrorchilarga qo'yib bersa O'zbekistonni ikkinchi Afg'onistonga aylantiradi. Karimov sendaqalarni Jasliqqa yo'llab to'g'ri qilgan.
  • Qaerda yashayapsiz, o'v mulla? Tashqariga qarang, yigirma birinchi vek. Lichkaga qaravoring, bir ko'rishaylik, aqlingizni kiritib qo'yaman.

Qizig'i shundaki, ularga sizning dunyoqarashingiz, xarakteringiz, tarixingiz mutlaqo qiziq emas. “O'z ayolimni ko'chada labidan o'pmayman, u oyog'i ochiq kiyimda emas; birovning ko'ylagi ichidagi menga qiziq emas, Suriyani aralashtirish ortiqcha; tashvishimning cho'pga aloqasi yo'q; o'ziga aytganman; shaxsiy fikrimda inson erkinligiga tahdid alomati yo'q va buning uchun uzr so'ralmaydi; o'ranib yurganlar Dubayda fohishalik qilyapti, degan qarash noto'g'ri; kompleksim yo'q, o'zimdan ko'nglim to'q, xotinim o'zimga yoqadi, soqol qo'ymaganman; korruptsiya va mehnat muhojirlarimizning tashvishi haqida hamisha gapirib va yozib kelaman; hech kim islomiy davlat qurish va paranjisizlarni toshbo'ron etish haqida so'z ochmadi; hokimiyatni qo'lga olishga kuchim etmaydi; hech kimning erkinligi chegarasiga daxl qilmagan shaxsiy fikrimni o'chirmayman; militsionerlar bilan ming marta huquqiy tartibda tortishganman; muntazam chet tilida ilmiy maqolalar o'qib boraman, ixtirochilik takliflarim bor; jamoat joyida o'pishmaslikka chorlashning Afg'onistondagi hayotga aloqasi yo'q; internetda duch kelgan har qanday kishiga fikrimni o'tkazish uchun hayotda uchrashib bahslashishga vaqtimni qizg'anaman”… demaysiz.

Va “ikki og'iz fikrim uchun kaltafahmga,qo'rqoqqa, buzg'unchiga, jinniga, terrorchiga chiqardingiz, oilamni haqorat qildingiz, tahdid qildingiz”, ham demaysiz. Chunki ular boshqa toifa.

Darvoqe, ular aslo liberal emas.

Julqunboyning jiyani

6 kommentariev

  1. Libertiryan degan toifa xam bor. Ularga kura odamlarni xayvondan kotta farki yuk! Xoxlagan bilan yotishi va xoxlagan b ni eyishi mumkin. Bazi evropada joylashgan xorijiy radioda ayniksa kup bundaylar

  2. Eng achinarlimi bizlar din bilan millatni aralashtirib yuboryapmiz. Tugri millatimizda dinimizga tugri keladigan juda kup yaxshi jixatlar bor. AMMO oxiratda sizni millatdan surok kilmaydi.

  3. Makolani boshida liberallar deb, sunggida esa ular aslo liberal emas deb yozibdi muallif. Mana shu joyi tushunarsiz. Lekin makola dolzarb mavzuda yozilgan. Bu fikrlar karama karshiligi. Bunday bulishi tabiiy edi. Jamiyatimiz fukarolari ayni damda kiyin utish jarayonida, goya almashayabdi menimcha.
    25 yil kurgoshin kuyilgan ogizlardan plomba olindi. Xar kim uz fikrini bemalol aytayapti, yozayapti. Buni liberalizmga kupam alokasi yuk. Shunchaki fikrlar jangi. Bu yozilganlarni liberallarga taalukli deyishga kanday asos bor? Ular liberal partiyaga a'zomi? Yozgan fikrlarida yozibdimi men liberalman deb? Xech kanday ishora yuk bunga.
    Liberalizmni yaxshi tomonini olish zarar bulmasa kerak. Agar ular bulmasa Evropa, Amerika bugungi kunda dunyoni kuchli oltiligiga kirmagan bulardi. Konservatizm keskin isloxotlarga karshi bulib kelgan. Ular uchun kanday bulsa xam xamma uz urnida uz amalida kolsa buldi. Tinchlik va jimlik bosh goya ular uchun! Liberallar esa isloxotlarni utkazmay xech kanday farovon xayotga etib bulmaydi deb xisoblaydilar. Albatta issikina kresloga urgangan kariya konservatorlarga bu ulsa xam yokmaydi. Ular shuning uchun xam isloxotlarga tish tirnogi bilan karshilik kiladilar. Xuddiki oddiy xalkni uylayotgandek, mana karanglar ana u davlatda urush, mana bu davlatda ochlik deb, aslida esa uzlarini xamyonlarini kappaytirishni uylaydilar. Ularga xalk kanchalik omi, sodda va xak xukukni bilmasa, shunchalik yaxshi. Ular eskilik sarkitiga jon jaxdi bilan yopishib oladilar. Ota bobolarimiz unday bulgan, bunday bulgan deb isloxotlarni xalkni kuziga yomon kilib kursatadilar. Ming afsuslar bulsinkim 170 yildan beri Turkiston ulkasini rivojlanishiga va parchalanishiga mana shu chirigan konservatorlar tormoz va sabachi bulishdi. Agar bundan 100 yil oldin jadidlarimiz aytilgan isloxotlar amalga oshirilganda Urisga mardikor bulib yurmasdik, ayollarimiz bu darajada xor zor bulmasdilar, farzandlarimiz maktabni tugatib kaerga borishini bilmay boshini devorga urmagan, terror balosiga uchramagan, birini biri pichoklamagan, xarom va zino yullarga yakin yulamagan bulardi menimcha.

  4. Xayvonshunos olimlar suzlariga kura ,maymunlar jamoasidan biror bir urgochi maymuna boshka jamoa maymuni bilan kushilishib kuysa,jamoa maymunlari usha maymunani uzlari uldirib yuborishar ekanlar.
    Xush savol?
    Uzbek kizlari maymundan xam past tabakaga tushib koldimi?
    Yoki uzbek yigitlarida usha maymunlarchalik xam oriyat kolmadimi?Erni er kilguvchi xam,kop karo er kilguvchi xam ayoldir.
    Sufiy Olloxyor buva yaxshi solixa ayollar xakida;
    Uyida uni bulmasa(xam),
    Un yil(10)uni(norozilik tovushi)
    Chikmas uni(ayolni)deganlar.
    Usha telemuxbirni koyib yozayotganlarga savol?
    Ayolingiz yoki kizingizni bosh bir begona erkak panada kuchoklab tursa rozi bulasizmi?

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *