Jahongir Muhammad: Vatan nima?

Vatan nima? Vatan bu qo'l bilan ushlanadigan moddiy narsa emas.
Vatan tafakkur ostidagi ma'naviy kenglikni to'ldirgan poyonsiz tushuncha.

Vatan – ruhning umurtqasi, hisning vulqoni. Inson shu tushuncha bilan tug'iladi. Chunki u qondan qonga oqadi, genlardan genga ko'chadi. Ota-ona avlodidan keladi bu gen. Bir kun olimlar inson tanasidagi millionlab genlarning eng kattasi va eng kuchlisi vatan hissini tashiydigan gen ekanligini aniqlashsa, bu haqiqatning o'zginasi bo'ladi.

Chunki bu hisning tarkibida insonning qo'nimi bor. Bu qo'nim uning ruhiyati yoyilgan maskan.
Bu maskan sarhadlari ichida insonning qadri haqidagi qonuniyat bor. Ana shu qonuniyat buzilsa, hislar dunyosida zilzila boshlanadi.
Hislar dunyosida insonning hurriyatga boshlaydigan kuch mavjud. Inson mudom hurriyatni, ozodlikni qidirib, sevib yashashi ana shundan.
Insonning tinchlikka intilishi, osoyishni axtarishini boshqaradigan markaz ham o'sha maskanda.

O'sha maskandagi chinorlardan biri huzur-halovatga intilish kuchidir.
Boshqa bir ustun esa, insonning baxtga, saodatga tashnaligi.
Inson oilasi, yaqinlari bilan birga bo'lganda, bu maskan ulkan bog'ga do'nadi. Daryolar oshiqadigan, nurlar yog'iladigan, oydinlik inadigan, shodlik shoshadigan, quvonch quvnaydigan bog'.

Vatan ana shu! Qudratli ruh!
Vatan mudom inson bilan birga. Inson uni tark etolmaydi, o'zi bilan birga olib yuradi. Vatan ham insondan ayrilmaydi, buyuk burgutdek uning qalbiga qo'nib yashayveradi.

Ha, inson qaerda qo'nimi, qadri, erki, hurriyati, tinchligi, huzuri, baxti, go'zal hayoti, sevikli yaqinlari bilan birga qovushsa, o'sha maskan uning vatani.

Shunday ekan, “vatangado” degan so'z ma'nisiz, mantiqsiz, ma'rifatsiz so'zdir. Ya'ni bema'ni, bemantiq va bema'rifat kimsalar tomonidan uydirilgan so'z!

Inson bor ekan, uning ruhi-vatani bor! Vujud o'ladi, ammo vatan o'lmaydi!

Jahongir Muhammad

4 kommentariya

  1. Bir makoladan: «Xorijdagi ko'p o'zbeklar bu erga kelgach, o'zlari bir oyda ortiga kaytib ketishadi. Chunki u erda ularning yaxshi uy joylari va katta pullari bor.»!!! Bir necha oydan buyon meni bir savol kiynab kelar edi. NEGA XORIJDAGI VATANDOShLAR ShUNChA BILIMLI, TAJRIBALI VA IKTIDORLI Bo'LA TURIB, yoPPASIGA YuRTGA KAYTISh UChUN XUKUMATGA ME'yoRIY XUJJATLAR BILAN MUROJAAT KILIShMAYaPTI? BU ERDA MEN TUShUNMAGAN NIMADIR BOR DER EDIM. LEKIN MEN TUShUNMAGAN NARSA BUNChALIK yoKIMSIZ Bo'LADI DEB XAyoLIMGA XAM KELMAGAN. XAR KIM XOXLAGANIChA YaShASh XUKUKIGA EGA. MEN ULARNING XOXISh ISTAGINI XURMAT KILAMAN. NAKADAR AChChIK XAKIKAT. KAERDA YaShASANGIZ XAM DOIMO TINCh VA OMON Bo'LINGLAR. (lekin kelib -kaytishda bu erning suvini loykalatib ketishni xayolingizga xam keltirmang)

  2. Suv agar turib qolgan ko’lmak bo’lmasa, ravon oqadigan katta daryo, tiniq suv bo’lsa uncha-buncha odamning uni loyqlatishga kuchi yetmaydi. O’sha shirin suvdan ichib, o’sha yerda o’tganlarni duo qaytib ketaveradi. Suvni faqat buldozeri borlar loyqlatishi mumkin.

  3. Maqolani o'qib bir hadisi sharifni esladim. Mazmuni shunday: bir kishi payg'ambarimizdan (SAV)so'raydi: » agar inson tug'ilgan vatanidan yiroqda vafot qilsa (qavmlariga qo'shilolmasa) nima bo'ladi?» Payg'ambarimiz alayhissalom marhamat qildilar: «Agar kishi solih bandalardan bo'lsa uning oxirat manziliga tug'ilgan eri bilan vafot etgan joyi orasidagicha masofa qo'shib beriladi». Dinimiz naqadar go'zal, Alloh solih bandalarini aziz qilaman desa O'zi behojatdir. hamdlar bo'lsin.

  4. Yosh bo'lsak ham qiziqishlarimiz tufayli ba'zi narsalarni xolisona o'rganishga harakat qilganmiz va shunday qilamiz ham. Jaxongir Mamatovni oldin yozgan, bildirgan fikrlari bilan tanishganimda kuchli shaxsiy adovat tufayli faqat tanqidiy fikrlaydi, deb o'ylar edim. Bir yildan buyon bu insonning umid bilan, qandaydir qalbidagi yorug'lik bilan engillikda yozayotgani sezilmoqda.

    (postga u qadar aloqasi bo'lmagan PiKr))
    Oldingidek davlatni muxolifat kuchlarining ta'siridan foydalanib, tuzumni o'zgartirmoqchi bo'lgan «katta kuchLAR» endi u yo'lni tutmaydilar. Hozirgi kunning ta'sir kuchi ma'naviy, axloqiy va madaniy buzuqlikdir. Shunaqangi illatlarga yon bermasak, nasib qilsa har soxada har qanday «KUChlar» biz bilan hisoblashib ish yuritadigan davlatga aylanamiz.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *