O'zbekistonda qor yog'ishi kutilmoqda

1 516 views

Sinoptiklar ma'lumotlariga ko'ra, Qozog'istondan sovuq havo massasi kirib kelishi natijasida Toshkent shahrida hamda O'zbekistonning boshqa shaharlarida qor yog'ishi kutilmoqda.

«O'zgidromet» xabar berishicha, 18-19 noyabr' kunlari O'zbekiston poytaxtida va boshqa shaharlarda havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kuzatilmaydi.

20 noyabr' kuni vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, 21 noyabr' kuni — yomg'ir yog'ishi va qorga aylanishi kutilmoqda.
Shuningdek, 20-21 noyabr' kunlari shamol tezligi 15-20 m/s kuchayishi mumkin.

Havo temperaturasi 18-19 noyabr' kunlari 0…+5° darajani tashkil etadi, kunduzi — +10…+15 daraja iliq bo'ladi; 20 noyabr' kuni kechasi +3…+8 daraja, kunduzi — +10…+15 daraja iliq bo'ladi; 21 noyabr' kuni kunduzi va kechasi havo temperaturasi +3…+8 daraja bo'ladi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.