O'zbekiston aholini sifatli go'sht bilan ta'minlash uchun Saudiya Arabistonidan arab tuyalarini olib kelmoqchi

459 views

Arab investorlarining fikriga ko'ra, tuya etishtirish nafaqat foyda keltiradigan soha hisoblanadi, balki aholini arzon narxlarda sifatli go'sht bilan ta'minlashning yo'llaridan biridir.

O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug'bek Maqsudov «Tuyalarni parvarish qilish» xalqaro tashkiloti raisi shayx Faxd bin Falah al-Xislin bilan shu sohada hamkorlikni yo'lga qo'‘yish masalalarini muhokama qilish uchun uchrashdi.

Uchrashuv davomida O'zbekistonda Saudiya Arabistoni sarmoyasi ishtirokida yirik tuya naslchilik komplekslarini barpo etish, shuningdek, Saudiya Arabistonidan respublikaga tuyalar olib kirish to'g'risida dastlabki kelishuvga erishildi.

Arab shayxi o'zbekistonlik hamkasblari bilan naslchilik, ozuqa bazasini mustahkamlash, ushbu sohadagi ilmiy yondashuvlarlar va ilg'or zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

«Tuyalarni parvarish qilish bo'yicha tajribamiz shuni ko'rsatadiki, ushbu sanoat rentabelli va arzon narxlardagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Tuyadan go'sht va sut, shuningdek, turli xom ashyolar — jun, charm va boshqalar olish imkoniyati bor. Tuyachilikni rivojlantirish aholi yuqori sifatli go'sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga, shuningdek, qishloq joylarda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta'minlab, daromadlari ko'payishiga yordam beradi» — deya ta'kidladi Faxd bin Falah al-Xislin.

2020 yil boshida shu sohadagi mutaxassislardan iborat O'zbekiston delegatsiyasi tuya naslini rivojlantirish jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.