«Vatan omon bo'lsin…»

Oliy o'quv yurtlariga pul bilan kirish odatini yo'qotilmadi, superkontrakt qonuniylashtirildi — davlatga qo'shimcha pul tusha boshladi.

Mashinaga shapka berish odati yo'qotilmadi, narxi oshirildi — davlatga qo'shimcha pul tusha boshladi.

Chiroyli raqamlarni sotib olish ham davlat nazoratiga o'tkazildi — davlatga qo'shimcha pul tusha boshladi.

Mening fikrimcha, to'ylarni birxillashtirish/ixchamlashtirish kerak emas, buning iloji yo'q, dabdabali to'yga davlatning belgilagan solig'ini solish kerak. To'lashga qurbi etadimi, qilaversin.

Oddiy ishchi Eshmat aka oyiga 1-1,5 mln topadi, oddiy VAZ moshinasi bor, arzon sigaret chekadi. Kamchiqim to'yxonada yoki hovlisida 15-25 mln so'mga to'y qilmoqchi. Omadini bersin. Solik tulamaydi.

Katta tadbirkor Toshmat aka Eshmat aka topadigan pulni bir kunda topadi. Amakilari hokimiyatga, tog'alari prokuraturaga chatishib ketgan. 50 dollarlik sigaret chekadi, 100 dollarlik konyak ichadi. Shu odam hech zamonda ixcham to'y qilmaydi. 10ta limuzin, 20ta artist kelishi shart. Falon to'yxonada bitta kishining o'rni 50 dollar. Davlatning tegishini qo'shsak — 60 dollar bo'ladi. 300 nafar mehmon chaqirilgan bo'lsa, davlatimiz 3 ming dollarga semiradi. Yomon pul emas.

Shukurjon Islomov

3 kommentariya

  1. Iqtisod bu! — Har kim ham bilur albat,
    Axir tejam bo'lsa, tinch bo'lur bu jon.
    Faqat tejalmasa edi muxabbat,
    Haqiqat tejalmasa edi xech qachon!!!

  2. Paxta terimiga chikmagandan solik undirish kerak. Davlatga daromad keladi. Baribir shtabdagilar bilan «kuruk»iga kelishishyapti. Ko'cha supurgani chiqmagandan soliq undirish kerak. Davlatga daromad keladi. Baribir xkimiyatdagilar bilan «qurug'»iga kelishishyapti. Metallom topshirmagandan soliq undirish kerak. Davlatga daromad keladi. Baribir xamma imtiyoz pulga deydiganlar bilan kelishishyapti. Institutga kirganlardan majburiy soliq undirish kerak. Davlatga daromad keladi. Baribir o'qituvchi va prokuratura bilan kelishishyapti. Kechirasizlar prokuraturadagilar pora olmasligi esimda yo'q.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *