Valyuta kursi: NAZARIYa va AMALIYoT

O'zbekiston Respublikasining Markaziy bank rasmiylarining bildirishicha, “Valyutani tartibga solish to'g'risida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo'lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo'yicha amalga oshiriladi.

Nazariy jihatdan qaraydigan bo'lsak bu fikr to'ppa to'g'ri, ammo valyuta ayirboshlash bozorini sinchkovlik bilan bilan kuzatsak, nazariyadagi tasdiqlarning barchasi ham amaliyotda o'z isbotini topmayotganini ko'rishimiz mumkin.

1 jadval—Rossiya Federatsiyasidan O'zbekiston Respublikasiga xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari orqali kelgan jo'natmalar (million AQSh dollari hisobida)

2011 — 4276
2012 — 5693
2013 — 6633
2014 — 5653
2015 — 3059
2016 — 2741
Jami — 28055
(Manba RF Markaziy banki)

2 jadval — O'zbekiston Respublikasining turli yillardagi eksport va import hajmi (million AQSh dollari hisobida)

Yillar Eksport import

2011 — 15000 10500
2012 — 14400 12100
2013 — 12800 11400
2014 — 13300 12900
2015 — 11400 11800
2016 — 11100 11600
jami — 78000 70300

Manba: CIA World Factbook

O'zbekistonga valyuta tushumining asosiy qismi tabiiy ravishda o'zimizda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar eksporti evaziga kelgan valyuta hisobidan shakllanadi. Ammo O'zbekistondagi reallikdan kelib chiqadigan valyuta tushumining yana bir manbasi borki, odatda bu manba rasmiy statistika tamonidan hisobga olinmaydi. Bu manba mehnat muhojirlari tomonidan O'zbekistonga olib kelinayotgan valyuta ko'rinishdagi mablag'lardir. Birinchi jadvalda ko'rayotganingizdek 2011-2016 yillar davomida faqatgina Rossiya Federatsiyasining o'zidangina banklar orqali 280055 million AQSh dollari mehnat muhojirlari tamonidan respublikamizga kiritilgan. Bu banklar orqali rasmiy jo'natmalardan tashqari Rossiyadan shu o'tgan davr davomida yana kamida 5- 6 milliard dollarni migrantlarimiz o'zlarining yonida yoki «qo'lma-qo'l pochta» orqali mamlakatimizga olib keladilar. Agar respublikamiz mehnat muhojirlarining Qozog'iston, Koreya va boshqa davlatlarda ham ko'pchilikni tashkil qilishini inobatga olgan ayrim manbalarning tasdiqlamagan ma'lumotlariga ko'ra bu davlatlardagi mehnat muhojirlari ham shu davrda eng kamida 16 milliard AQSh dollariga teng mablag'ni respublikamiz hududiga olib kelmoqdalar. Demak 2011-2016 yillar davomida mehnat muhojirlari tamonidan iqtisodiyotimizga 50 milliard AQSh dollariga teng mablag' kiritilgan.

Agar ushbu ko'rsatkichga tovar va xizmatlar eksportidan o'sha davrda mobaynida ikkinchi jadvalda ko'rsatilganidek 78 milliard dollarni qo'shsak, olti yil davomidagi valyuta bozoridagi jami taklif 128 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi.

Endi valyuta bozoridagi talabga kelsak, ushbu davr moboynida ikkinchi jadvaldan ko'rinib turibdiki chet davlatlardan zarur tovar va xizmatlar sotib olish uchun 70.3 milliard dollarga talab bo'lgan. Bundan tashqari jismoniy shaxslar tamonidan ham yana 12 milliard dollarga talab bo'lgan deb taxmin qilinsa , valyuta bozoridagi taklifning talabdan deyarli 45.5 milliard dollar ortiqcha ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bu degani agar faqat nazariyaga va rasmiy talabga asoslanadigan bo'lsak o'rtacha yiliga 7.5 milliard dollarlik ortiqcha taklif bo'lishi kerak. Ammo o'tgan ushbu davr davomida dollarning rasmiy hamda “qora bozordagi” kursini doimiy ravishda uzliksiz o'sib borganligini inobatga olsak savol tug'iladi, ortiqcha inobatga olinmaydigan norasmiy talab qaerdan paydo bo'ldi?

Birinchidan ortiqcha talab aholining so'zga ishonmaganliklari sabab o'z omonatlarini dollarda jamg'arishi evaziga yuzaga keldi. Tan olish kerakki oddiy halqning bu omonatlari talabga juda kam ta'sir qiladi.

Ikkinchidan norasmiy ortiqcha talab turli jinoiy yo'l bilan topilgan mablag'larni dollarga aylantirib, yuzlab milliardlagan AQSh dollarini xorijiy davlatlarga olib chiqilishi natijasida vujudga kelib, aynan mana shu holat dollarning kursini nazariy bilimlarga zid ravishda su'niy ravishda doimiy o'sishiga va bugungi kundagi aslidan bir necha barobar ortiqcha baholanishiga olib keladi.

Bizning fikrimizcha agarda yuqorida keltirilgan ikkinchi turdagi valyutaga bo'lgan norasmiy talabni yo'q qilish uchun tegishli davlat organlari xamkorlikda zudlik amaliy chora tadbirlar komleksini ishlab chiqish lozim. Jinoiy yo'llar bilan orttirilgan mablag'larni valyutaga aylantirib xorijga olib ketilishini oldi olingan taqdirdagina iqtisodiyotimizda haqiqiy o'sishga va milliy valyutamizning dollarga nisbatan real va stabil kursiga erishish mumkin.

Davlatnazar Ro'zmetov, iqtisodchi, Xorazm viloyati

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *