Valeriy Tyan “O'zbekiston havo yo'llari” rahbarligidan ozod etildi

«O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi bosh direktori Valeriy Tyan 15 yillik faoliyatidan so'ng o'z lavozimini tark etdi, uning o'rnini Bosh vazirning sobiq o'rinbosari Ulug'bek Ro'ziqulov egalladi.

Valeriy Tyan Nikolaevich 2002 yilning 14 iyunidan buyon milliy aviakompaniya rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Yangi bosh direktor etib chorshanba kuni Bosh vazir o'rinbosari va «O'zavtosanoat» kompaniyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan Ro'ziqulov Ulug'bek Ubaydullaevich tayinlangan.

Qayd qilib o'tamiz, Valeriy Nikolaevich «Mehnat Shuhrati», «Do'stlik» va «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan. 2010 va 2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga tayinlangan.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *