O'zbekistonda Hindistonning yirik gipermarketlar tarmog'i ish faoliyatini boshlashi mumkin

Shu kunlarda Hindistonning Future Group rahbar o'rinbosari Eshli Rajan ishtirokidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Ushbu yirik korporatsiya tarkibiga dunyoda mashhur bo'lgan 14 tadan ortiq gipermarketlar, Big Bazaar, Food Bazaar, EasyDay, Central, FoodHall tarmoqlari kiradi. Kompaniya Hindistonning 240 ta yirik shaharlarida 2,5 ming dona gipermarketlar, 30 ming dona mayda savdo nuqtalarini nazorat qiladi.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolari Tashqi savdo vazirligida ikkitomonlama muzokaralar o'tkazdilar. Unda ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, O'zbekistonning dukkakli mahsulotlarini va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni eksport qilishni kengaytirish masalalari yuzasidan kelishuvlar o'tkazildi.
Tashqi savdo vazirligining matbuot-xizmati ma'lum qilishicha, hindistonlik mehmonlarda O'zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha hamkorlik loyihalari qiziqish uyg'otdi. Bundan tashqari, Hindiston vakillari O'zbekistonda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor etildi. Uchrashuv natijalariga ko'ra, tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev O'zbekistonda giper va supermarketlarni qurilishi bo'yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan edi. Xususan, 2019 yil yakuniga qadar dehqon bozorlarda zamonaviy savdoning barcha talablariga javob beradigan 9 ta uch qavatli gipermarketlar, 28 dona ikki qavatli supermarketlar, 126 ta bir qavatli supermarketlar va 79 ta minimarketlar, shuningdek, ularga tutash hududlarda avtomobil turargohlar barpo etish rejalashtirilgan. Barcha savdo majmualari avtomashinalar to'xtash joylari bilan ta'minlanadi.

Manba: “Novosti Uzbekistana”

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *