Toshmat akaning “Balo sevda” qissasi

— Xmm, dadasi, og'zingiz qulog'ingizda?! Xuddi danak topgan tentakdek xursandsiz?! Tinchlikmi?

— Nimasini aytasan xotin, “Zo'r TV” kanalidagi anavi serialing bor-ku, “Qaro Sevda”mi, “Balo Sevda”midi, o'sha?!

— Xo'sh??? Nima, Amir o'libdimi? Yoki Zaynab tug'ibdimi?

— Yo'q, nima desam ekan…

— Haa, balki, Kamol uylangandir?!

— Ee, gapni bo'lmasang-chi! Xullas, serial efirdan olinibdi. “Zo'r TV”da berilmas ekan endi!

— Iya, voy, nimaga? “Milliy TV”dan uzatilar ekanmi endi?

— Yo'q, butunlay “Kaput” bo'libdi

!- Nimaa??? Shunaqasiyam bo'ladimi? He yo'q, be yo'q tuppa-tuzuk seraialni efirdan olib tashlash qaysi kallasi kattaning kichkinagina miyasiga kelib qoldi ekan?! Nega qiqirlab kulaverasiz, dadasi?

— O'zim, kulgim keldi-da xotin…

— Menga qarang, nega u serial olib tashlanibdi o'zi?

— Milliy mentalitetimizga zid ekan, xotin.

— Hah, qurib ketsin shu mentalitetimiz ham, maxalladagi Kinnachi kampirdan ham injiq bu mentalitetimiz! Hech kim va hech nima bilan kelisha olmaydi-da. Tunov kuni maxallaga chiquvdim, bolalar pulini olishga. Qarasam, qorni katta, sochi yo'q bir odam…

— Sochining bor yoki yo'q ekanligini aytishing unchalik muhim bo'lmasa kerak-a?

— Ee ishqilib, o'sha kal odam mahalla vakillariga allambalolar deb va'z o'qiyotgan ekan. U ham aytayotgandi, demokratiyaning ayrim printsiplari mentalitetimizga to'g'ri kelmaydi, deb. O'shanda “hah, o'lsin mentalitet degani”, deb qo'ya qolgan edim. O'zi, dadasi, Mentalitet kim? Shunchalar katta odammiki, hammamiz u bilan hisoblashishga majburmiz? O'zbekka ham o'xshamaydi alomat ismiga qaraganda-a?

— Eh xotiiin, nimalar deyapsan! Bu gapingni bolalar yoki qo'ni-qo'shni eshitib qolsa kim degan odam bo'lamiz?! Nahotki yigirma birinchi asrda yashab mentalitet nimaligini bilmasang? Eh, kaltafahm xotin-a?!

— Ee, hadeb kaltafahm deyavermasdan ayting-da unda, uning kimligini! Men qayoqdan bilibman u Mentalitetbek yoki Mentalitetxonning kim ekanligini?! Ho'sh kim u?

— U odam emas, galvars! Mentalitet deganda, ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, ma'naviy salohiyat tushuniladi, xotin.

— Nima-nima? Nimalar dedingiz hozir? Sekinroq gapiring, hech vaqoga tushunmadim.

— Mentalitet degandaaaa, aaayrim kishiii yoki ijtimoiiiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasiiii, ma'naviy salohiyat tushuniladi, dedim!

— Baribir tushunmadim… Xullas, u odam emas ekan-da?! Ha-amma televizorga chiqib olib ham, radioda ham, gazeta-jurnallarda ham mentalitetimizga to'g'ri kelmaydi, deyaverganiga, u mentalitet o'lgur birorta kattaroq rahbar odam shekilli, deb o'ylabman-da. Xo'sh, mentalitetimizga serialimning nimasi to'g'ri kelmabdi?

— Qo'y xotin, gapirganim bilan baribir tushunmaysan…

— Dooim shunaqa deysiz, biror gapni boshlaysizda, bilmasam, tushuntirish o'rniga tushunmaysan baribir, deb osongina qutilib qolasiz. O'tgan yillari, ha desa, Tsenzura deb kuydirar edingiz. O'shanda ham “kim u Tsenzura?” desam javob berishdan qochar edingiz. Yana nimaga kulyapsiz? Endi tushunyapman, o'sha Tsenzura o'lgur sizni o'ynashingiz shekilli, hali hammasini tagiga etaman. Mendan ko'ra yosh va kelishganroqdir-a? Hozir kulib turing, men bu qing'irliklaringizni tagiga etganimdan keyin ko'rasiz, mening kulishimni! Tsenzura, Tsenzura?! Birorta o'ris blondinkalardan shekilli-a?! Ismi o'zgacha?!

— Tsenzurani kimligini bilmoqchimisan, xotin?

— Ha ayting, mard bo'lib.

— Guugl amakidan so'ra o'sha biladi Tsenzura kimligini, vuhahaha!

— Uffff .. Siz yana meni ustimdan kulyapsizmi? Kim u Gugl amaki? Ikki soatdan beri meni ahmoq qilib kulaverib, kal boshingiz ham qizarib ketdi. Iya, soat nechi bo'ldi?! “Milliy TV”ga oling “Ko'sem” seriali boshlandi!

*****
Maxalladagi pistachi xotinlarning aytishicha, Toshmat akaning xotini alamiga chiday olmay, Tsenzuraxonni fosh qilishga qattiq kirishib, kutilmaganda Zaynabni fosh qilib qo'yganmish. Zaynab bilan Toshmat aka sinfdosh bo'lishgan ekan. Uzuq-yuluq gaplarga qaraganda, Toshmat aka alamzada xotini tomonidan bolalarini ko'rish huquqidan mahrum qilinganmish.

O'shandan so'ng Toshmat aka tsenzuraning ham, mentaliletning ham nima ekanligini xotiniga bafurja tushuntirib beribdiyu, ammo “o'zbek mentaliteti” nima ekanliginiyu, qaysi ko'rsatuv yo serial, qaysi aktyor, aktrisa yo qo'shiqchining unga (“mentalitet”ga) to'g'ri kelishini, qaysisi esa to'g'ri kelmasligini tushuntirib berolmabdi…

Rivojiddin Abdumalikov

8 kommentariev

  1. Bu giybatchilargayam xayronman. Endi kelgusi 1 oy shu serialni olib tashlanganini chaynaydi. Lekin bozorga borib, diskini sotib olib, uyida oilaviy kurishda davom etadi. Kimdir shu temani kutarishi bilan chaynayveradi-chaynayveradi. Nima? Kiyinmidi shu serial boshlangan vaktda shartta televizor pul'tini olib, «uchir bu buzuk serialni» deb, kanali bilan uchirib tashlay olmasmidi? Nimaga ayta olmaydi ZOR TV va boshka bir ikkita kanallar «BAChKANAChILIK, MAKTANChOKLIK, SAVIYaSI UMUMAN YUK» kanallar deb!!! Bularga kimdir mavzuni ochib berishi kerak, bular chaynalishi kerak. Xaliyam «kamchikim tuylar» mavzusi ancha pasayib koldi

  2. Axolini ishga yarokli 70 foizi chet elda bulsa. Uyga bir yil deganda bir marta kelsa. Mana shu chetdagilarni mentalitetini kim uylaydi? Nima uchun Rossiya va Koreyaga ketayotganlarni takdiri tugrisida spektakl va kinolar ishlanmaydi? Kachongacha reallikdan kochasizlar, xurmatli Ma'naviyat peshvolari?! Axir chetga chikib ketganlar uzlari bilan ming xil mentalitet olib keladiku Uzbekistonga. Nima uchun kinolar mentalitetni buzadi deb jar solasizlaru, ammo chetga chikib ongi va dunyokarashi umuman uzgarib ketayotgan tugrisida birov mik etmaydi? Chet el kinolarini kuymasdan mentalitetni tugirlasa buladimi? Unda kani mentalitemizga mos Uzbek kinolari? Kursen kungling ayniydi, uzbekfilmni kinolarini! Gij-gij mentalitet! Akterlar rolini toshkanni shevasida boshlanib, anjandikida tugatadi. Chet el kinolariga nima uchun xamma kizikadi? Chunki ularda senariy kuchli! Syujetlar reallika yakin ishlanadi… Akterlar shunday maxorat bilan uynashadiki, televizordan kuzini uzmay kiledigon ishlariniyam unutib kuyasan kerak bulsa. Bizdachi, bizdachi? Bizda kuyilayotgan kinolarni senariysi xammasi bir kolipda. Bir biridan andoza oladi. Xojiboy raxmatli aytmokchi safsatagen! Yangilik yuk kinolarda. Akterlarniyam bir karasez osmondagi yulduzni urgandek bitta kinodan keyin yurish turishlari uzgarib koladi. Koshki uni uynagan kinosini birov kursa. Agar majburlab yoki biror manfaat asosida targib kilmasa bugungi Uzbekfilmni kinolari bir tiyinga kimmat!!! Byudjetni pulini kukka sovurishni talantlari buladilar janobi yasama nikobli uzbek kino ijodkorlari.
    Nima uchun Abdulla Kodiriy va Chulponni xayoti va ijodi tugrisida kino olinmaydi? Nima uchun Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Ibn Sinolar xakida dunyoni larzaga soladigan seriallar ishlanmaydi? Axir bu insonlar uzlarini dunyokarashlari bilan dunyoni rivojlanishiga buyuk xissa kushganlar ku? Mana kaerda «yiglab» yotibdi Uzbegimning ogir ogir nafas olayotgan bechora va uz yurtidagi ugay ma'naviyati!
    Safsata sotib kun kechiradi bugungi Ma'naviyat va mentalitet targibotchilari! Amalda xech narsa uzgarmaydi. Chunki birinchi urinda ularni uzi karshi odamlarni dunyokarashini uzgarishiga. Ularni vazifasi bitta! U xam bulsa kanday bulmasin xalkni kuzini buyash.
    Zur senaristlar ankoni urugi bup ketgan. Kuplari Rossiyada ishlab yurishibdi. Chunki u erda ijodiy erkinlik bor. Sharof Boshbekov yozgan «Temir xotin»dan keyin birorta xalkni xakikiy dardini kursata oladigan na spektakl na da film olindi. Ammo unvonlar uz urnida kechiktirilmay berildi! Televideniyada chikib lotereya uynatgangayam xizmat kursatgan berildi! Ulgan Uzbek ma'naviyatni kumishga mana endi turk seriallari kelibdi! Agar kino san'atini xakikiy millat fidokorlari uz kuliga olmas ekanlar, «Arosat goya»larda tarbiya topgan avloddan (inkubatsiyada ochilgan jujadek) farosatsiz didsiz miyasi ming xil oldi kochdi uldim ketdim bilan lik tulgan odamlar etishib chikadilar.
    Essiz, ma'naviyat, essiz uni tiklash uchun ketgan davlatning pullari!

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *