Toshkentda o'zbekistonlik talabalar Google vakillari bilan uchrashdi

63 views

Toshkent shahridagi Inha universitetida (IUT) jahon IT-bozorining etakchilaridan biri Google kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda universitet rasmiy saytida xabar berildi.

Google’ning Dublin ofisi xodimlari Abdulla Aydin va Tat'yana Zaxarovalar IUT talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida Google vakillari o'zbekistonlik yoshlarga Google korporatsiyasining rivojlanish tarixi hamda kompaniya servislari to'g'risida ma'lumot berdi. Shuningdek, ular Google tomonidan xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar to'g'risida gapirib berdi.

Abdulla Aydin va Tat'yana Zaxarovalar talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi. Jumladan, talabalar qanday qilib Google kompaniyasiga ishga joylashish mumkinligi hamda kompaniyaning yangi innovatsion mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati to'g'risida savollar berdi.

Manba: Inha.uz

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.