Tanazzul ibtidosi

2 369 views

Bugun Nuz.uz sayti bir guruh ota-onalarning Toshkentning Yunusobod tumanidagi 80-maktabda o'qituvchilar etishmasligi sababli farrosh va kutubxonachilar, boshlang'ich sinflarda esa yuqori sinf o'quvchilari dars o'tayotgani to'g'risida Prezident Shavkat Mirziyoevga ochiq xatidan iqtiboslarni e'lon qildi.

“O'qituvchilarning ommaviy ishdan bo'shashi mashg'ulotlarning o'quv yili o'rtasidan uzilib qolishiga olib kelmoqda, — deb yozadi ota-onalar. – Farzandlarimiz darslarni bo'sh sinf xonalarida yoki maktab oshxonasida hech qanday bilimlarni olmasdan o'tkazishmoqda. Boshlang'ich sinflarda esa yoki yuqori sinf o'quvchilari yoki farrosh, yoxud ota-onalardan biri o'tkazib, bolalar bilan birga o'tirishga majbur bo'lishmoqda, chunki bolalarni nazoratsiz yolg'iz qoldirish barcha xavfsizlik normalariga to'g'ri kelmaydi”, — deyiladi maktubda.

Bu muammo allaqachon «isitmasini» oshkor qilgan, biroq mutasaddilar tomonidan xaspo'shlanib, yolg'onga chiqarib kelinmoqda. Yara modda boylab, xavfli o'smaga aylanmoqda. Inkor etilgan kasallikning boshqa asorat va alomatlari yuzaga chiqayapti. Muammolar ko'lami yanada kengayib, maktablar pedagoglarga ehtiyoj sezyapti, bolalarga duch kelgan odam dars o'tishiga yo'l qo'yilmoqda. O'qituvchilarga bo'lgan o'ta salbiy munosabat, ularning vazifasidan tashqari ishlarni qilishga majburlash, ishlash, dars o'tish o'rniga qog'ozbozlikka, tadbirbozlik, majlisbozlikka jalb qilinishi, oylik-maoshlarning sharmandali ravishda kam ekani va boshqa muammolar sabab o'zini hurmat qilgan, aqlini tanigan va boshqa ish qilish, hech bo'lmasa sotuvchilik yoki mardikorchilik, chet elga ketishga ko'zi etganlar ishdan bo'shamoqda. Maktablarda orqasida kimdirlari bor, boshqa ish qo'lidan kelmaydigan yoki umrini, hayotini shu kasbga bag'ishlab, bolalar, yurt kelajagi uchun har qanday tahqirga chidab kelayotgan fidoyi o'qituvchilar qolmoqda xolos. Kuni kecha samarqandlik do'stim qo'ng'iroq qilib qoldi. Ish so'radi, biror internet saytida gonorar to'laydigan ish yo'qmi, bitta maktabga ish so'rab borgandim, oyligi ikki yuz ming ekan, etti soat dars berib, kuni bilan maktabda bo'lishing kerak, deyishayapti, deydi. Uning aytishicha, bir tanishi bundan ko'proq oylik beradigan ishni tavsiya qilibdi. Uslubchilik. Oyligi olti yuz ming atrofida. Biroq yugur-yuguri ko'p, ishdan kechki o'nlarda chiqamiz, oylikning yarmi ish jarayonida sarflanar ekan, toqati toq bo'lgani, biror nomzod chiqsa jon deb bo'shashini aytibdi.

… Yana paxta masalasi. Kecha bir yig'ilishda Jizzax viloyati prokuroriga savol berishibdi: o'qituvchilar paxtaga chiqadimi? Prokuror ovozini pasaytirib: “chiqmasa chiqishmasin, lekin o'rniga odam chiqartirishsin”, debdi. Arzimagan oylik uchun shuncha bosimlarga chidab, endi paxta terish uchun odam ham yollashi, uning barcha xarajatlarini ko'tarib, tergan puliga qo'shimcha pul ham berishi kerak. Dodini kimga aytsin o'qituvchi?!

Afsuski, Prezidentning o'qituvchilar obro'sini yuksaltirishga bag'ishlangan qarori imzolangani, vaziru hokimlar o'qituvchilar majburiy ishlarga jalb etilmasligi haqida bayonotlar berilganiga qaramasdan jamiyatda o'qituvchiga bo'lgan munosabat hamon zarracha o'zgargani yo'q. Bu nimalarga olib kelishini hamma ham yaxshi tasavvur qila oladi: ilmsizlik, savodsizlik, johillik, tor dunyoqarash va oxir-oqibat ma'naviy tanazzul. Tanazzul yoqasida turibmiz, undan uzoqlashish va xalos bo'lish uchun birinchi navbatda o'qituvchining maqomini, hurmatini, obro'sini, maoshini oshirish, o'ziga, kasbiga, kelajagiga ishonchini qaytarish, har bir pedagogni davlat himoyasiga olish, o'qituvchilarning mas'uliyati va javobgarligini qonun doirasida adolat bilan kuchaytirish, bir so'z bilan aytganda bu borada inqilobiy islohotni amalga oshirish zarur. Aks holda…

Sanjar Said.

7 kommentariev

  1. Juda unchalik emasdur. Xar yili necha necha studentlar institutni tamomlashadi.maktablarda ukituvchilar etarlikku. Mani 2 ta uglim ikkita maktabda ukiydi. Ukituvchilari etarlidadam kupku

  2. Yaxshi ta’lim berilmasligi va o’qituvchilarning yiqligiga sabab maoshning kamligi. Bu haqda ham kimdir o’ylab kursa bulardi. Har qanday inson yaxshiroq ta’lim olishni xohlaganidek undan ham kuproq yaxshi yashashni xohlaydi.

  3. Davayte utochnim, chto takie sluchai bыli periodicheski v proshlom godu. Pri starom direktore, Xalmuminovoy B. M. V dannыy moment, pedagogicheskiy sostav polnost'yu ukomplektovan. Davayte ne vыrыvat' slova iz konteksta, RayONO Yunus Abadskogo rayona reshilo vopros. Direktor naznachen. Vse u nas xorosho. Deti v rodnыx stenax.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.