Tadbirkorlarni qaqshatgan amaldor yana mansabda

KUN.UZ axborot portalida«Samarqandlik tadbirkor: «Viloyatdagi mutasaddilar tufayli korxonam 552 million so'm zarar ko'rdi» va «Samarqandda adolat bormi o'zi?!» maqolalarida aytib o'tilgan, ko'p yillar mobaynida Samarqand viloyat hokimining sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish va kommunal xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Ochilov Olim Ismoilovich yangi rahbarlik lavozimiga tayinlandi.

U 2018 yil fevral boshidan «Qishloq Qurilish Invest» MChJ injiniring kompaniyasi Samarqand viloyat filiali boshlig'i lavozimida faoliyat olib bormoqda. Rahbarning bu lavozimga tayinlanganligini «Qishloq Qurilish Invest» MChJ rasmiy vakili tasdiqladi.

«Tadbirkorlarni qaqshatgan» amaldorning Samarqand viloyat hokimi o'rinbosari lavozimidagi faoliyati ko'plab tadbirkorlarning noroziligiga sabab bo'lgan edi.

Xususan, 2014 yilda viloyatda yoshlar uchun «Kamolot» uylari kurilishiga ajratilgan manzilli arzon (fondovыy) tsenmentning ming tonnadan ortig'ini bu qurilishga umuman alokador bo'lmagan tashkilotlarga sotib yuborganligi aytilgan.

Amaldor bu va boshqa harakatlar bilan bir qator tadbirkorlarga ja'mi 1,5mlrd so'm miqdorida zarar etkazilganligi iddao qilingan edi.

P.S. Maqolagi iddaolar KUN.UZsaytidan olingan bo'lib, biz bu ayblovlarni hech qanday izohlay olmaymiz.

Maqolaga munosabat:
Ravshan Elmuradovdan
«Tsementfurush» haqidagi maqolangizni o'qib:

«Assalomu aleykum!
Juda haq gapni yozgansiz. Rahmat!
O'sha tadbirkorlardan biri men bo'laman.
2014 yildan buyon hamma joyga murojaat etdik, lekin afsuski bugungacha hej qanday foydasi bo'lmayapti.
Bironkim tinglamaydi murojaatlarimni va bitta javob xat bilan yopib yuboradi.
Nima qilishni ham bilmay qo'ydik.
Hamma asosli xujjatlar bor, lekin prokuratura ko'z yumib yubormoqda».

Mirzo Subxanov

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *