Siz shunday kollejga farzandingizni yuborarmidingiz?

Ushbu surat Gurlan tumanidagi Tadbirkorlik kasb hunar kollejidagi sinf xonalarining birida olingan bo'lib, yoshlar ittifoqining feysbukdagi sahifasidan olindi. Suratda ko'rayotganingizdek sinf xonasini elektr isituvchi moslamasi yordamida isitishga harakat qilingan. Ammo talabalarning ustki kiyimlarida o'tirganlaridan ko'rish mumkinki, sinfxonasi sovuqligicha qolgan. «Tepadagi»lar kelgandagi ahvol shu bo'lsa, boshqa paytda qanday bo'lganligini tasavvur qilish….?  Kimgadir tosh otish niyatimiz yo'q. Ammo bu holatga tegishli mutasaddilar qanday munosabat bildirar ekan. Kollej talabalarining da'vomati pastligiga bu holat ta'sir qilmayapdimi? Qolaversa isitishning bu usuli talabalarning sog'ligi uchun zararli va xavfsizligiga tahdid solmasmikan? Bu manzaraga izoh beruvchi mard topilarmikan.
Men shaxsan mana shunday sharoitdagi maktab va kollejlarga o'z farzandimni yubormas edim, negaki bolamning sog'ligi men uchun hamma narsadan ustun!SIZChI, siz farzandingizga shunday sovuq xonalarda o'qishni ravo ko'rarmidingiz?
Mana shunday sharoitda darsga qatnayotgan o'quvchilarga va ularga dars o'tayotganlarga TASANNO! Ularga haykal qo'ysang arziydi!

Davlat Nazar

3 kommentariya

  1. Ta'limni ota bobolaramiz bundanda kiyin sharoitdagi xujralarda xam olib Imom Buxoriy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Axmad al Fargoniylar bulib etishishgan. Bu insonlar uzlarini bilimlari bilan dunyoni rivojlanishiga juda xam katta xissa kushdilar.
    Tugri xozir 21 asr, lekin vaziyatni tubdan uzgartirish uchun Isloxot zarur. Bu tarkibiy isloxot. Ya'ni ta'limni pullik tizimga utkazilishi. Kapitalistik davlatlarda ta'lim 90 foiz pullik. Ana ushanda xar bir maktabni uz xisob rakami buladi. Maktabda ukish xarajatlariga mana shunday kommunikatsiya bulimi xam kiritilib xamma narsa xisob kitob kilinadi. Sunggida bu xarajatlardan bitta bolani bir yillik ukish sarfi kancha ketishi xisoblab chikiladi. Muammoni echimi deylik xar bir fukaroni uz taklifida aks etishi kerak. Xech kaysi davlat uz fukarolarini 100 foiz bekamu kust kilib uni ustiga bepul ukita olmaydi. Agar farzandingizni bunday maktabga bergingiz kelmasa marxamat imkoniyat axtaring. Demokchi bulganim tepaga yoza yoz bilan maishiy masalalarni echish juda xam kiyin. Tepaga yozasiz, ular urganib chikadi, kommisiya junatadi. Kommisiya urganib chikadi, xulosa kiladi. Karabsizki baxorga chikib turibsiz. Shuning uchun bunday masalalar yozda kish mavsumiga tayyorgarlik dasturi buyicha 100 foiz tayyor xolga keltirilishi kerak. Buni echimi fakat ta'lim vazirligida yoki xokimiyatda deganlar adashadi. Bunday masalalarni echimi biz ota onalarni yozda farzandimizni kaysi maktabga berishni uylab kurishimizda. Xar bir ota ona farzandi ukiydigan maktabga borib shart sharoiti bilan tanishib chikishi zarur. Agarki farzandingiz sovuk xonada utirib ta'lim olayabdimi, bunga birinchi urinda sizni uzingiz aybdorsiz. Odamlarimiz kachon davlatga bokimanda bulishni tuxtatsa ana ushandagina rivojlanish buladi. Ilmda xam, iktisodda xam.
    Eng muximi — Ma'naviyatimiz sovukda kolmasligi kerak! Ta'lim tarbiya beruvchi muallimlarni bilimi va madaniyat darajasini yuksaltirishimiz kerak. Aynan mana shu Vazifa davlatni zimmasidagi buyuk topshirikdir. Chunki u bizni yoki buyuk davlatlar orasiga olib chikadi, yoki uzimizni uzimiz maktaydigan buyuk kelajakchilar, aslida esa bir joyda depsinayotgan botkokka botgan arava xolatiga olib keladi.
    Agar bu masalada befark bulsak, sinf xonalaridagi sharoit podsho saroylardagidek bulsa xam natija yomon bulib kolaveradi.
    Buyuk mutaffakir Abdulla Avloniy bobomiz aytganlaridek:
    «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir»

  2. Kollej durektori ko’chani tozalash kerak, ko’chat ekish kerak, chigit, pilla, biolaboratoriya kapalagi bilan shugullanish kerak. Issiqlik masalasida yonidan qilmaydiku

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *