Senat qarori — to'ylarni kuzatib boradigan Respublika ishchi guruhi tuziladi

30 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n to'rtinchi yalpi majlisida senatorlar to'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish masalasini ko'rib chiqdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Senat tomonidan “To'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish to'g'risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilgandi.

Ushbu loyiha 5-25 mart kunlari keng jamoatchilik muhokamasidan o'tkazildi. Muhokamalar jarayonida 400 mingdan ortiq fuqaro qarorni yanada takomillashtirish bo'yicha ko'plab taklif va fikrlarni bildirdi.

Oilaviy tadbirlarni tartibga solish jamiyat uchun ham muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi bois, aholi tomonidan bildirilgan taklif va fikrlarni inobatga olib, mazkur masalani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni mukammal ishlab chiqish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati “To'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish to'g'risida”gi qarorni qabul qildi.

Ushbu qaror bilan to'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solishga oid jamoatchilik fikrini o'rganish bo'yicha Respublika ishchi guruhi tuzilib, uning tarkibi tasdiqlandi. Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib ushbu masalaning OAV, shu jumladan internet nashrlarda faol muhokama qilinishini tashkil etish, mamlakatimizning har bir hududida oilaviy tadbirlarni o'tkazish borasida shakllangan o'ziga xos urf-odat va an'analarni aholi ishtirokida chuqur o'rganib chiqishdan iborat deb belgilandi. Ishchi guruhga muhokamalar yakuni bo'yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish va loyihani O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ko'rib chiqish uchun taqdim etish topshirildi.

Shuningdek, qaror bilan O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Respublika Xotin-qizlar qo'mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O'zbekiston avtomobil' transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek davlat va nodavlat tashkilotlariga to'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilishini tartibga solish bilan bog'liq masalalarni chuqur o'rganib, Ishchi guruhga asoslantirilgan taklif kiritish topshirildi.

Bundan tashqari, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o'rganish markazi aholi keng qatlamlari o'rtasida to'y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixcham va tartibli o'tkazish bo'yicha ijtimoiy so'rov o'tkazib, Ishchi guruhga umumlashgan tahliliy ma'lumot taqdim etishi topshirildi.

Qalampir.uz saytidan olindi

4 kommentariya

  1. Inson yaratilgandan boshlab to kiyomat kuniga kadar kiladigan ishlari belgilab berilgan.
    Xatto bu noshukr insonga xojat utashlik vaktidagi ta'limgacha berilgan,xuddi shuningdek tuy marosimlari xakida xam anik va tinik belgilab berilgan.
    Birok bu inson,ayniksa uzbek musulmoni kabi sermexnat shu bilan birgalikda serisrof millat xech bir er yuzida yukdir.
    Uz davrini buyuklaridan Maxmudxuja Bexbudiy xazratlari kuyikib yozgandilar;
    Buxoro xalki tuy xashamlari uchun xatto ortikcha deb bilgan er uchastkalari ,uylarini sotib bulsa xam tuylar kilib yotishibdilar.
    Xatto uylarimizni Buxor Juxudlariga zur pulga sotayapmiz deb maktanib xam kuyadilar ,bu axvolda yakinda Buxoroda uzbek tugab fakat Juxudlar kolsa kerak degandilar.
    Ashulachi artistlarga kelsak,
    Ularga fakat pul kerak,
    Kazogistonda avtobusda uzbek yigitlari yonib kul buldilar.
    Ayni shu kunda Sherali Juraev toshkentda dabdabali kontsert berganmish.
    Uylaysiz ki…kontsertdan tushgan pullarni sherali juraev birorta kuyib ulganni oilasiga etimlariga bergandir dersiz…
    Afsuski shundok xam emas.
    Xullas musulmon uzbeklar yo xakikiy musulmon bulib yashashlari(xar bir ishlari kur'on karim va sunnat nabaviya asosida bulishi)yoki xoxlagandek yashab (eshakdek ishlab,
    Majnunlardek sarflab utishlaridan boshka yul yukdir).

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *