Saylov yaqin: «kattakonlar» qaysi partiyada?

543 views

Ko'cha-ko'yda, turli xil reklamalaru, bannerlarda partiyalarning nomlariyu, uzundan uzoq va'dalarini o'qib qolsangiz, hech ham ajablanmang. Uyg'onish davri — saylov yaqin!
Bittasi “Kuting“ — desa, ikkinchisi “Kuttirmaymiz“ — deydi. Xo'sh, zo'rdan zo'r chiqadimi? Yo saylovdan so'ng yana “qishki uyqu“ boshlanadimi?!

Darvoqe, O'zbekistonda ikki milliondan ko'proq fuqarolar siyosiy partiya a'zosi ekanini hisobga olsak, ularning orasida ancha-muncha “kattakonlar“, ya'ni davlat amaldorlari ham topiladi. “Yuksalish“ umummilliy harakati ana shunday partiyadagi “kattakonlar“ aks etgan infografikani taqdim etdi.

“U orqali davlat tuzilmalari, biznes, ilmiy doiralar, jamoat tashkilotlari, madaniyat va san'at namoyondalari vakillarining qaysi partiya a'zolari ekanligini bilib olishingiz mumkin.“ — deya xabar beradi UzA.

Popkornlarni yaxshilab g'amlagancha, saylovoldi dasturlarni kuzatishda davom etamiz. Qani ko'raylikchi, ehtimol, bizning “tanishlar“ ham chiqib qolar.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.