Samarqandda shubhali qurilish amalga oshirilmoqda… Hukumat qayoqqa qarayapti?

Samarqand shahri markazida joylashgan 9-qavatli Universitet binosi ikki yil o'tar-o'tmas yana yangitdan kapital ta'mirlanmoqda. Sovet Ittifoqi paytida qurilgan bino ikki yil oldin davlat byudjetining 6 mlrd so'mlik mablag'i hisobidan to'liq ta'mirlangan edi. Bu safar binoni kapital ta'mirlash uchun byudjetdan yana 9,9 mlrd so'm ajratish belgilangan. Achinarlisi, 9,9 mlrd so'mlik byudjet mablag'ning batafsil sarflanishi va qurilishning boshqa tafsilotlari buyurtmachi — Samarqand viloyat Kapital qurilish boshqarmasi (UKS) tomonidan jamoatchilikdan yashirilmoqda.

Ikki yil oldin byudjet hisobidan kapital ta'mirlangan binoni yana qaytadan kapital ta'mirlash qonuniymi?

Qurilish talab va me'yorlari bo'yicha biron binoni kapital ta'mirlash uchun etarli asos bo'lishi shart. Buning uchun birinchi navbatda bino avariya holatida bo'lishi va idoralararo qurilish komissiyasining rasmiy nuqsonlar dalolatnomasi (defektnыy akt) rasmiylashtirilishi shart. SamDUning bu binosi esa ikki yil oldin zamonaviy deraza romlar, MDF eshiklar, alyumin radiatorlar, laminatli pol va boshqalar bilan tuliq jihozlangan edi. Bu esa binoning avariya holatidaligiga asosli ravishda shubha uyg'otmoqda.

Bugunga kelib, binoning old qismi to'la ravishda buzilgan. Qurilish maydonida na loyiha muddati va na quruvchi tashkilot to'g'risida ma'lumot bor.

Qurilish bo'yicha Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (NAPU)ning ham xulosasi yo'q. NAPUning xulosasisiz davlat byudjeti hisobidan qurilish ishlarini olib borish qat'iyan taqiqlanganligini ham alohida aytib o'tish kerak.

Davlat byudjetining maqsadli sarflanishiga har bir fuqaro ma'sul va byudjet mablag'larini asossiz sarflashga hech kimning haqqi yo'q. Shularni inobatga olib, bu shubhali kapital qurilishni qaytadan ko'rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.

Ko'rsatib o'tilgan qonun buzilishlariga tegishli davlat tashkilotlari hamda alohida, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (NAPU)ning munasobat bildirishini juda va juda istaymiz.

Mirzo Subxanov

Birinchi izoh

  1. Balki binoning ba'zi kismlarida radiatsiya mikdori yukoriligi aniklangan bulsa, albatta zudlik bilan vaximasiz bartaraf etilishi shart.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *