Rivojiddin Abdumalikov: «Yoshlar ittifoqi», endi meni ham tinglang!»

Hurmatli, «Yoshlar ittifoqi» a'zolari! Sizlar ortiq «Kamolotchi»lar emassiz! Nomingiz o'zgardi, endi bu o'zgarish qarashlar va fikrlarga ham ko'chsin! Sizga qayta ishonch bildirildi, ishonchni oqlang!

«Yoshlar ittifoqi» bizning qanotimiz, shuning uchun marrani kengroq olaylik, degan gaplaringizga ko'zim tushib qoladi. Xo'sh, sizlar marrani qay darajada yuqori ko'zlayapsizlar? Qanot qoqib, sal kengroq maydon bo'ylab ham xarakat qilyapsizlarmi? To'y muammosidan ko'ra, qishloqlarda qishda ko'p chiroq o'chishi natijasida darsini tayyorlay olmayotgan bolalar muammosi muhimroq emasmi sizlar uchun? O'qishni bitirgach, ishga joylashish to'g'risidagi uch tomonlama shartnomaga imzo va muhr bosdirib kelishga majbur qilinayotgan talaba YoShLAR muhim emasmi?

Nega talabalar uch tomonlama shartnoma tuzishga majburlanyapti, deb hech qiziqib ko'rdingizmi? Uch tomonlama shartnoma muammosidan xabarimiz yo'q, deyishga ham haqqingiz yo'q. Hammangiz talabasizlar, ko'rgansizlar, eshitgansizlar. Xo'sh, nega bu haqda xech narsa demaysizlar? Yoki bu muammoni gapirishni ham prezident boshlab berishi kerakmi?

Iltimos, bundan keyin «erni biroz chuqurroq haydash»ga ham harakat qilib ko'ring. Chinakam yoshlar ittifoqi bo'lib, rostmana yoshlar ichiga kirib boring, aks xolda sobiq «Kamolot» bo'lib qolaverasizlar!

PS: Men ikkitagina muammoni misol qilib ko'rsatdim xolos, qolganlaridan xabaringiz bor deb o'ylayman, yoki qidirib toparsizlar. Omad sizlarga!

Rivojiddin Abdumalikov

7 kommentariev

  1. Yoshlar ittifoki real kuchga ega bulishi uchun mamlakatimizdagi barcha yoshlarni 1) ijodiy yunalishda birlashtirib, ularga xam moddiy xam ma'naviy kumak bersin; 2) turli tugaraklarda faol bulishsin; 3) sport musobakalari va mashgulotlarida faol bulishsin; 4) yoshlar tadbirkorligi ishlarida yunaltirish, maslaxatlar berish, xukukiy ximoya kilishda faol bulishsin. Yoshlar kachonki Yoshlar ittifokidan maddiy ma'naviy xukukiy yordam olsa shundagina ma'lum natijaga erishish mumkin. Falonchini ugli tanishi yoki xomiysi ortidan tanish bilishchilik kilinsa yoshlar ittifoki inkirozga yuz tutadi. Bu ittifok faollari xakikiy jonkuyarlar bulishi kerak. Unumdor erda soxta kuchat ming ishlov bersa xam usmaydi-unmaydi, xakikiy kuchatga azgina ishlov bersa kukarib unib ketadi, agarki kurt-kumurskalar kemirib tashlamasa.

  2. kechayam my5 kanali bilan konsert qilishdi, ashincha pul ketqizgandan bitta muhtojga hashar qilib uy qurib berishsa savobli ish bo’lardi. » biz odam savdosiga qarshimiz» deb o’kirish bilan hech qanday amaliy natijaga erishilmaydi.

  3. Bu gaplarni prezidentimizning virtual qabulhonasiga yozilsa natija samaraliroq bo`lsa kerak deb o`ylayman

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *