Retro-parodiya: Bemaqsad yurmang

Yodingizda bo'lsa 2017 yilning avgust oyi oxirida tunda bemaqsad yurganlarni ovlash tadbiri boshlanib ketdi. O'sha olatasir kunlarni xotirlaymiz.

Yarim tun. Toshkentning nomi mashhur ko'chalaridan biri. Shimining pochasini qo'nji uzun etigiga tiqqan (viloyatlikka o'xshab emas) ketvorgan ayol yolg'iz yuribdi. PPS mashinasi kelib to'xtadi. Militsioner so'raydi:

— Yarim kechasi yolg'iz yurishdan maqsadingiz bormi?

— Mijoz kutyapman. Bir sutkasi 200 ming, bir martalik 50 ming.

— Ketdik bu erdan, kechasi yurishdan maqsadi bor ekan.

*                              *                                 *

Yarim tun. Toshkentning ovloq ko'chalaridan biri. Viloyatlikka o'xshab kiyingan kishini qidirib yurgan PPS xodimlari yuziga niqob taqqan odamni ko'rib qolishdi.

— To'xtang. Yarim kechasi nima qilib yuribsiz?

— Narigi mahalladagi falonchining uyini o'marmoqchiman.

— Ha, mayli, maqsadingiz bor ekan. Bemaqsad yurmang ko'chada.

*                              *                                 *

Shahardagi tungi klubning qarshisida qosh-ko'zini bo'yagan yigit bejirim sumkacha bilan yuribdi. Unga militsiya hodimi yaqinlashdi.

— To'xtang. Hujjatlarni ko'rsating. Yarim kechasi nima qilib yuribsiz?

— Hujjatlarim yo'q. Mening ismim Dilshod. Besoqolbozman, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 120-modda. Boyfrendimni kutyapman.

— Yaxshi, maqsadingiz bor. Sira bemaqsad yurmang.

*                              *                                 *

Yarim tun. Toshkentning mashhur ko'chalaridan biri. Boshiga salla o'rab yaktak kiyib olgan uzun soqolli odam, orqasiga ryukzak osib olgan. PPS mashinasi kelib to'xtadi. Militsioner so'raydi:

— Yarim kechasi nima qilyapsiz?

— Ichki Ishlar vazirligi tomonga boryapman, sumkamdagi bombani o'sha erga tashlab kelaman.

— Ha, mayli, maqsadingiz bor ekan. Yodingizda tuting – aslo bemaqsad yurmang.

Facebookdan to'plangan

3 kommentariya

  1. Erta Tong. Kurshovdan chikkan jangchidek kollej ukituvchisini ( maktab ukituvchisi emas) kuramiz. Xa deb suramangiz metallom topshirib, Boe»vut kuchasini tozalagani chikkan bu’ladi. Xokim sobik obo xokim bir narsa deb bularmidi. Majburiy kuchat sotilishi yana ortikcha….

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *