Qirg'izistonda prezidentlik saylovi bo'lib o'tdi

102 views

Yakshanba kuni Qirg'izistonda prezidentlik saylovi bo'lib o'tdi. 97 foiz uchastkalardagi ma'lumotlar hisob-kitob qilinganidan so'ng mamlakatning sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov 54 foizdan ziyodroq ovoz bilan etakchilik qilmoqda. Muxolifatdan nomzod Omurbek Babanov 33 foiz ovoz to'plab ikkinchi o'rinda bormoqda, deya xabar qildi RIA Novosti.

Saylovlarda 56 foiz saylovchi ishtirok etdi. MSK ma'lumotlariga ko'ra, 20:00 ga qadar 1 million 692 ming 423 kishi ovoz berdi. Jami bo'lib 3 million 25 mingdan ziyod saylovchi ro'yxatga olingan edi. 2011 yilda bo'lib o'tgan avvalgi prezidentlik saylovida bu ko'rsatkich 58 foizni tashkil etgan.

Sooronbay Jeenbekov avvalgi ma'muriyat yo'lida davom etish va jamiyatdagi murakkab qoidalar va o'zaro aloqalarni o'zgartirmaslikka va'da berdi.

«Bugun Qirg'iziston butun dunyoga bizning demokratik suveren mamlakat ekanimizni namoyish etdi», — dedi u.

Almazbek Atambaevning prezidentlik muddati 1 dekabrda yakuniga etadi. Konstitutsiyaga muvofiq, u prezidentlikka nomzodini qaytadan qo'ya olmaydi.

Sooronbay Jeenbekov 1958 yili O'sh viloyatida dunyoga kelgan. 1983 yilda qishloq xo'jaligi institutini tamomlagan. 1996 yilda parlamentga saylangan va 11 yildan ziyod umrini deputatlik faoliyatiga bag'ishlagan. 2007 yilda Kurmandek Bakiev boshqaruvi davrida qishloq, suv xo'jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri lavozimini egallagan. Bakiev 2010 yilda davlat tepasidan olingan davrda vaqtinchalik inqilobiy hukumat tarkibida O'sh viloyati davlat ma'muriyatini boshqardi. 2016 yilda Prezident Almazbek Atambaev uni o'z devoni boshlig'ining birinchi o'rinbosari etib tayinladi.

2016 yil aprelida Qirg'iziston Sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan bosh vazir etib saylandi. 2017 yil mayida partiya siyosiy kengashi prezidentlikka uning nomzodini ilgari surdi va Sooronbay Jeenbekov hukumat rahbari vakolatini topshirdi.

Birinchi izoh

  1. Qirg’iziston hali demokratik davlat emas. Demokratik davlatga aylanishi uchun juda ko’p islohotlar qilish kerak. Xalqning dunyoqarashi o’zgarishi, siyosiy faoligi ortishi, milliy kadrlarning o’z bilim salohiyatiga ishonishi kerak.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.