Prezidentdan «Kaptiva» olgan doktor: «Bu erdagi ishlarda o'zgarish kiritish va tartibga solish zarur ekanini tushundim

«2017 yili «Panaev farms» fermer xo'jaligi rahbari Islam Panaev Germaniyaga seminttal naslli qoramol sotib olishga bordi. Shunda men unga 60 bosh seminttal naslli mol, Avstriyadan 300 bosh echki sotib olishda o'z maslahatlarim bilan yordamlashdim.

Sentyabr oyida qishloqqa navbatdagi mehnat dam olishiga kelganimda, shu olib bergan mollarning holatini ko'rish maqsadida fermer xo'jaligida bo'ldim. Va bu erdagi ishlarda o'zgarish kiritish va tartibga solish zarur ekanini tushundim.

Hozirda ana shundan boshlab ushbu xo'jalikning ishlarini to'g'ri tashkillashtirish va iqtisodiy tomondan tartibga solish bo'yicha o'zimning masalahatlarimni berib, menenjer lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Hozir bu xo'jalikning chorvachilikdagi holati ancha yaxshi tomonga o'zgardi. Bahorda sotib olib kelingan mollarimizning soni 130 boshga etdi. Shuningdek, fermada Gollandiyadan olib kelingan golshteyn naslli qoramollar ham boqilmoqda. Hozirgi kunlari ularning har biridan kuniga o'rtacha 20 litrdan sut sog'ib olinib, o'zlarimizda qayta ishlanib, «Panamilk» markasi bilan 55 turdagi sut mahsulotlari tayyorlanib, savdo o'rinlariga etkazib berilmoqda», — deya aytib o'tdi Alisher Qurbonov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xo'jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida fermer xo'jaligi rahbari Qutlimurat Panaev bilan suhbatlashib, Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo'yicha ishlagan doktor Alisher Qurbonovga Qoraqalpog'istonga qaytib ishlayotgani uchun «Kaptiva» avtomashinasini sovg'a qilgan edi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *