Prezident maddohlarga zormi?

Men keyingi paytda o'zbek tilida sovg'a va imtiyoz so'zlari sinonim so'zlar bo'lib qolganini bilmay qolibman. O'zbekiston yoshlar ittifoqi o'zbek tilshunosligida inqilob qilganini haligacha ko'pchilik anglamayapdi. Ishonmasangiz o'zingiz O'zbekiston yoshlar ittifoqining markaziy kengashi raisining   Facebook’dagi sahifasidagi navbatdagi posti yaxshilab o'qib ko'ring:

“Farg'ona viloyati hokimi bir guruh Yoshlar etakchilariga Prezident sovg'alarini topshirdi!

Navro'z bayrami shodiyonalari munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqining Farg'ona viloyati tuman, shahar Kengashi raislariga “Spark” va “Damas” avtomashinalarining kalitlari topshirildi.

Prezident sovg'alarini viloyat hokimi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi tantanali ravishda topshirdi.

— Bayram biz uchun ikki hissa quvonchli bo'ldi. Yurtboshimiz tomonidan taqdim etilgan “Spark” avtomashinasi maqsadimiz yo'lida xizmat qilib, olis manzillarimizni yaqin qiladi. Endi har qanday olisda yashayotgan yoshlarimizning ham manfaatini himoya qilishga qiyinchilikka duch kelmaymiz. Har bir berilgan imkoniyatdan biz, Yoshlar etakchilari minnatdormiz, — deydi Quvasoy tuman Kengashi raisi Bekzod Fozilov.

Shuningdek, tadbir davomida “Kamalak” bolalar tashkilotiga ham “Damas” avtomashinasi taqdim etildi.

Istagimiz, Yoshlar etakchilariga imtiyozli kredit asosida shaxsiy mulk sifatida berilayotgan ushbu rag'bat tashkilot faoliyati samaradorligi yanada oshishiga xizmat qiladi.”

 

Men shaxsan ushbu postlarning matnini hurmatli Q. Quronboevning o'zi yozganiga sira ishongim kelmaydi. Ammo uning nomidan kimdir yozdi. Yozgan kimdir yoshlar ittifoqining markaziy kengashidagi kreslolardan birida yastanib o'tirganiga shubha yo'q!  Bu janobga men aytmoqchimanki, meni fikrimcha sovg'a so'zi, imtiyoz so'zidan keskin farq qilishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?    Balkim sizning nazdingizda davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlarga muvofiq  yoshlar etakchilari o'z mablag'lari evaziga uzoq muddatli  imtiyozli kredit evaziga olayotgan avtomobilni PREZIDENT sovg'asi desa, go'yo yurtboshimizning obro'si oshib ketadimi? Menimcha sizlarning bu yolg'onlaringizsiz ham halq  orasida prezidentimiz  olib borayotgan  inson manfaatlari ustivorligi va adolat tamoyillari asoslangan siyosati natijasi o'laroq katta obro' e'tiborga ega.  Menimcha Yurtboshimizni kuni  maddohlikka, ortiqcha maqtovlarga kuni qolgani yo'q. Sh. Mirzieyovning yutug'i menimcha har bir narsani o'z nomi bilan atashi va haqiqatni inkor etib, undan ko'z yummasligi deb bilaman. Binobarin shunday ekan garchi imtiyozli kredit evaziga bo'lsada o'z mablag'i evaziga sotib olinadigan narsani “PREZIDENT SOVG'ASI” deb e'lon qilinishi,  prezidentning imidjiga foyda emas putur etkazish ehtimoli ko'proq. Shu boisdan yoshlar ittifoqidagilar o'zbek tilshunosligida inqilob qilish o'rniga, imtiyozni imtiyoz, sovg'ani sovg'a, mukofotni mukofot deb atashni o'rgansalar yoion bo'lmas edi. Zero Prezident maddohlarga zor emas!

Balkim men nohaqdirman, negaki tilshunos bo'lmaganim sabab sovg'a, imtiyoz, mukofot so'zlarini farqiga unchalik bormasman! Balkim tilshunoslikdan xabari borlar tushuntirib berarlar sovg'a so'zi imtiyoz so'zi bilan sinonimligi yoki boshqachaligini!

Davlat Nazar

19 kommentariev

  1. Uch turt oy kredit tulovini tulamasa bank ushbu «sovgani» olib kuyadi. Keyinchi ?!, prezident sovgasi kaytarib olindi deb kimlardur «bayrok kutarib» chikadi. Xar bir narsani uz nomi bilan atash kerak!

  2. Ana xolos! Biz sovg'alar uchun Prezidentga alohida jamg'arma ajratilganmikan, deb o'ylabmiz-a. Uyat! Sovg'a, bu butunlay boshqa narsa, uni qo'lda yasashingiz, ijod qilishingiz yoki bozordan sotib olib keyin do'stingizga, bolalaringizga sovg'a qilishingiz mumkin. Kishi o'z puliga sotib olgan narsani sovg'aligi qolmaydi-ku. Yaqin o'tmishda hokimiyatlar tadbirkorning o'z pulidan o'ziga sovg'a qilishlarini, bayram uyushtirib berishlarini (o'z puliga hurmat va minnatlarni) eshitar edik… Bu yoshlar qayoqdan ham shu qadar uddaburonlik bilan yo'qdan bor yasayapti, bu yolg'onlardan keyin uning qaysi gapiga, tashabbusiga ishonib bo'ladi? Yolg'onchilikdan maqsad nima o'zi? Ma'naviy qashshoqlikdan qutilyapmizmi desak, yangi saflar paydo bo'lyaptimi? «Maddohlarning yuzlariga tuproq sepinglar yoki (sochinglar)» degan hadisi sharif ma'nosiga e'tibor beraylik… Bu tashabbuskorlar avvalo ma'naviyat va madaniyat, vijdon va iymon, haqiqat ilmidan yaxshigina saboq olishlari zarur, deb o'ylaymiz…

  3. Avvalo uzr! Barcha berilayotgan imkoniyatlar o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q. Xar bir imkoniyatni, xolatni yaxshilik bilan, samimiylik bilan qabul qilishimiz kerak. Bir tumanni minglab yoshlari ichidan bitta menga shunday imkoniyat yaratildi. Bu men uchun xam, oilam uchun xam katta sovg'a. 10 yil muddatga imtiyozli kreditga avtomashina olishga kim imkoniyat qilib berdi. Muxtaram Prezidentimiz. Demak, bu Prezident sovg'asi. Biz bu yozuvlarni sizlar uchun qo'yganimiz yo'q, bu bizning dil so'zlarimiz.

  4. Ex afsus endi kutuldik deb uylovdim maddoxlikdan aksincha kuchayib ketdi xar bitta gap xox tankid bulsin xox oddiy gap bulsin borgan sari kuchayib boryapti. Buni okibati yana tanazzul. Ey insonlar buldi kilinglar endi gururlaringni bilinglar nima majbur kilyapti sizlarni maktashga. Prezident uz vazifasini bajaryapti siz xam uz ishingizni kiling vaysashni urniga. Endi tarakkiyot kushandasi bulgan maddoxlikka ma'muriy jazo kullash kk bumasa bulardi tugatib bulmaydi. Yukolsin Laganbardor, maddox maxluklar!!!

  5. Inson aslida kim ekanligini xuddi shunday kichik maqola yoki fikrlardan bilsak bo‘ladi.
    ‘‘Maddohchalar‘‘, ‘‘manqurtlar‘‘ iborasini ishlatganlar avvalo bu so‘zlarning ma‘nosini bilisharmikan. Sovg‘ami yoki o‘z puligami avtomobil sizlarga emas yoshlar yetakchilariga berildiku. Tushunish mumkinki bu xolatga erisholmagan va ko‘rolmayotganlar bunday fikrlarni bildirmoqdalar. Bugun ota-onam yaqinlarim menga berilgan avtomobilni sovg‘a deb qabul qilib haligacha shod-xurram yurgan vaqtda qolgan ‘‘ taxlilchilarni‘‘ fikrlari men uchun axamiyatsizdir.
    Faraz qilishingiz uchun oddiy misol keltiraman.
    Men oddiy o‘qituvchilar oilasining farzandiman. Bugungi kunda yoshlar ittifoqida tuman yetakchisi sifatida faoliyat yurityapman. Shaxsiy avtomobil olish uchun esa ro‘zg‘orimiz katta va singlim kontrakt asosida o‘qishini inobatga olsak 10-15yil atrofida imkonim yo‘q. Savol berishingiz mumkin ‘‘kasbingizni o‘zgartirsangiz bo‘lmaydimi?‘‘ deb. Men esa ikkilanmasdan ‘‘yo‘q‘‘ deb javob beraman. Chunki o‘z kasbimni, yurtimni sevaman. Bugun yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni boshqa mamlakatlardan topa olmaysiz.
    Shunday ekan Muhtaram Prezidentimiz 2017 yil 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashuvda yoshlar ittifoqi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish, tizim xodimlariga bir qator imkoniyat va imtiyozlar ajratib berganliklarini o‘z ma‘ruzalarida bayon etganlarida quvonchdan ko‘zimdan yosh chiqqani aniq. Bu holat men va o‘sha uchrashuvda men qatori zalda o‘tirganlar uchun rost bo‘lsa o‘zini vatanparvar qilib ko‘rsatayotgan aslida esa vatanga zarracha foydasi tegmagan insonlar uchun ‘‘ertak‘‘ bo‘lib tuyuladi.
    10-15 yilda olish imkoniga ega bo‘lmagan avtomobilimni Muhtaram Prezidentimiz imzo chekkan qaror va farmonlari asosida 10 yil muddatga imtiyozli kredit yana takrorlayman ‘‘imtiyozli kredit‘‘ga ajratilishi bu shaxsan men va oila a‘zolarim uchun ‘‘HAYOTIMDAGI ENG QIMMATBAHO SOVG‘A‘‘ bo‘ldi deb bemalol ayta olaman. Yana bir taqqoslash uchun misol: 2017 yil 26 avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida Muhtaram Prezidentimiz farmonlari bilan ‘‘Shuxrat‘‘ medali bilan taqdirlandim. Ko‘ksimga medal toqilgan paytdan ko‘ra avtomobil olgan paytdagi xursandchiligim o‘rtasida farq katta bo‘ldi. To‘gri, davlat mukofotini hamma ham ololmaydi, lekin, bu yutuq butun jamoam, yaqinlarimniki ham edi. Va o‘ylab qolaman ‘‘ yurtimizda menga nisbatan salohiyatli, juda ko‘p ijobiy ishlarga qo‘l urib yutuqlarga erishgan yoshlar ko‘p ediku‘‘. Medal olganimda hamma tabrikladi lekin ‘‘ qanday erishding‘‘ degan savol bermadi. Avtomobil olganimda esa har kuni 5-10ta yoshlar (hatto yoshi kottalar ham) telefon qilib yoki ishxonamga kelib ‘‘bizga ham olib bering, 10 yilga imtiyozli kreditga degani ‘‘suv tekin‘‘ deganiku‘‘ deb holi jonimga qo‘ymayaptilar. Shu payt ‘‘Bu avtomobil Muhtraram Prezidentimizning maxsus topshiriqlariga asosan tuman, shaxar yoshlar yetakchilariga berilyapti‘‘ deb javob bergan paytim ular nima deb javob berishyapti; ‘‘ mazzaku, haqiqiy sovg‘a ekanda‘‘ deb xursandchiligimga sherik ekanligi aytib ketmoqdalar.
    Yana bir gap kimga qanaqa, ayniqsa bugun o‘zlaridan ‘‘arator‘‘ yasab olganlarga qanday bilmadimu yoshlar yetakchilariga berilgan avtomobil men uchun haqiqiy kutilmagan va rag‘batlantiruvchi sovg‘a.
    O‘zimni pulimga kreditga olamanmi yoki boshqa holatmi bu bizning ishimiz. Bunday sovg‘a bo‘lmaganida men 10-15 yil avtomobilsiz yurgan bo‘lardim.
    Maslaxatim taxlil qilmang-taklif kiriting, tanqid qilmang-avval o‘rganib ko‘ring, xasad qilmang-havas qiling, ‘‘ber-ber‘‘ demang-harakat qiling.
    Shunday ekan, men o‘zbek farzandi ekanligimdan, ‘‘Prezident jamoasi‘‘da ekanligimdan, va eng muhimi faoliyatimda avtomobil sovg‘a qilinganidan benihoya xursandman.
    Raxmat sizga Shavkat Miromonovich, raxmat senga ‘‘ Yoshlar ittifoqi‘‘.

    1. Xukumat tomonidan «yoshlar ittifoqi»ga ajratilgan mablag' va imtiyozlar dunyoning xech bir mamlakatida mavjud emas. Kontsertlar bilan «pompez'no» tashkil etayotgan tadbiringlardan xakikiy naf yo'qligi o'zinglarga xam ayon. Shunday «protokol» uchun tadbirdan ko'ra viloyat bo'yicha tumanlar kesimida erta-yu kech ochiq turadigan arzon bo'lgan dam olish «yoshlar maskani» tashkil qilish vakti kelmadimi? Agar xakikiy inventarizatsiya o'tkazilsa yurtimizni poytaxtidan boshqa joylarda deyarli shunday arzon, kulay va «yoshlar ittifoqi»ning ma'suliyati ostidagi birorta maskan yo'q!!! Tungi klub va kompyuter o'yini maskanlariga bizni kelajagimiz bo'lgan yoshlarini tashrifi esa avvalo sizlar «yoshlar ittifoqi»ni ma'suliyatsizligi, ish rejalarni to'g'ri tashkil etmaganligidan deb bilaman. «Kamolot» to'nini almashtirib «yoshlar ittifoqi»ga aylandi xolos. Ko'z bo'yama tadbirlar o'sha- o'sha. Farqi juda qaytaraman juda katta byudjet va cheksiz imkoniyatlarga ega bo'ldinglar. Baribir asosiy mablag' ustida eski mulozimlar yoki ularning yaqinlari egallagandir.

    2. Xurmatli Botirxon Shuxratovich Siz yozibsiz:
      «Maslaxatim taxlil qilmang-taklif kiriting, tanqid qilmang-avval o‘rganib ko‘ring, xasad qilmang-havas qiling, ‘‘ber-ber‘‘ demang-harakat qiling.»
      1. Taxlil kilmay kanday kilib taklif kiritsa buladi?
      2. Muallifga raxmat, obdon urganib ana undan keyin juda tugri tankid kilibdilar. Axir uzingiz xam tan olibsizku, mashina un yilga kreditga berilganini? Kanakasiga u sovga buladi?!
      3. Bola yiglamasa ona kukrak tutmaydi. Nima uchun endi xak xukuklarini talab kilmaslik kerak?
      Agar yoshlarni kredit berib ishlar bilan ta'minlansangizgina ana ushanda uz ishingizdan konikish xosil kilishingiz mumkin. Mana shu tashkilot a'zosi sifatida birorta yoshga aynan kiynalgan yoshlarga ish topishda kumaklashdingizmi? Anik faktlar bilan kilgan ishlaringiz tugrisida nima uchun nafakat siz, balki usha siz ogzingizdan bol tomib maktayotgan Yoshlar ittifoki xisobot bermaydi? Xar viloyatda, xar tumanda xar kishlokdan xar kuni xar soatda televideniya orkali chikib xisobot berishingizlar zarur. Sizlarga yaratilgan sharoit sizlardan mana shunday talab kilishga asos beradi!
      Aynan siz xam maddoxlikni xadisini olgan avlod vakili ekansiz, buni yozganlaringiz aytib turibdi. Nima uchun kamchiliklarni aytmaysiz yoki yozmaysiz? Naxotki siz ishlayotgan joyda xamma sharoit zur bulsa?! Xech kim Rossiyaga ishlashga ketmayaptimi? Gaz tizza buyi yonayaptimi? Elektr umuman uchmaydimi? Yoki olgan mashinezi maktashdan boshka ish kolmadimi sizga, xamma muammolarni xal kib tashadizmi mashinada? Nima uchun yoshlar urtasida uzini uzi uldirish tobora ortayapti? Nima uchun yosh yosh kizlar buzilib ketayapti? Nima uchun ular uz bolalarini tugib tualetlarga tashlab, yoki uz kuli bilan uldirib soyga tashlab ketayapti? Sababi sizlar maddoxlik bilan shugullanayapsizlar!!! Prezident komanadasidaman deb kerilib yurishdan dimogdorlikdan boshka ishni dundirmaysizlar!!! Sizlar Prezidentga maddoxlik kilib, oddiy odamlarga kibr kilasizlar! Ikkiyuzlamchilik kilasizlar! Mana sizlarni asl basharangiz!

    3. Taxlil bunday bo‘lmaydi.
      Siz e‘tiroz bildirishdan avval tashkilotga kirib ko‘ring. Bugun yoshlarga imtiyozli kreditlar aynan yoshlar ittifoqi tomonidan ajratilishi, hududlarda tadbirkorlik klassterlari tashkil etilganligini va yana tashkillanishda davom etayotganligini bilmasdan fikr bildirmang. Yoshlar ittifoqi tomonidan juda ko‘plab yoshlar ish bilan ta‘minlanmoqda (kelsangiz sizni olib boraman shaxsan mening yetakchiligimdagi tuman yoshlar ittifoqi orqali ishga kirgan yoshlar oldiga). Televideniya va fbda online savol-javob va muloqotlar orqali tashkilot hisobot bermoqda. Hamma tashkilot va hodisani tanqid qilish oson lekin yeng shimarib har qaysi sohani ichiga kirganingizda inson omili degan tushuncha mavjudligini bilasiz. Hamma ham doim shukr qilolmasligini va doim ber-ber deyishini, shuningdek qanoatli va shukr bilam yashaydigan insonlar ham borligiga hatto xoyin, sotqin va vatanfurushlarning ham borligiga guvoh bo‘lasiz
      Siz yuqorida aytgan hamma holat tarbiya bilan bog‘liqdir. Tarbiya oiladan boshlanadi. Hammani ayniqsa davlatni tanqid qilgandan ko‘ra men jamiyatga nima bilan o‘z hissamni qo‘shdim degan savolni hamma o‘ziga bersa yaxshi bo‘lar edi. Avvalgi komentda yozgan fikrimda aytdim kimga qanaqayu menga ‘‘sovg‘a‘‘ ekanini. Besh qo‘l barobar emas. Shunday ekan fikr erkinligi o‘zimizniki.
      Mayli siz uchun maddohlik bo‘lsin, men uchun esa ‘‘sovg‘a‘‘ Omadingizni bersin.

  6. Tushun endi ey maddox! Xalkim seni suymaydi. Chukurga tushib ketsang raxbarlaring kuymaydi. Tavba kilib xalkingga fido kilgin joningni. Millat iftixorini raxbarlar tanlamaydi.

  7. Yana usha balandparvoz gaplar aslida:» men vatanga nima berdim» degan gaplar edi endi jamiyatga aylanibdi. Biz jamiyatga nima berdik uylab yuraylik sizlar yana nima berar ekan deb uylanib yuringlar.

  8. Shahsan men shu «Sovg'a» ortidan Prezidentimizning obro'si shuhba ostiga tushib qolishidan havotirdaman.Maddohlik ortidan Farg'ona viloyati (adashmasam Marg'ilon sh.)da aholiga «sovg'a» qilingan uylar aslida sovg'a emasligi, ijaraga berilganligi idoa qilinishi ortidan bir ayolni joniga qast qilishi, Yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lgan o'zbekistonlik futbolchi va murabbiylardan prezident sovg'a qilgan har bir “Malibu” avtomobili uchun 10 ming dollardan to'lash talab qilinligi va Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidan 5 nafar mehnatga layoqati cheklangan, uy-joyga muhtoj fuqarolarimizga qog'ozda uy va sovg'alar berilganu, amalda esa manzara sahnalashtirilgan bo'lib chiqishi ortidan odamlarni norozi bo'lishi — Prezidentga ishonchini yo'qotishi mumkin. Bir narsa tushinarsiz bo'lib qolmoqda, agar «Prezident sovg'asi» bo'lsa, shu sovg'alarni harid qilish uchun mablag'lar ma'nbasi qaerda? Menimcha Prezident sovg'alar uchun mahsus fond tashkil etilib, mablag'lar shu fondga jolanishi va shu Fond orqali sarflansa maqsadga muofiq bo'ladi.

  9. Barakalla! Hayot hayot ekan, karvonlar o'taveradi. Qanday karvon qaergacha borishini unutmasangiz bo'ldi. Molingiz halol bo'lsin karvoningiz eson omon manziliga etsin, aziz yoshlarga tilagimiz shu. To'g'ri ishlang, jonni fido qiling, imkoniyat bu majburiyatligini unutmasangiz «yaxshisini oshirib, yomonini yashirish»ga ehtiyoj sezmaysiz. Ammo kuni kechagina uchoqlarning bellarini qayishtirgan karvonlarning egalari, chorak asr davomida minbarlardan tushmaganlar, madhiyalar qanotida uchib yurganlar hozir qaerdaligini unutmasangiz kifoya… Muhtaram Prezidentimizning xatolar ustidan to'g'ri qarorlarini sovg'a deb emas, xalqi, saylovchilari oldidagi majburiyatini bajarish, ishonchni oqlash deb tushunsangiz va tushunsak adashmaymiz, vassalom! Abdul Malik Fozil ukamiz va qator do'stlarning fikrlari shunchaki gaplar emas, ma'no-mohiyatdan chekinishga zarurat yo'q… Omon bo'laylik…

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *