OVIR borida pul ishlab olish kerak!

Davlatimiz hokimiyatidagi yagona demokratik islohotchi – prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan, 2018 yil oxirida bekor qilinishi belgilangan  chiqish vizasi (OVIR)ni olish uchun Samarqand viloyati Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limiga murojaat etdik.

Misol tariqasida: Toshkent shahrining har bir tumanidagi Migratsiya bo'limida OVIR rasmiylashtirish imkoni bor. Ammo Toshkentdan 300km uzoqlikda joylashgan Samarqand viloyatida holat qanday?

Samarqand viloyatida doimiy ro'yxatda bo'lgan 2,5 mlndan ortiq aholiga faqat bitta manzilda OVIR rasmiylashtirish mumkin, xujjatlar esa haftasiga faqat uch kun, u ham bo'lsa kuniga to'rt soatdan qabul qilinishi belgilangan. Buning natijasida qabul kunlari Migratsiya bo'limida juda uzun navbatlar vujudga kelmoqda. Navbat va sarsongarchiliklar bor joyda albatta tanish bilishchilik va mansab suistemoli bo'ladi.

Samarqandda «oddiy» odamlarga OVIR necha kunda berilayotganligini bilasizmi?

El qatori navbatda turib hujjatlarimizni Migratsiya bo'limiga topshirdik va 15 kundan so'ng natijasi bo'yicha murojaat etganimizda: «OVIRingiz tayer emas, bir oy o'tsa keling» — deb javob berildi. Holat yuzasidan o'zini Jasur deb tanishtirgan mas'ul xodimning aytishicha OVIR 15 kunda berilishi qonun bilan belgilangan bo'lsada, ko'p hollarda «qo'shimcha tekshiruv» talab qilinar va hozirda bir oyda «Toshkentdan javob» kelayotganini iddao qildi. Bir oy o'tib OVIR uchun topshirilgan pasportni qaytarib olganimizda firibgarliklar ochildi: Qo'limizga bir oydan so'ng topshirilgan pasportdagi OVIR 15 kun oldin berilgan ekan.

Boshka fuqarolarning OVIR stikerini tekshirganimizda xuddi shunday holat — OVIR 15 kun ichida berilgan, lekin Migratsiya bo'limi xodimlari faqat bir oydan so'ng pasportlarni egalariga tarqatgan.

Kog'ozda 15 kundayu, xayotda bir oyda!

Mana sizga uyushtirilgan navbat va sarsongarchiliklar! Holat yuzasidan Migratsiya bo'limi rahbariyati bilan uchrashishning ham iloji bo'lmadi. Sababi, Samarqand viloyati Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashshtirish bo'limida rahbariyat qabuli haftasiga atigi ikki kun ekan xolos. Bu holat mansabdor shaxslarning o'z moddiy manfaatini ko'zlab uyushtirayotgan sarsongarchilikdan boshqa narsa emas. Xorijiy davlatlarda, qiyinchiliklarga chidab, iqtisodiyotimiz uchun milliardlab AQSh dollar miqdorida foyda keltirayotgan odamlarni axmoq qilish adolatdan emas. Samarqand viloyati Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limidagi «oddiy» odamlarning sarsongarchiliklarnini quyidagi videoda ham ko'rishingiz mumkin.

Har zamonga — bir zamon!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev sharofatlari bilan bu sarsongarchiliklar ham tarixga aylanib qolmoqda. Ungacha, OVIR borida pul ishlab olish kerak!

Mirzo Subxanov

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *