Qonun mazmunini tushuntirgan bilan emas, qonunning o'zi bilan shug'ullanishimiz lozim!

Mahalliy OAVlarda o'qib qoldim:

Din ishlari bo'yicha qo'mita xodimi: «Voyaga etmaganlarning masjidga kirishi taqiqlanadi». Shu o'rinda boshlovchi savolga qo'shimcha qilib, otasi bilan borsa-chi, deb so'radi.
Muhammadbobur Yo'ldoshev «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunning 3-moddasida aytib o'tilgan, ya'ni, voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish ota-ona yoki uning o'rnini bosuvchi shaxs ixtiyoriga ko'ra bo'lishi mumkinligiga zid tarzda «otasi bilan bo'lsa ham mumkin emas» deb aytdi.

Tasavvur qiling, men ishxonada matbuot kotibiman, men ishlaydigan korxonada 100 kishi ishlaydi, muhim masala yuzasidan jamoa qarori qabul qilinyapti. Men va men kabi 3 kishi qarshi bo'ldik, qolgan 96 kishi rozilik bildirib qaror qabul qilindi. Endi meni vazifam shu qaror mazmunini ommaga etkazish, men ishxonadagi funktsional kasbiy vazifam darajasidan kelib chiqib, qaror mazmunini ommaga aytib berishim kerakmi yoki shaxsiy qarshiligim uchun, kerakmas, men etkazmayman, deyishim kerakmi?

Din ishlari qumitasidagi (Muhammadbobur Yo'ldoshev ismli) odamni umuman tanimayman, meni bu erda aytmoqchi bo'lgan gapim shuki, u kishi rasmiy xodim sifatida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonun bandini bayon qildi. Aksar muhokamalarda esa urg'uni shu kishi aytgan gapiga qaratilib, shu odam tanqid ostiga olinyapti.

Aslida, shaxsiy fikrimcha, e'tiborni “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonun bandlarini muhokamasiga qaratish kerak. Mazkur Qonunni moddalarida bir-biriga zid keluvchi holatlar etarli.

Shuningdek, biz talab qilayotgan hatti-harakatlar ayni kunda amalda bo'lib turgan qonunga zid, demakki, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonun, mamlakatimizdagi demokratik tamoyillar asosida, dinimiz, millatimiz, urf-odatlarimiz, tarbiyamiz, umuman, barcha omillari hisobga olinib qayta yozilib, xalq muhokamasiga qo'yilib, o'rganilishi, kamchiliklarini to'ldirilishi va qayta qabul qilinishi kerak.

Shu qonunda (7-moddasida, kim yozgan bilmayman) diniy va dunyoviy fanlar degan terminga ko'zim tushdi. Ilm, diniy yoki dunyoviy bo'lmaydi, barchasi ilm, barchasi fan. U hoh diniy, hoh dunyoviy deb atalgan bo'lsa ham. Biz rivojlanish yo'lini tanlamoqichimizmi, bolalarga hamma tomonlama ilm berishimiz kerak. Xususan, maktablarda matematika, fizika, adabiyot kabi, “Boshlang'ich Islom”, “Islom dini tarixi”, “Islom dini asoslari”, “Dinlar tarixi” va hokazo kabi fanlar o'tilishi, boshqa fanlar kabi imtihon olinishi va bundan hamma xabardor bo'lishi lozim.

Yosh bola maktabdan bo'sh vaqtini kompyuter o'ynashga sarflagani yaxshimi yoki uyda bet-qo'lini chayqab, tahorat qilib, ustozi bergan vazifani tayyorlab, o'tgan avlod-ajdodlar haqqiga duo qilib, ota-onasiga yordamchi bo'lgani yaxshimi?

Qaysi yo'lni tanlashni bolaning o'ziga qo'yib beraylik.

Oqiljon Najmiddinov

Birinchi izoh

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *