Onamni sog'indim bolam

Kecha Toshkent shahriga bir ish bilan boraman deb taksilar to'xtash maydonchasiga bordim. Taksistlar biri qo'yib biri manzilingizga olib borib qo'yaman yuring deb yopishardi. Bir epchilgina shafyorni orqasidan ergashib borib , mashinaning orqa o'rindig'iga o'tirdim. Ko'p o'tmay haligi shafyor yana bir passajirni etaklab keldi. Onaxon o'tiring mana qizingiz bilan suhbatlashiiibb ketayverasiz deb 80 yoshlarni qoralab qo'ygan onahonni etaklab keldi. Onaxonni tugunini yonida 12-13 yoshlar chamasi bir bola ko'tarib keldi. Onaxonni men hassasini oldim haligi bola va shafyor yordamida onaxon inqillab , sinqillab mashinaga o'tirib oldi va haligi ergashib kelgan bolaga javob bermoqchi edi,  men aralashdim bolam onaxon kaerga boradilar. Qo'lida qo'l telefoniyam yo'qqa o'xshaydiku, yoki kutib oladiganlar bormi dedim. Haligi bola,  ha tog'am yo'lga chiqib kutib oladilar dedi. Har ehtimolga qarshi tog'asini nomerini olib qoldim. Onaxon juda siniqib qolgan oppok qo'llari terisiga qoramtir dog'lar bosgan, hassani ushlayman desa hayajondanmi yoki qarilikmi qo'llari o'ziga bo'ysunmaydigan darajada qaltirar edi. Biroz vaqt o'tib onaxonni gapga tutdim. Qaerga , nima sababdan yolg'iz yo'lga chiqdingiz ona dedim. Salom alikdan so'ng. Onaxonni ko'zlari mo'ltillab xuddi ota onasi urushib qo'ygan boladek yoshlari dumalab ketdi. Onaxon tinchlikmi biron kishi xafa qildimi , sizga nima bo'ldi deb onaxon tomon burilib qaltirab turgan qo'llarini kaftimga oldim. Xuddi bolalardek piq- piq yig'lardi. Va nihoyat, «Qizim, onamni sog'indim, onamni ko'rishga borayapman» dedi. Qandaydir hayajon ichimga o'rmaladi. Qaltiroq ovozda «voy,  onajonimey! ilohim umrlari uzoq bo'lsin,  Onangiz hayotmilar?»  dedim. «Haa qizim onam hayot hozir 100 yoshlarga borib qo'yganlar. Faqat og'ir betob men oilada katta qizman. Mendan keyingi 2 ta ukam hudo rahmatli bo'lishgan. Singlim bor Jizzahda yashaydi. Uniyam ko'rmaganimga ancha bo'lib ketdi» deb yana ajinlar orasida kirtayib qorachiqlariyam xiralashib qolgan ko'zidan yosh dumaladi. Shu turishi xuddi yosh bolaga dakki bersang ko'zingga qarab yig'lavoradigandagi  manzarani eslatardi. «Yig'lamang onajon bugun onangizni oldiga borsangiz singlingizni ham chaqirtirasiz ko'rishasizlar , maza qilib suhbatlashasizlar» deb tasalli bergan bo'ldim. Lekin kallamda bir xayol bu ayolni bolalari yo'qmikan nimaga shu yoshda bukchayib qolgan ayol yolg'iz yo'lga chiqdiykana . Oxiri tinch o'tirolmadim . «Onaxon bolalardan nechta? 5 ta bolam bor edi. 2 ta bolam kasal bo'lib olamdan o'tgan kichkinaligida.  2 ta qizim turmush qurib ketgan bola chaqali o'zlari bilan tinchigan.  Bolalarimni kichigi o'g'il.  Hozir o'g'lim bilan yashayman. Ho'jayinim rahmatli 7 yil oldin qazo qildilar. O'g'lim katta ishda ishlaydi ishi juda ko'p , uni otasi rahmatli ikkalamiz kaatta o'qishlarda o'qitganmiz»  «Mashinasi bormi?» deb so'radim men. «Haa,  kaatta qora mashinasi bor. Hozir ishda.Shu desang bolam tushmagur uch oydan beri oboraman deb hech qo'li tegmaydi, kelinim ham ishlaydi bo'g'altir bo'lib. Men navaralar bilan uyda o'tiraman. Kecha kechasi yomon tush ko'rdim onamni ko'ribman shu mazasi yo'q edi biron narsa bo'ldimikin deb o'tirolmadim bolam oxiri o'zim yo'lga chiqdim. Ukamni o'g'liga navaram tel qilib berdi u meni kutib oladi» dedi. Nimagadir yuragim to'lib yig'lagim kelib ketdi. Ichimdan issiq harorat chiqib ketdi. Ehh farzandlara, sizni 9 oy qornida ko'tarib., dunyoga keltirib o'zi emay egizib ichkizib , kiyintirib, kaattta o'qishlarga qo'yib,  odam qilgan insonni , onangizni 2 soat vaqt ajratib aytgan joyiga oborolmasangiz. Bu onaxonni qaltirab urayotgan yuragidan nelar o'tayapdiykana. Beixtiyor ko'zimdan yosh dumalardi. Yuragimda o't yonayotgandek tanam qizib ketdi.

Shafyorimiz yana 2 ta odam olib kelguncha ancha suhbatlashdik. «Onajon o'g'lingizni urushmadingizmi sizni onangizni oldiga olib bormagani uchun?»  deb so'radim. » «Yo'q bolam,  nimaga urushaman o'zi boyaqish rosa charchab toliqib ishdan keladi. Ishi ko'p bolamga ichim achiydi o'zi charchagan yana men ham olib bor demayin deymanda»  dedi. Ehh onalara bolalar uchun joningizni berasiz. Lekin hech bo'lmasa dam olish kunlarida ona uchun 2 soat vaqtini ajratolmagan bolani nima deb oqlash mumkin. Toshkentga yaqinlashganda haligi nomerga telefon qildim. Telefonni bir yigit ko'tardi. Onaxon yaqinlashib qolganini aytdim.
haligi yigitni ovozi sal boshqacha ya'ni xafadek tuyuldi menga. Ukajon onaxonni onalari yaxshimi?  Onaxon kasal degandilar deya beixtiyor savol berib yubordim. U yigit esa sal sukut saqlab, bir soatlar oldin buvijonimni joni uzildilar,  endi hamma qarindoshlarga habar qilayapmiz dedi. Ustimdan qaynoq suv quyilgandek bo'ldi. Yonimdagi ayolga qarab nima deyishni bilmasdim. Onaxon esa,  ha deb qizim , yaqinlashib qoldikmi ? nimagadir yuragim bejoda deb qo'yardi. Taksist manzilga etkazdi. Onaxonni bir yosh yigit kutib oldi. Ular men bilan xayrlashib, mashinaga o'tirib ketishdi. Lekin men o'shandan beri bu voqeani unutolmay qiynalayapman.

KOMILA HILOL.

Birinchi izoh

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *