Oliygoh va kollejlardan jismoniy tarbiya darslarini olib tashlash vaqti kelmadimikin?

Tahlil qilib ko'raylik:

Masalan, biz universitetda o'qigan paytlarimizda chorshanba kuni 2-para jismoniy tarbiya darsi bo'lar edi, o'sha kuni forma bilan maydonchaga borish kerak va 3-para darsga qaytib kelish kerak edi. 1 haftada bir marta jismoniy tarbiya darsi fan sifatida o'tilishi jismoniy madaniyatni shakllantirib qo'ymaydi. Ovoragarchilikdan boshqa narsa emas.

Oliygohlarda juda ko'pchilik uchun bu fan semestrni 20-30 ming so'm bilan yopishdan boshqa narsa emas (o'z kuchi bilan yugurib oladiganlar ham bor, mayli, bu muxim emas).

Ta'lim tizimida shu fan uchun ajratiladigan qancha resurs (fan dasturi, o'qituvchilar, kabinetlar va hokozo) isrof.

Sport kerak emas degan fikrdan yiroqman. Jismoniy madaniyatni boshqa shaklda tashkillashtirish variantlarini o'ylab ko'rish kerak. Haftada 3 kun suzish, boks, kurash, yugurish, gimnastika kabi to'garaklarga borish ko'nikmasini bolalarda yoshlikdan shakllantirish kerak. Sport bilan shug'ullanuvchilar biladi, agar kishi bir izga tushib olsa, keyin u bahona qidirmay sportni yashash tarzining bir qismiga aylantirib oladi.

Sport yaxshi narsa, lekin ta'lim tizimimizda aniq, tabiiy, ijtimoiy fanlarga maksimal urg'u berish uchun uni o'quv dasturlaridan ajratib olib rivojlantirish ma'qul deb o'ylayman.

Firklaringiz men uchun qiziq.

Ibrohim Qodirov

6 kommentariev

  1. Juda to’g’ri taklif. Umuman keragi yo’q fan.Mantiqiy o’ylab ko’rilsa universitet yoshida ko’p qizlar oilali bo’ladi. Ular uchun o’g’il bolalar bilan bitta zalda egilib bukilib mashq bajarish yoki yugurish noqulay. O’z o’zidan domlani rozi qilish kerak. Faqat bir narsada adashibsiz. Hozirda nafsi hakalak otgan domlalar kamida 150mingga qanoat qilishadi.
    Ammo nazariy valeologiya fani ko’proq semester o’tilishi tarfdoriman. Judayam qiziq va kerakli narsalar o’rgatiladi.

  2. Meditsina va pedagogikadan boshka barcha oliy ta'lim tizimini sirtki bo'lim kilib islox kilish kerak. Studentlar xam nazariy xam amaliy tajribaga ega etuk mutaxassis bo'lib juda tezda shakllanadilar. Shuningdek ish joylari xam tayin bo'ladi. Sirtki studentlarni ishga kabul kilgan xo'jalik yurituvchi sub'ektga mulk va er soligidan imtiyoz berish kerak. Buning natijasida ko'plab binolar va byudjet mablaglari ozod bo'ladi. Shuningdek studentlar xam o'kish yakunigacha ancha-muncha mablagli bo'lib tiklanib olishadi.

  3. Jismoniy tarbiya vaqt o'tkazish uchun emas, jismoniy madaniyatdan tizimli bilim va ko'nikmalar beradi. Hamma sohada jismoniy madaniyat kerak. Aqliy, jismoniy, ruhiy to'kis bo'lish uchun.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *