NUQTASI QANI? Hajviya

(80 yil vokealari asosida)
Biron bir idorning qorni katta yoshullisiga ishingiz tushib qolsa ishingizni bitirmay bor otanga, bor onanga qiladi.Yoki bo'lmasam senga yaxshi ko'rinib qo'l ostidagi mulozimlarini seni oldingda koyib, ularni aybdor qiladi.Keyin seni qulog'ingga lag'mon osib egnindan bir ikkita qoqib, qo'yingni puch yongoqqa to'ldirib jo'natvoradi.Ammo bu degani sening ishing bitdi degani emas.Yoshulli va uning mulozimlari yoniga qatnayverasan, qatnayverasan Axiri oyog'ingda to'zib “Xayf senga deb qo'yaqolasan.”
Ha, shunaqa hozirgi yoshullilar ko'zingga qarab yolg'on to'qib qo'yadiki,ishonishingni ham ishonmasliginigi ham bilmaysan…
O'zim guvox bo'lgan 1980 yillardagi bir voqeani sizlarga hikoya qilib bermoqchiman.
1980 yillarda Amad Samad (Ahmad Samadov)degan bir xo'jalikning raisi bo'lardi.Endi rais bo'lganidan keyin uning yoniga qatnovchi, o'z arz-dodini aytguvchi odam ko'p edi.Qachon qaramang uning eshigini oldida tumonat odam navbat kutib turgan,gohida navbatda turganlar o'rtasida picha janjal bo'lib turishi ham bor gap. Amad Samad rais ham xo'shro'ygina kotibasi damlagan achchiqgina choydan chinni piyolaga oz-ozdan quyib, choynakni ustini maxsus chiroyli qilib tikilgan qalpoq bilan bostirib,choydan sekin xo'plab xalqini arz-dodini tinglar edi.Uning yoniga kimdir ish so'rab, kimdir joy o'rni so'rab, yana kimdir yordam so'rab kirardi.Ammo rais buva hech kimning ham aytgan arzini bee'tibor qoldirmas:”Xo'p bo'ladi”ni kanda qilmas yoki “bajarmiz, falonchiga aytaman “deb uning qo'liga mushukning qulog'idek keladigan xatni yozib berardi.Darhol “mana shu xatni falonchiga bering meni aytdi deng ishingiz bitadi”derdi.Bechora arz qilgan odam chunonam hursand bo'lib qo'liga xatni qisganicha falonchini axtarib ketardi.Falonchi ham guyo undan qochib yurganday uni na erning ustidan na osmoning ostidan topib bo'lardi. Xo'jalikni bir aylanib kerakli odamni zo'rg'a topib uning qo'liga rais bergan xatni tutqazardi.Uyam xatni sinchiklab o'qib bo'lgach, qog'ozni o'ngi chapini aylantirib ko'rib”bo'pdi ertaga keling ko'ramiz”deb jo'nativorardi.
Hasan Durdining raisga buvaga ishi tushdi.Peshonasiga bitgan yakkayu yagona o'g'li o'qishni tomomlab keldi.Rais buvadan o'g'liga mos ish so'rab murojaat qildi.Rais ham uning gapini obdon tinglab, ko'z oynagi tagidan Hasan Durdiga diqqat bilan razm soldi.Undan aytarlik jo'yaliroq gap chiqmagach,qo'liga xat yozib tutqazdi.
-Mana shuni falonchiga bersang ishing bitadi inim boraqol, omadingni bersin deb elkasiga ikki qoqib Xasan Durdini chiqarivoribdi.Xasan Durdi kerakli odamni topib uning qo'liga raisning xatini tutqazdi.Go'yo u odam raisning xatini olgach “Mana sizga ish deb tayyor ishni qo'sh qo'llab topshiradiganday tuyulibdi unga.
Mulozim ham xatni o'qib ko'rib “ertaga keling” dedi.Ertaga borsa, indin keling indin borsa.”ie hadeb kelaverasizmi haftadan keyin keling,hozir bo'sh o'rin yo'q deb unga kuruq va'dalar berib iziga qaytarardi.
Bechora Xasan Durdi yana ming azoblar bilan raisning qabuliga kirishga botinaolmas.Raisning sovuq vajohatidan cho'chirdi.
Bir kuni u butun hasratini qo'shnisi shu xo'jalikda kichik bir hisobchi bo'lib ishlayotgan Jumaboyga yorildi.
-Mana bir oydirki falonchi ishimini bitkazmayapdi.Xatto rais buvaning bergan xatini ham pisanda qilmaydi,-deb qoldi.
Jumaboy uning gaplarini obdon eshitgach mig'iyda kulib qo'ydi va unga:
-Raisning bergan xatining oxirida nuqtasi bormi edi?
-E'tibor qilmapman,aka
-Xm, hamma gap ana shu nuqtada aka bilsangiz Rais zudlik bilan bajariladigan ishlarning oxiriga boplab nuqta qo'yadi.Mulozimlar bilan kelishib qo'ygan.Nuqta bo'lsa ishing bitadi, bo'lmasa yo'q.
Xasan Durdi shu kuni oyog'ini qo'lga olib yana raisning qabuliga qarab ketdi.Ming bir azoblar bilan raisning xuzuriga kirdi.Raisga shunday shunday “sizning bergan xatingizni falonchi pisand ham qilmadi mana bir oydiki ovarai sarsonman”,- dedi.Rais Amad Samad ko'z oynagini tagidan unga eb qo'ygudek qilib yov qarash qildi.Va yana qog'oz olib yoza boshladi.Yozib bo'lib xatni Xasan Durdini qo'liga tutqazdi.Xasan Durdi xatni olib darhol pastiga qaradi.Xatning pastida nuqta ko'rinmasdi.Shunda Hasan Durdi rais buvaga qarab:
-Rais buva xatingizni oxiriga nuqta qo'yishni unutibsiz,-dedi.
Raisning miyasiga xuddi tok urganday bo'lib ketdi va yalt etib Xasan Durdiga qaradi. Va uning qo'lidagi xatni olib oxiriga jimjimador qilib nuqta qo'ydi.Hasan Durdi raisning huzuridan engil bo'lib tashqariga chiqdi.
Boltaboy Muhammad Qurbon

Birinchi izoh

  1. Oddiy xalk quda bo'lsa elga rivoj tilarkan. Raxbarlar quda bo'lsa talon-taroj qilarkan. Oddiy xalq quda bo'lsa yurtni obod qilarkan. Raxbarlar quda bo'lsa yurtni barbod qilarkan. (mustakillik makoli)

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *