NARXOZNING SIRLARI OChILMOQDA

792 views

Bir muddat oldin Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi “Korporativ boshqaruv” yo'nalishidagi “tasodif” haqida yozgandim. Shundan keyin menga Narxozning boshqa yo'nalishlarida ham ana shunday “tasodif”lar ko'p bo'lgani va unga misollarni yuborishdi.

Xususan, Menejment yo'nalishining rus guruhlariga jami 15 kishi (1 ta grant, 14 ta kontrakt) olishgan va unga 48 kishi hujjat topshirgan. Shunda kontraktning eng oxirgi balli 175,6 ball bo'lgan, ammo chiziqdan pastdagi 1-abiturientning balli 72,5 ball! Tasavvur qilyapsanmi, Karl, 103 ballik farq bor!

Yoki Statistika yo'nalishini olaylik. Unga 60 kishi qabul qilingan (5 ta grant, 55 ta kontrakt) va 200 kishi hujjat topshirgan. Kontraktga kirish balli 177,7 ball bo'lgan. Kirolmaganlarning 1-o'rinidi turgan abiturient esa atigi 87,1 ball to'plabdi. Oradagi farq 90 ball!!!

Demak, joriy yili Narxozda imtihon emas, balki geniylar va bilimsizlarning ijodiy uchrashuvi o'tkazilibdi-da?! Universitet ma'muriyati, Sizlarga katta rahmat. Mana shunday ajoyib uchrashuv tashkil etganingiz, bilimsiz yoshlarimizni o'ta aqlli daholar bilan yuzma-yuz uchrashtirganingiz uchun rahmat! Bu loyihani yaxshi o'ylabsiz, aqllilarni ko'rib, bilimi pastlar yanada olg'a intiladi, ishtiyoqi ortadi. Qoyil, qoyil Sizlarga! Bunday loyihangiz uchun medal berish kerak har biringizga!
Menejment yo'nalishga kirgan abiturientlarning javoblar varaqasi kodiga e'tibor qiling.
7677476, 7677477, 7677478, …79, …80, …81, …82, …83, …84, …85, …86, …87, …88, …89, …90.
Bu nima degani, bilasizmi? Bu o'qishga kirgan “geniylar”ning hammasi bitta auditoriyada test topshirgan degani. Voh, qanchalik omadli xona ekan-a, unga kirgan hamma talaba bo'lib ketibdi. Masjidni ichida topshirishdimikin, nima balo, bunchalar omadi kelmasa ularning?
P/S: Hayratdaman! Shokdaman! Bunga qanday jim qarab turish mumkin. Bu bo'yicha albatta tegishli tashkilotlar tekshirish o'tkazishi shart! Buni ko'tarib chiqishimiz, bong urishimiz kerak. Bugun jimgina tomoshabin bo'lib tursak, ertaga bunday o'yinlarni qilgan noinsoflar butun millatni sotib yuborishi ham hech gap emas. Tez orada barcha holatlarni birlashtirib, saytimda bitta maqola chiqaraman va barcha elektron OAVlarga yuboraman. Siz ham buni ulashing, boshqa shunday holatlar haqida bilsangiz, unda biz bilan o'rtoqlashing. Hukumatga adolatni ta'minlash uchun jamoatchilik nazorati sifatida yordam berishimiz kerak.

Xushnudbek Xudoyberdiev 

4 kommentariya

  1. Ming afsus men ukuvchilarimga bu yil xich kanday rektor guruxlari bulmaydi kurkmang deb ruxlantirgan edim. Ukuvchilarimdan uyalyapman. Men tegishli tashkilotlarga ishongim kelgandi. Lekin shundog xam ukuvchilarim oliy ukuv yurtlariga kirdi. Demak kasidir ablaxlar ishini davom ettiryapti. Xushnidbek sizga raxmat boringizka shukur. Bu anakondalarni kurish uchun uzi xam kuzi xam oddiygina Xushnidbek bulish kk ekan.

  2. Raxmat sizga kup narsalarga oydinlik kiritganiz uchun Xushnidbek. Lekin bu yozganlaringiz shu ishni kilganlarning xam kuziga kurinishiga shubxam yuk. Birok nima uchun jinoiy ishlarni bir pasda ochib yuboradigan mutassaddi tashkilotlar mana shunday YIRIK VA ANIK jinoyatni ocha olmaydilar. Bu xolatni televideniyada yoritish mumkinmikin yoki talaba bulganlarning ota onalaridan kurkisharmikin. Bu kanday noxoklik va kur kurona adolatsizlikka karab turish.

    Men fakat REKTORGA PUL BEROLMAGAN UShA BILIMLI ,UKIShGA KIROLMAGAN TALABALARGA AChINAMAN.

  3. Pulxozda…eeee, uzr NarXozda sõngi 5-6 yilni kõtarsangiz analogik «ğayri oddiy tasodif»lar kõplab sodir bõlganligini kuzatishingiz mumkin! Omad!!!

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.