Muazzam Ibrohimova: Iqror

Bozorligimni qilib bo'lgachgina qatiq olmaganim yodimga tushib, sut maxsulotlari rastasi tomon shoshdim.
Har doimgidek bitta ayoldan olaman, ishonchli. Bolalarimga ham yoqadi. Shakar yoki murabbo qo'shib, zamonaviy tilda aytganda « yogurt » tayyorlab, bir pasda idishini bo'shatib qo'yishadi.
Og'irgina bozorxaltamni erga qo'yib, tanish sotuvchiga pul uzatdim. U qo'shnisi bilan gaplashib turgan ekan, aniqrog'i qoramag'izgina, to'laroq sherigi uni ovutardi:
— Siz xafa bo'lmang o'rgilay, bunaqa satang oyimchalar sutning ta'mini bilisharmidi? Suvmish-a? E, ordona qolsin, yaxshilikni bilmagan.
Tanish sotuvchim, bir narsadan qattiq asabiylashgan ko'rinadi. Tugilgan mushtlari titrab ketdi:
—Eyman—ichaman deb turgan bola—chaqa hammada bor. Ro'zg'orning kami bitarmidi? Erim bir joyda yotsa, oladigan pensiyasi ham hech narsa bo'lmaydi. Ammo men musulmonman! Oq, ko'kning farqiga boraman. Suv qo'shib sotarkanman? Guldek bolalarimga birovning xaqqi kerak emas. Avval isbotlab., keyin to'polon qilsin…

Ularning gaplariga e'tibor bermay, salomlashgan bo'ldim. Qatiqlari juda mazali. Xar kuni emasu, shu tomonga yo'lim tushsa albatta sotvolardim. Doyim 10-11 yoshdagi ozg'ingina o'g'ilchasi bilan birga ko'raman. Xozir ham yovvoyi quyonchaday xurkib turgan bolaga qarab jilmayib, onasini yupatmoqchi bo'ldim:
—Qo'ying singlim, kuyinmang. Har xil odam keladi bozorga. Men ham qatiq olib turamanku, xali yomon chiqqanini eslay olmayman.
Juvon ko'zida yaltiragan bir tomchi yoshni sidirar ekan, pulimni olib qatiq uzatdi.
—E opa, bittasi bir soat avval kayfiyatimni buzib ketdi. Bolasini ko'krakdan ertaroq chiqargandi. Kasha-pashaga puli yo'q bir bechora. O'zimdan anchadan beri sut olib turadi. Ba'zan qarzga ham bervorardim. Bugun kelib, xe yo'q, be yo'q «siz sotgan sutni deb bolam ikki xafta kasalxonada yotib chiqdi. Suv qo'shar ekansiz» deb hammaning oldida izza qilsa bo'ladimi?O'lay agar, bir gramm qo'shgan bo'lsam…
Yo'q , qarshimdagi ayol bunday qilmaydi. Qo'limdan kelganicha shirin so'zimni ayamadim.
—Bu er bozor, har xil odam bor. Xafa bo'lishga xam arzimaydi. Bolalaringizni o'ylang.
Shu payt qaerdandir etti-sakkiz oylik go'dagini bag'riga bosgancha , ancha odmi kiyingan bir juvon paydo bo'lib, sut-qatiq sotuvchining qo'liga muhr bosilgan qog'ozni uzatdi.
—Mana opa, sizga isbot kerakmidi?! Sutingizning o'ttiz foizi suv ekanligi xaqidagi xujjat. Oling ko'ring!
Isbot talab qilgan edingiz. Yana, birovning xaqqi kerak emas deysiz-a? Bolam o'lib qolay dediku, uyalmaysizmi? Xudodan qo'rqmaysizmi?
—Tuxmat!
Vajoxat bilan xezlandi ayol, —Hammasi tuxmat. Qani men bilan yuring, mana hamma narsamni ovolaman. Shuni tekshirtirgan joyingizda hammasini ekspertizadan o'tkazasiz. Murodjon yur bolam!
U erdagi idishlarini yig'ishtirib, xaltasiga joylab ko'tardi. Jovdirab turgan bolasiga qarab yig'lagancha buyruq berdi:
—Yur, dedim. Nega qaqqayib turibsan!
Bola joyidan jilmadi.Atrofda yig'ilib qolgan tomoshatalablarga bir qur javdirab qarab chiqqach, onasining etagiga yopishdi.
—Oyi, bormang!
—Nega bormayman bolam, meni qo'rqadigan joyim yo'q! Hammasini tekshirishsin! Yarim gramm suv topishsa, buyurmasin iloxim!
Onasining vajoxatidan qo'rqib ketgan yigitcha uning etagini bo'shatib, xo'ngrab yig'lab yubordi.
—Oyi, bormang….Narsalarimizni olib bozordan ketaylik.
—Nega?
—Sutga suvni men qo'shganman. Xammasida suvi bor.
Karaxt bo'lib qolgan ona shalvirab kursiga cho'kdi.
—Tushunmadim bolam?Nima deyapsan o'zi?
—Xa, suvni men qo'shaman. Qo'shnilar olib chiqqan sutda xam, sigirimizning sutida xam suv bor….
Ishonmadim. Nahot? Sutku olmaganman. Ammo qatiqlari mazaliku!
Onasi siltay boshlagan yigitchaga qarab, rahmim keldi
—Har doim dadamni pul topmaydi deb qarg'ayverasiz, —davom etdi u boshini egib,— Pensiyasi o'lgur etmaydi deysiz. Dadam rosa yig'laydi. «Dorilarimga ham ancha ketadida bolam. Undan ko'ra tezroq o'la qolsamku «deydi. Faqat o'zingizga indamaydi. Men hech bo'lmasa dori pullari chiqib turadiku deb, sutni ko'paytirayotgandim. Rangi o'zgarmaydi, odamlar bilmaydi, dadam xam uzoq yashaydilar deb o'ylagandim xolos…
Titrab gapirayotgan bolaning iqroridan ona mustar, odamlar lol, men esa o'ylanib qoldim.
Noshukurlik qilaverib, bolalarni qing'ir ishlarga o'zimiz o'rgatib qo'ymayapmizmi, siz nima deysiz oyijonlar?

Muazzam Ibrohimova

5 kommentariev

  1. Sutga suv qo'shsa,kasal qilmaydi.Uni bolasi ona sutidan ayrilgani uchun yangi mahsulotga ko'nikolmay oshqozoni buzilgan bo'lishi mumkin.Umuman olganda,sutga suv qo'shilgani yaxshi bo'lgan,kaloriyasi kamaygan ona sutidan ayrilayotgan bola uchun nisbatan xavfsizroq .
    Sutga suv qo'shib sotishni oqlayotganim yo'q,bolani kasal bo'lganini bulardan ko'rganiga qarshiman.Sut sotuvchi bola insofli ekanki,aybini tan olibdi

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *