«Lolaqizg'aldoq» epidemiyasi: xonandaning yangi klipida yashirin ramzlar bormidi?

13 845 views

Kecha qo'shiqchi Lolaning yangi klipi chiqdi. O'ylashimcha, klip yaxshi. Shaxsan mening klipda ko'rgan narsam — u faqatgina oddiy klip emas. Bu klipda, Ramshtaynning «Doychland» klipi kabi bir nechta ijtimoiy mavzular yoritilgan. Aslida, bu klipga, hozirgi bo'lib o'tgan va bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan o'ziga xos «buntarlik» deb qarash mumkin. Klipni boshidanoq mana bu sahnani ko'rishimiz mumkin:

Bu erda biz bosh qahramon niqob taqqan odam, soqolli yigit va epataj bilan kiyingan va sochlarini ko'k rangga bo'yagan «ne formal» qizni ko'rishimiz mumkin. Albatta, so'nggi paytlarda «ma'naviyatchilar» kurashayotgan toifalarni uchratishimiz mumkin bu erda. Mening e'tiborimni tortgan jihati shu «effektno» sloumoushn bilan kirib kelish joyi bo'ldi. Albatta, bu effekt yangilik emas va men uchun bu kadrni eng maromiga etkazib ishlangan kadr Kventin Tarantinoning «Billni o'ldirish» fil'midagi epizod.

Tarantino fil'midagi o'sha epizod.

Keyingi kadrda ko'rishimiz mumkinki, oldinda ketayotgan qiz sochlari bilan orqadagi soqolli yigitning aynan soqoliga zarba bermoqda. Bu kadrni so'nggi paytlarda soqolning taqiqlanishi va soqollilarga qarshi reydlar uyushtirilgani bo'yicha voqealarga qiyosladim.

Sovpadenie? Ne dumayu)

Klipdagi niqobli yigit. Menimcha, bu obrazda jamiyat va davlatning erkin fikr va so'z erkinligiga toqatsizligi aks etgan. Albatta, balki bu yigit shunchaki s'yomka kuni gripp bo'lib qolgandir, lekin men nimagadir shunday deb o'ylayapman. O'zgalar fikriga toqatsizlik, haqiqatni gapirmoqchi bo'lgan insonning og'zini yopish yoki odamlar nima deydi, deb indamay yurish kabi holatlarga qiyos qilish mumkin.

Mana bu kadrda esa, Lola bu videoni oddiy bir klip emasligini ko'z qisish orqali go'yoki bizga ishora qilmoqda.

Klipda ko'tarilgan yana bir ijtimoiy muammolardan biri — bizda patriarxal jamiyat tuzilgani, deb o'ylayman. Aslida, qonun bo'yicha biz absolyut gender tengligiga rioya qilsak-da, jamiyatimizda ko'p hollarda ayollar fikri bilan qiziqmaymiz. Xotin degani bizda xizmatkor, kelinlar esa qul. Ayollarga nisbatan jamiyatdagi diskriminatsiya mana shu kadrda aks etgan.

Bir tomonda Lola bilan faqat o'g'il bolalar va ikkinchi tomonda yakkalangan shu qizaloq.

Mana bu kadrdagi jizg'anak shashlik esa hech kimni eslatmayaptimi? (Tasavvurimni qara)

Bu erda yosh yigitlarning agressiv ravishda shashlikni tishlaganlarini jamiyatimizda so'nggi paytda urchigan janjallar, pichoqbozlik va qotillik holatlarning aksi, deb o'yladim. Yoki yaqinda bir amaldorning «Biz ko'p go'sht evoryapmiz» degan gaplariga ishora bo'lishi mumkin.

Va, albatta mana bu kadrda afsonaviy «Bitlz» guruhining mashhur rasmiga ishora qilinyapti.

Yana juda ko'p kadrlarda viloyatliklarga ishoralar qilingan va Lola ham propiska tizimiga qarshi.

Bu erda esa, so'nggi paytlarda kliplar va kinolarimizning ichida homiylarning maxsulotlarini syujetga qo'shib reklama qilishlar ko'payib ketgani trolling qilinmoqda.

Bu kadrda Lola ro'molli ayollarni quchoqlab turibdi va ularning ham oddiy o'zimizning odamlar ekanliklarini tushuntirgan holda ular bilan ham birga ekanligini ko'rsatmoqda.

 

Bularning barchasi, albatta, shaxsiy fikrlarim, balki Lola shunchaki «effektnыy» klip suratga olgandir va men o'zimcha bunda har xil ishoralar ko'rayotgandirman. Lekin o'ylab ko'rishga arziydi, menimcha, nima dedingiz?

Bu klipning to'liq varianti

Nurbek Alimov

7 kommentariev

  1. Bema'ni klipdan ma'no kidirishlik xam bu bema'nilikdir, klip bir tiyinga kimmat, suzlari sevdim-uldim, ma'nosi olamjaxon, olaaaaa!!!!

  2. Klip serma'no. Qaysi ma'noda qarasangiz shu ma'noga asos topasiz. Masalan, klip so'ngida Lola virtuallik shlemi bilan diskotekada, ammo ora-sorada eski devorlar oldida oddiy odamlar «baxtli» raqs tushmoqdalar.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.