«Lyubaya biznes xarasha»! «Akfa» kompaniyasi yanada kengaytirildi

702 views

Turli xil sohalarni o'z ichiga qamrab olgan, O'zbekistondagi eng mashhur kompaniyalardan hisoblangan AKFA Group BAAda joylashgan Majid Al Futtaim xolding kompaniyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqchi.

Majid Al Futtaim Osiyo va Afrika qit'alarida o'nlab savdo markazlarini boshqaradi. 1995 yilda Frantsiyaning transmilliy riteyleri hisoblanuvchi Carrefour bilan hamkorlik o'rnatgan. Hozirda kompaniyaning butun dunyoda turli nomlarda faoliyat ko'rsatuvchi 15 mingdan ziyod Carrefour do'konlari bor.

Ma'lum qilinishicha, Toshkentda Carrefour supermarketlarini ochish bo'yicha muzokaralar 2017 yilda boshlangan. Va ushbu muzokaralar natijasi o'laroq, O'zbekistonda Carrefour supermarketlari va gipermarketlarini ochiladigan bo'ldi. Bu haqda Majid Al Futtaim o'z rasmiy saytida ma'lum qildi.

Rejaga ko'ra, 2020 yilda uchta supermarket va bitta gipermarket, 2021 yilda ikkita supermarket va bitta gipermarket o'z faoliyatini boshlaydi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.