Kattaqo'rg'onlik Ayolning xo'rlanishiga kim aybdor?

Internet tarmoqlarini kattaqo'rg'onlik IIV zobiti tomonidan tahqirlanishi juda ko'p muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Har kim xar xil fikr bildirmoqda. Rasmiylar bu zobitlik unvonidagi ma'lunga (e'tibor bering faqat bittagina S. Umarovga nisbatan xalos) nisbatan jinoyat ishi ochilgani yuzasidan ma'lumot bermoqdalar. Biroq bu anyachli, sharmandali holatga bittagina odam aybdormikan, degan savol meni qiynaydi.
Menimcha ushbu ichki ishlar hodimi ruhiy jihatdan sog' odam emas, aks holda shu qadar qabihlikni qilayotib, o'zi videotasvirga olishini tasavvur etish mumkin emas, bu masalaning birinchi tomoni. Ikkinchi tomondan esa u kimsa bu qabihlikni kimsasiz joyda, emas davlat huquqni himoya qilishga ishonib topshirgan idora binosida ochiqdan ochiq amalga oshirayotgani bu tizimdagi, jumladan aynan Kattaqo'rg'on shahar ichki ishlar idorasi xizmat qiluvchi xodimlarning oddiy xalqqa, ularning huquqlariga bo'lgan haqiqiy munosabatini yaqqol ko'rsatdi. Bitta fuqaroning, aynan ayolning bu zaylda tahqirlanishiga, jimgina tamoshabin bo'lgan boshqa IIB xodimlaring ( bu jirkanch jinoyatni IIB idorasida hech kim ko'rmasligi aslo mumkin emas) haqiqiy basharasini ko'rsatdi. Ularning xizmat vazifasiga kay darajada loyiqligini, pirovardida esa oddiy erkak sifatida, o'g'il sifatida, ota sifatida kim ekanligini ochiqdan ochiq ko'rsatib berdi. Ichki ishlar tizimida ishlovchilar orasida imonli, vijdonli, o'z kasbining ustalari borligini inkor qilmagan holda ular safida shunday manqurtlar ishlayotganini o'ylasam titroq bosadi.
Atrofdagi boshqa xodimlar befarq va loqayd bo'lmaganida, bu kabi insonni tahqirlash, erga urish, uni odam o'rnida ko'rmaslik holatlari ayrim huquqni himoya qiluvchi organlarning ba'zi xodimlari uchun ( bundaylar faqat IIV tizimida emas, prokuratura, sud, DXX tizimida ham borligini inkor etmasa kerak hech kim) odatiy hol bo'lmaganida ichki ishlar vazirligi idorasida bu kabi holat umuman yuz bermas edi. Shuning uchun bittagina xodimning ishdan bo'shatilishi, jazolanishi ahvolni o'zgartirmasa kerak! Jamiyat o'zgarishi kerak, halq o'zgarishi kerak, o'z haq huquqini bilishi, qonun ustivorligini, qonun oldida hamma barobar ekanligini anglab etmas ekanmiz eski hammom eski tosligicha qolaveradi.
Bugungi kunda oddiygina xalq tili bilan aytganda DAN xodimilarining ayrimlari haydovchi to'xtatgan paytda o'zlarini falakdagi xudoday tutishiga ko'pchiligimiz guvoh bo'lganmiz. Bundaylar ochiqdan ochiq ta'ziq o'tkazib, sizni aybdor qilishga, aybingizni topib jarima yozishiga ko'nikib qolganmiz. Dardingizni hech kim tinglamaydi. Prezidentimizning tergov, surishtiruv xonalarini, DAN xodimlarini videokameralar bilan ta'minlash xususidagi so'zlari havoda muallaq qolib ketaveradi. Chunki u oddiy inson manfaatlarini himoya qilish uchun kerak. Insonni tahqirlashga odatlangan, ularni huquqlarini bir tiyinga olmaydigan ayrim kimsalarga kerak emas!
Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, kattaqo'rg'onlik bir mushtipar ayolning, garchi u jinoyat qilishda ayblanayotgan bo'lsa ham u darajada tahqirlanishi, millatning tahqirlashi demakdir! Bunga esa bitta kapitan San'at Umarov emas, atrofdagilarning, hammamizning loqaydligimiz, befarqligimiz, o'zgalar boshiga tushgan tashvishni ko'rib, o'zimizni olib qochishimiz sabab emasmikan! Yana bilmadim….
Davlat Nazar
(Surat internet tarmog'idan olindi va bu voqeaga bevosita aloqasi yo'q)

Birinchi izoh

  1. Yurtimizda insonlarni xokimlar, militsiyalar va boshqa amaldorlar tarafidan tinmay taxqirlanishiga birinchi o'rinda senatorlarni, ikkinchi o'rinda prokuraturani uchinchi o'rinda vazirlar va ularning o'rinbosarlarini aybdor deb xisoblashimiz kerak. Isbotlayman: Xalq vakili bo'lgan senator va deputatlar faqat o'zini tinchligi bilan manfaatini o'ylab ish yuritishadi. Prokuratura mansabdor shaxslarning xaqoratli majlislarida bevosita ishtirok etib, beparvolik qilishadi. Vazir va ularning o'rinbosarlari esa selektor majlislarida xokimlarga topshirik berayotib; «Nima qilib bo'lsa xam bajarishasan xamma imkoniyatingni ishga solishasan, men baxonanglarni bilmayman» deb zulmga yo'l ochib berishadi. Albatta xokimlar bunday topshirikdan so'ng juda quturib ketishadi. UNDAN XAM DAXShATLISI, BIZ Do'STIMIZNI, XAMKASBIMIZNI, QARINDOShIMIZNI, QUShNIMIZNI ShA'NINI XIMOYa QILIShGA ASLO QUShILMAYMIZ. MANA ShU BIZNING OFATIMIZ!

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *