Erdo'g'onning reytingi oshdi

1 546 views

Metropoll tadqiqotlar kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'onning Suriya shimoli-sharqida «Tinchlik bulog'i» harbiy operatsiyasidan so'ng davlatlararo reytingi ko'tarildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Harbiy harakatlar e'lon qilganidan keyin Turkiya etakchisining reytingi 3,7 foizga oshgan va ko'rsatkich 48 ga etgan.

Ma'lumot o'rnida, ushbu reyting Erdo'g'on prezidentlik saylovida g'alaba qozonganidan so'ng qayd etilgan reytingdan keyingi yuqori ko'rsatkichdir. So'rovnomaga ko'ra, mamlakat aholisining 33,7 foiz qismi Turkiya prezidentining faoliyatiga qarshiligini bildirgan, bu 2016-yilda davlat to'ntarishini amalga oshirishga urinish bo'lgan vaqtda ko'rsatilgan reytingdan keyingi yomon natija hisoblanadi. Ishtirokchilarning 18 foizi esa so'rovnomada ishtirok etishdan bosh tortgan.

Ma'lumot o'rnida, 2018 yilda turk lirasining kursi 30 foizga pasaygani va mamlakatda iqtisodiy inqiroz kuzatilib, inflyatsiya o'sgan va ishsizlar soni ko'paygandi. Buning natijasida Erdo'g'onning obro'si tushib ketgan edi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.