Yaqin kunlarda «Yoshlar press-klubi» o'z faoliyatini boshlaydi

Mustaqillikning 26 yilligi arafasida O'zbekiston yoshlar ittifoqining «Yoshlar press-klubi» o'z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Ittifoqning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, dastlabki sessiya 2017/2018 o'quv yiliga oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonlari, sohadagi muammolar hamda echimini kutayotgan masalalarga bag'ishlanadi.

Bundan avval, 21 avgust kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan “Yoshlar press-klubi”ni tashkil etish va faoliyatini yo'lga qo'yish to'g'risida qo'shma qaror imzolangandi.

Qo'shma qarorga muvofiq, “Yoshlar press-klubi”ning nizomi tasdiqlandi va unga ko'ra, press-klub Toshkent shahri, Shayhontohur tumani, Navoiy ko'chasi, 11-uyda joylashadi.

Press-klubning asosiy maqsadi etib mamlakatimiz yoshlari hayotida ro'y berayotgan voqea-hodisalarni tezkor va sifatli yoritishda interfaol mediamaydonni tashkil qilish orqali ijtimoiy muloqotni yanada kuchaytirish, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosini tahlil qilish hamda yoshlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida bo'layotgan o'zgarishlar haqida ob'ektiv ma'lumotlarni jamoatchilikka etkazish belgilangan.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *