Yangi masjid qurilishiga o'z hissangizni qo'shing!

Allohning xohishi bilan namozxon birodarlarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyati, Toyloq tumanida joylashgan “Navxoz” jome' masjidini kapital ta'mirdan chiqarish maqsad qilingan. Chiqimlar mo'ljaldan ko'payib ketgani sababli, qurilish ishlari to'xtab qoldi.

Bu haqda feysbukda e'lon berildi. Allohga hamdlar bo'lsinki, oxirat g'amidagi do'stlarimiz o'zlari va ahli-oilalari ehtiyojidan orttirganlarini nomai amollari uchun zaxira qildilar, qilmoqdalar. Bugungi kunga kelib plastik kartochka orqali 22 million 904 ming yaqin pul kelib tushdi. 1 million 900 000 so'm va 5000 AQSh dollari naqd shaklda xayriya qilindi (28.03.18 dagi ma'lumot). Shuningdek saxovatli musulmonlar «Inshaalloh, masjid bitishi bilan unga ketadigan barcha gilamlarni biz to'shab beramiz», deya og'zaki va'da berganlar.

Shu oy o'rtalarida ustalar kelib, masjidning qurilish-pardozlash ishlarini 100 foiz mukammal bitirish uchun 428 000 000 (to'rt yuz yigirma sakkiz million) kerak ekanligini hisoblashgandi. Shuning deyarli 66 millioni yig'ildi.

Farzand va ahlingizdan ortgani bo'lsa, masjid qurilishi uchun yordamingizni ayamang. Moddiy va ma'naviy ko'mak berayotganlardan Alloh rozi bo'lsin! Bo'lganida berardim deganlarga ham qiyrot ajrlar bersin.

“Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to'kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo'rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o'shalar hidoyat topguvchilardan bo'lsalar” (Tavba surasi, 18-oyat).

 

Click/Payme

8600 0423 6454 1648

06/19. Tel: +99899 850 03 22

Ma'sul kishi: Muhriddin Muhammadamin

Plastik karta masjid imom-xatibi Kalonov Umidjon nomiga ochilgan. Imom-xatib telefon raqami: +998905023226, +998933370502.

Toshkentda naqd pul etkazish uchun: Abduqodir Nabiev, tel: +998977501525.

«Navxoz ota» jome' masjidi:

x/r: 2021 2000 0043 3625 1001

INN: 2028 20302

MFO: 00321

“Agrobank Toyloq filiali”

Telefon: +99890 502 32 26

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *