Yangi flesh-mob — o'zimizga oyna…(mi?!)

Ishga olish uchun diplom shart qilib qo'yilgan. Bu muhrli «hujjat» oddiy karton qog'ozligini bila turib, bu 90% sifatsiz bilim tasdig'i ekanligini bila turib, o'sha ishning o'zi tagi yo'qligini bila turib… Yoshlar buni mantiqan bo'lmasayam, intuitiv tushunadi.

Bunday tizim ahmoqlik ekanini jamiyatga ko'rsatgisi keladimi?

Yoshlar qanday ko'rsatsin?

Maqola yozsinmi? – Gektar-gektar qog'ozlarga yozilgan maqolalar hojatxonaga ketdi-ku.

Petitsiya qilsinmi, portalga yozsinmi? – Gigabaytlab shikoyatu takliflar «Korzina», «Arxiv.ZIP»ga ketdi-ku.

Yoshlar bundan bexabar, lekin befoydaligiga farosati etadi.

Ko'cha yoshlari «dub» bo'lsa ham «lox» emas. «Bilgandik, kutgandik, gullatamiz, ana yaxshi bo'bketadi…» demaydi, kulgiga qolishini yaxshi biladi.

Eng oson va samarali yo'l – bu noshud DAVLATning YoLG'ONDAKAM diplomini gerbiyu muhri bilan oyog'i ostiga olib tepkilash. «Ahmoqona tartibu qonunlaringga tupurdim», degani bu.

«Shu matoh uchun bizlarni xor qildilaring. Pulimizni, umrimizni, energiyamizni o'g'riladilaring. Qayoqdagi poraxo'r masxarabozlarga yalinib oldik shu kartonni… Endi xech yo'q alamimizni shu matohdan olamiz», degani bu.

Kolleju universitetlar Falonchievlarning katta biznesiga aylanganiga balki ularning aqli etmas. Bu biznesmenlar foydani maksimallash uchun millatning malakasini minimallashga tayyorligini balki yoshlar tushunmas. Lekin qaerdadir kimdir ularni edirganini taxminan sezadi.

Yoshlarga qoyil! O'zi bilmasdan turib «kattalar»ga oyna tutishgan.

Ha, ular g'irt tentak. Lekin oynadagi biz ham sog' emasmiz.

Azamat Andreev

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *