Yana bir yurtdoshimiz xorijda vafot etdi

335 views

TIV konsullik-huquqiy departamentining xabar berishicha, O'zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi O'zbekiston fuqarosi J.R. ning 2019 yil 16 oktyabr kuni Orenburg viloyatida temir yo'l yaqinida hushsiz holatda topilgani to'g'risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqlaydi. Marhum J.R. Sol-Iletsk shahri markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan, hamda u 21 oktyabr kuni ushbu tibbiyot muassasasida vafot etgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olib, ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atdi, hozirda surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

Marhumning yaqinlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko'rsatildi. 25 oktyabr kuni J.R. ning jasadi O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan O'zbekistonga jo'natildi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirib, Rossiyaning Volga bo'yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o'lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi vatandoshlarimizga zarur vaziyatlarda O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o'tdi:

+7-843-526-55-64,
+7-843-526-55-65.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.