Jamoat hojatxonalarimiz obodmi?

  1. Bundan 15 yil avval BBC saytida O'zbekistonga sayohat qilgan isroillik turistning maqolasini o'qigandim. Sayohatchi O'zbekistonga safari taassurotlarini bayon qilarkan kelgusi turistlarga yurtimiz haqida uchta muhim tavsiyani beradi (biri ijobiy, biri neytral, biri salbiy):

1. O'zbekistonga yoz-kuz mavsumida boring. O'zbek qovunlaridan qo'rqmasdan to'yguningizcha eng. Dunyoning hech bir erida bunaqa mazali qovunni topa olmaysiz.

2. O'zingiz bilan albatta kattaroq karmon olvoling. Almashtirayotgan o'zbek so'mlaringiz sizning cho'ntak hamyoningizga sig'maydi.

3. O'zbekistonda hech qachon ko'chadagi jamoat hojatxonalariga kirmang. Yaxshisi, hojatingizni mehmonxonada bitirib oling. Dunyodagi eng yomon hojatxonalar – O'zbekistondadir.

Keyinroq bir rus blogerining Markaziy Osiyo ko'cha hojatxonalarining ayanchli ahvoli haqidagi foto blogini o'qidim. Muallif erinmasdan, ayamasdan tahlil qilgan.

Biz ko'pincha, hali Evropa botqoqda yotgan mahal musulmonlar jamoat hojatxonalari, xammomlarni qurib, insoniyatga taqdim qilganlar, deb maqtanamiz. Maqtanamiz, xolos… Aslida jamoat hojatxonalari ham bir davlat haqida tasavvurning kichik bo'lsa-da, elementlaridan biri. Hatto sovchilikka borgan o'zbek ayollari bir bahona qilib, oilaning hojatxonasini tekshirib chiqisharkan. Hojatxonasi ozoda bo'lgan oilaning qizi ham ozoda bo'ladi, deyisharkan. O'zbekistonda jamoat hojatxonalari faoliyati tubdan qayta ko'rib chiqilayotganini o'qib juda mamnun bo'ldim.

O'tgan yili Qozog'istonning Chimkent-Qizilo'rda trassasida har 15 kilometrda transportlarni ta'mirlash uchun chuqur yo'lak va hojatxonalar tashkil etilganini ko'rgandim. Yo'l ko'rsatgichlarda hojatxona va boshqa zaruriy maskanlarga qancha metr qolgani yo'l belgilari orqali ko'rsatilgan. Buni bizda ham joriy qilish kerak. Shunda yo'l chetidagi noxush holatlarga kamroq nazarimiz tushardi. Jamoat hojatxonalari pulli bo'lishi tarafdoriman. Chunki, tekin bo'lgan joyda taraqqiyot sekin bo'ladi. Hojatxonalarning ozodaligi, gigienik jihatdan tozaligi uchun maxsus fond ajratmalari bo'lishi ham maqsadga muvofiq. Bu borada poytaxt masjidlari tahoratxonalaridan ibrat olsa arziydi. Men ko'rgan dunyoning hech bir masjidida tahoratxonalar Toshkentdagidek ozoda emas. Ikki haramni ziyorat qilgan do'stlarimiz ham buni tasdiqlashdi.

Ko'chadagi jamoat hojatxonalariga ham tahoratxonalardek e'tibor qaratilsa, yurtimiz mehmonlari va yurtdoshlarimizning yuzi ko'proq kulib turardi.

Davronbek Tojialiev

16 kommentariev

  1. Xojatxonalarni xokimyat obodonlashtirish boshkarmalariga kurib berish kerak va pullik kilib ishlatish kerak byujetdan koplamasa kuchadagi xojatxonalarni ushlab turish kiyin shunda toza ozoda turadi

  2. Judayam zur mavzu kutarilgan. Baraka topsin shu isroillik ezib koldiribdi taassurotlarini, uzimiz e'tibor bermaymiz- da. Bizda ura-ura kattalar kucha xojatxonalariga kirmaydilarda shuning uchun xam bilishmaydi kucha xojatxonalari kerakligini. Albatta pullik bulishi kerak.

    1. nega kattalar hojat honaga kirmaediku qolaversa hojatini faqat halq chiqazadi kattalar esa farishta misol ularda teshik bolmaedi ularda hatto gaz ham chiqmaedi chunki gaz chiqishiga ham teshik kk ular esa teshikdan mustasno shahslar. Oshalani hammasini osha hojat honaga 3-4 kunga qamab qoeish kk shunda tushunadi osha joylarni ham toza va tekin qilib qoeishni.

  3. Nafakat xojatxona balki oshxonalarni ichkaridagi xolatiga xam karash kerak. Restoran eki kafelarga borganimizda bizni oldimizga olib kelinadigan taomlar kanday xolatda saklanishini kim nazorat kiladi? Rossiya telekanalida «Revizzoro» teleshousi bor Letuchaya degan mard ael olib borar edi bu dasturni, bizlarda xam shunday xalk nazorati kerakmi deyman. Nima deysizlar.

  4. Pulik bulsin.
    Shunda sal tozarok buladi.
    Chunki intres bor.
    Zumradxon xamma joyda bepul emas.
    Bepul narsa fakat sichkon tuzokda.
    Uzi chiroyli ekansiz.
    Gaplarim emon tekan bulsa uzr.

  5. Soat oltidan keyin hech qayerdan hojatxona topishni iloji yo’q
    Och qolganlarga oshxonaham yo’q
    Bitta yarimtasi aylanb kelib qolsaham ochlikdan hojatini chiqarolmay ketadi ))

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *