31 oktyabr' kuni og'ir jarohatlar bilan Çorlu Devlet Hastanesi tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan O'zbekiston fuqarosi Z.V. vafot etdi. Bu haqda O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga tayanib, TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, konsullik-huquqiy masalalarni hal qilib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirgach, hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun O'zbekistonga jo'natgan.
Marhumning ish joyi, ya'ni «Yildiz Taşlama» fabrikasidagi avariya va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bo'yicha surishtiruv-tergov ishlari davom etmoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.
Konsullik huquqiy departamenti marhumning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildirib, Turkiya, Bolgariya va Ruminiya hududida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolaridan zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilgan.