Isroil Tillaboev: «Indigo» ko'rsatuvidagi «kalkulyator» bola topildi! Aktsiya o'tkazishni taklif qilaman!

Shu kunlarda O'zbekiston ahlining nazariga tushgan “Indigo” ko'rsatuvidagi “Kalkulyator” bolajon xaqidagi maqolam katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Juda ko'plab saytlar bosib chiqarishdi, bu haqdagi postlar deyarli barcha guruhlar orqali 1000 ga yaqin bo'lishildi (podelit'sya), o'n minglab olqish (“like”)lar olinib, son sanoqsiz izohlar (kommentlar) bildirildi. Shu ikki-uch kun ichida bir narsani ko'rib, xalqimdan fahrlanib ketdim: bizning xalqimiz ilm ma'rifatni ich-ichidan birinchi o'rinda ko'rishini isbotladi, ilmli yoshni qo'lida ko'tarib uni olqishlashga doimo tayyor ekan! Maqolaga munosabat orqali xalqimiz limning qadrini nechog'lik e'zozlashini namoyish qilishdi, rahmat hammaga!

Do'stlarimiz ushbu yosh talantning uy manzilini topib uni qo'llash kerakligi haqida juda ko'plab xatlar yozishdi. 3 kun deganda nixoyat uning manzilini topib dadasi bilan gaplashdik. Bir jihatga e'tabor beringlar, qahramonimiz ko'pchiligimiz taxmin qilgandek hech qanday “Mental arifmetika” kurslariga qatnashmagan ekan, faqat tug'ma qobiliyat evaziga shu natijaga erishgan ekan! (yana bir bor qoyil qoldim!)

Demak yigitchamiz Totliboev Muhamadali Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Baxtijar QFY, Qangli qishlog'i 45-uyda yasharkanlar, hozirda Navoiy shahar 14-maktabning 6-sinfida (atigi 6-sinf!) o'qir ekanlar. Dadalarini ism sharifi Oqbo'taev Qodirjon ekan.

Do'stlar, befarq bo'lmaganingiz uchun katta rahmat, talantni topdik, bir aktsiya o'tkazsak, nima deysizlar? Muhammadalini qo'llab quvvatlash maqsadida pochta orqali 2 qator xat bilan bironta kitob va yoki imkon qadar esdalik sovga yuborsak, 13 yoshli kelajagi porloq talantimizni ko'nglini ko'tarsak, nima deysiz? Xavas qilaylik, farzandimiz ham shunday talantli bo'lib, butun O'zbekistonni olqishiga sazovor bo'lsin. Sizning 2 og'iz xatingiz hozirda pochtadan bir birimizga xat yozib xaqiqiy xat olish zavqini yo'qotib borayotgan texnika taraqqiyoti davrida bu yosh iqtidorning jamiyatga nakadar kerak ekanligini his qilib yanada o'z ustida ishlashiga rag'bat bo'lgan bo'lar edi. Xudo hohlasa bu yo'nalishda rostdan ham Ginnesning rekordini yangilashiga ham sabab bo'lishi mumkin!

Vatandoshlar, ushbu taklifimni qo'llash uchun ozgina turmush tashvishlaridan chalg'ib savob ishga qo'shilasizlar, deb umid qilaman. Ushbu postni ham xuddi ilgarigi maqolam kabi hammaga bo'lishishga o'z xissangizni qo'shasizlar deb umid qilaman va ishonaman.

Ilm ma'rifatni e'zozlagan barcha yurtdoshlarimizga yana bir bor kata rahmat!

Isroil Tillaboev

Birinchi izoh

Izoh yozish mumkin emas!