Qirg'iziston O'zbekistondan meva va sabzavotlarni olib kirishga taqiq joriy qilmoqchi

232 views

Yaqin kelajakda O'zbekistondan o'simlik mahsulotlarini Qirg'izistonga olib kirish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Qirg'iziston qishloq xo'jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yil boshidan buyon O'zbekistondan olib kirilayotgan mahsulotlarning Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ning fitosanitar talablariga to'g'ri kelmaydigan 365 ta holat qayd etilgan. O'nta holatda o'zbekistonlik etkazib beruvchilar ifloslangan mahsulotlarni Qirg'izistonga olib kirishga harakat qilishgan.

Aytilishicha, yaqinda Qirg'izistonga o'zbek anorlarining bir qismi kelgan, unda sharqiy kuya (Grapholitha molesta Busck) zararkunandasi topilgan. Shu bilan birga, o'tkazilmoqchi bo'lgan yuklarda O'zbekiston o'simliklar karantini milliy tashkiloti tomonidan berilgan fitosanitariya guvohnomasi ham bo'lgan. Bu O'zbekistondan ushbu haftada olib kelingan va fitosanitariya nazoratidan o'tmagan birinchi mahsulot emas.

Seshanba kuni «Do'stlik» fitosanitariya nazorat punktida O'zbekistondan keltirilgan xurmo, behi, quritilgan mevalar va ziravorlar yuklangan yuk mashinasi to'xtatiladi. Umumiy og'irligi 35 tonna bo'lgan fitosanitariya talablariga javob bermaydigan mahsulotlar Qirg'iziston hududida sotish uchun olib kelingan.

O'sh viloyati hududiy o'simliklar karantini boshqarmasi mutaxassislari tekshirishlariga ko'ra, yuklar paketga joylanmagan va olingan fitosanitariya guvohnomasi yaroqsiz.

Qirg'iziston qishloq xo'jaligi vazirligi O'zbekistonning tegishli davlat tashkilotlariga o'zbek tovarlarini respublikaga olib kirishga vaqtincha taqiq joriy etilishi haqida ogohlantiruvchi xat yuborgan.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.