Xo'rozqand chet elniki desa…

472 views

Amerikaga borish uchun odamlar nimalarga tayyor bo'lmaydi, deysiz? Kimdir Grin-Karta o'ynasa, yana kimdir Amerikadan o'ziga yor qidiradi. Xullas, hamma “amerikachi“larning o'ziga xos hikoyalari bor.

Xrachya Atoyan o'zini milliy raqs ustasi sifatida tanishtirib, AQShga kelish istagida bo'lganlarga “Madaniy jihatdan o'ziga xos san'atkor“ vizasini olib berish bilan shug'ullanib, xizmati uchun armanistonliklardan $3000dan $10 000gacha haq olgan.

Ma'lum bo'lishicha, aslida bu bir jinoiy guruh bo'lib, uning rahnamosi sifatida ko'rilayotgan nyu-yorklik Stella Boyadjian mart oyida qo'lga olingan.

Surishtiruv ma'lumotlariga ko'ra, Boyadjian viza olish uchun soxta “Big Apple Music Awards Foundation“ tashkilotini ochgan.

Jinoyatchilar “ishonarli“ ishlash uchun raqs sertifikatlarini ham tayyorlashgan, hatto viza olish istagida bo'lganlarni raqs kiyimlari bilan suratga olib, ularning Amerikaga kelishlari uchun soxta kontsertlar uyushtirishgan.

AQSh qonunlariga ko'ra, viza san'atkorlarga vaqtincha muddatga kelib, bu erda kontsert dasturini o'tkazish huquqini beradi. Soxta san'atkorlar esa bu vizani qo'lga kiritgach, AQShda qolib ketish payida bo'lishgan.

Qing'ir ishlari fosh bo'lgan Atoyan ustida hozirda tergov ishlari ketmoqda.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.