Haromi…

Xalqimizda «kasalni yashirsang — isitmasi oshkor qiladi», degan naql bor. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev barcha amaldorlarni «kasalni yashirmaslik»ka chaqirib, joylardagi rahbarlarning oyoqlari erdan uzilishi kerakmasligini bot-bot takrorlab keladilar. Darhaqiqat, o'z vaqtida rahbarlarning loqaydliklari oqibatida yo'l qo'yilgan bir qancha xatoliklar tufayli bugungi kunlarda bu narsa jamiyatimiz hayotiga aks sado berib kelmoqda. Afsuski, «kasallikni» yashirishga qancha urinsak-da, «isitmasi» bugungi kunlarda uni oshkor etib qo'ydi.

Yaqindagina Qozog'iston yo'llarida sodir bo'lgan mudhish hodisadan so'ng juda ko'pchiligimiz ayanchli ahvolga tushib qoldik. Barchamiz qayg'uga sho'ng'idik, haligacha o'zimizga kelganimizcha yo'q. Aqto'bedagi yong'in oqibatida halok bo'lgan 52ta o'g'lonning oilasiga ta'ziya izhor etib, ularga qo'shimcha yordam tariqasida xalqimiz allaqachon yordam aktsiyasini ham tashkilashga ulgurdi. Butun boshli millat qayg'uda. Xalq azada. Ammo…

Ammo Farg'ona viloyat hokimi — Shuhrat G'aniev umuman boshqa o'y-xayollar bilan band ekanligi ma'lum bo'ldi. Kecha tahririyatimizga audioyozuv kelib tushdi. Unda Farg'ona viloyat hokimi boshchiligida o'tkazilgan majlisdan kichik lavha keltirilgan. Shuhrat G'aniev so'zlariga diqqat bilan quloq tutar ekanmiz, barchamiz karaxt ahvolga tushganimiz bor gap. G'azab otiga mingan viloyat hokimi orqa-oldiga qaramay, yoppasiga Toshloq tuman aholisini savalay ketadi. Voajab, toshloqliklarning «aybi» shuki, o'sha mudhish hodisada vafot etganlarning 16-tasi aynan shu tuman fuqarolari bo'lgan! Butun boshli tuman aholisini «haromilar» deya so'kib o'shqirgan Shuhrat G'anievga ko'ra, tumandagilarning birortasi bu yil Haj safariga yuborilmasmish. Qo'shimchasiga, endilikda aynan mana shu tumandan Rossiyaga otlanadigan odamlar haqida mahalliy taksistlar rahbarlarga xabar berishlari kerak ekan. Ya'ni, toshloqliklarga ishlash uchun chet elga chiqish ham qat'iyan ma'n etilibdi.

Dahosiz, hurmatli hokim janoblari! Daho! Boshqa viloyat hokimlarni ham aynan mana shu «tadbirni» qo'llab-quvvatlashga chaqiraman. Ana, Shimoliy Koreyada allaqachon ushbu «loyihadan» keng ko'lamda foydalanib kelinmoqda-ku, to'g'rimi?

Yurtdoshlarimiz chet ellarda turli taz'yiqlarga, adolatsizliklarga, qiyinchiliklarga duch kelishyaptimi? Buning echimi oson — chet elga chiqish ta'qiqlanib qo'yilsa bas!

Uyingizda svet va gazning tanqisligidan aziyat chekib, qishda oilangiz sovqotib qolyaptimi? Tamom — bu holat sizni qiynab qo'ymasligi uchun svet va gazni butunlay — ham qishda, ham yozda o'chirib qo'yamiz!

O'qishga kirishga adolatsizliklarga duch keldingizmi? Institut rektori falon pul so'rab, kapalakingizni uchtirdimi? Bunga ham chora ko'rsa bo'ladi — endi hech kim, hech qachon institutlarda tahsil olmaydi!

Aviareys va temir yo'l kompaniyalarining monopolligidan, bilet narxlari «osmonu-falakda» ekanligidan dod solyapsizmi? Hech ham xavotir olmang — istasangiz, Qozog'istondan, istasangiz Qirg'izistondan borib uchishingiz mumkin. «O'zbekiston havo yo'llari» endilikda sobiq rahbarining sobiq o'rinbosari aytganidek, «tanlash huquqi» o'zingizda!

Farg'ona viloyat hokimining bu kabi chiqish qilishi birinchisi va o'ylaymanki, oxirgisi ham emas. Yodingizda bo'lsa, bundan oldin ham Shuhrat G'anievning tibbiyot mulozimlarini «hayvon» deb atagan audioyozuvi internetda keng tarqalgan edi. 2016 yil avgust oyida o'tkazilgan selektorda hokim soha rahbarlarining «kallasini sapchaday uzib tashlash» bilan tahdid qilgan edi.

Prezidentimiz hokimlarni o'z vakili ekanligini ta'kidlagan edilar. Ammo Shavkat Miromonovich va Shuhrat G'anievning o'sha mudhish hodisaga bo'lgan qarashlari bir-biriga zid ekanligi ochiq-oydin ko'rinib qoldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ushbu halokatda rahbarlarning ham aybi bor ekanligini, odamlarga o'z vaqtida ish o'rinlari yaratib bermaganliklari uchun ham chet elga yo'l olishga majbur bo'lganlarini ta'kidlayotgan bir vaqtda, uning vakili hisoblanmish «hokimbuva» bira-to'la butun boshli tuman xalqini hamma ishlarda aybdor deb topishini hamda ularning hammasini «haromilar» deya haqoratlashini qanday tushunish mumkin?! Bugun hokimning ushbu so'zlari uchun hech kim uni jazolamasa, ertaga yana shunga o'xshash holatga duch kelmasligimizga kim kafolat bera oladi? Umuman olganda, biz qachon muammoni ko'targanlar bilan emas, aynan ko'tarilgan muammoning o'zi bilan shug'ullanishni o'rganamiz?

Bir narsani aniq aytishim mumkin — keng qo'lamli islohotlar yo'lida turganimizda, xalqda rahbarlarga bo'lgan ishonch paydo bo'lgan ushbu ajoyib davrda hokimning bir tuman ahlini shu tariqa kamsitishi oqibatida ko'pchiligimizda paydo bo'lgan umid uchqunlari bir soniyada so'nib qolishi hech gapmas. Chunki Shavkat Mirziyoev ta'biri bilan aytganda, hokim prezident vakili hisoblanadi. Prezident vakili esa, odatda Prezident nomidan gapiradi. Xo'sh, davlatimiz rahbari ham Shuhrat G'aniev fikrlariga qo'shiladilarmi? Yo'q bo'lsa — unga zudlik bilan chora ko'rilishini iltimos qilamiz! Zero, yaqindagina o'z o'g'lonlarini, 16-ta farzandini erga ko'mgan Toshloq tuman aholisini bunchalik erga urish, kamsitish, so'kish — adolatdan emas.

Toshloq tumani farzandlari — bizning ham, xususan Davlatning ham farzandlaridir! Davlat esa haqiqiy ota va ona o'rnida bo'lib, o'z farzandlari jasadlarini Qozog'istondan olib keltirish uchun maxsus komissiya tuzdi, ushbu mudhish hodisadan so'ng «O'zbekiston havo yo'llari» rahbarini ishdan bo'shatdi, aviya va temiryo'l reyslar narxlarini tartibga solish yo'lida farmon chiqardi. Bular, albatta, tahsinga loyiq ishlardir! O'z farzandlari uchun har erda, har joyda turib bera oladigan Davlat hali chillasi chiqmasdanoq, motamda va chuqur qayg'uda bo'lgan xalqni «haromilar» deb atagan amaldorga qarshi kerakli sanktsiyalar qo'llanishiga shaxsan men ishonaman! Davlat kerakli vaqtda farzandlarini o'z himoyasi ostiga olishi zarur, toki bu kabi oyog'i erdan uzilgan yirik amaldorlar shunday vaqtda xalqni ko'ngliga ozor berish tugul, hatto uning ko'ziga tik qarashga ham botina olmasin!

Temurmalik Tojidinzoda

Audioyozuvni quyida eshitib ko'rishingiz mumkin: 


 

300 kommentariev

  1. Bu iflos yegani oldida yemagani ketida halqi bilan necholig ish i bor bunaqala osish kere ishlagani chiqarmasmish hajga yubormasmush iplos san biqasami shuncha aholini bola chaqasini na sharoit bor na oylik bor

  2. Esi joyidami bu hokimning?! Muammoga echim izlash o'rniga qo'rqitib bosti-bosti qilmoqchi bo'lyapti, shekilli. Hajga bormaysanmish… O'rgildim sendaqa hokimdan! Oldin Toshloqni obod qilib qo'ysin, keyin gapiradi. Prezident «bechoralar, pul topay deb ketganda, sharoit qilib bermadik» deb turgan paytda bu h..lar deydi-ya! Uzr, so'rasin Toshloq ahlidan!

  3. Tanqidlar davom etsa hokimni eshikka to'g'irlab tepib yuboriladi.

    Man ham ma'naviy haromi deb aytdim. mazxara qilmadim, so'kmadim ham kritika qildim deb turib oladi Xuzaypaga o'xshab .

    Toshloq tumani fuqarolari Hajga borishi mumkin , ular dindagi birodarimiz deydi keyin .😄

  4. Xa bu odam fargonani kotta mafiyasiku xoxlasa sukadi xoxlasa uradi malumot urnida Shuxrat Ganiev sobik Avgon urushi katnashchisi kushnim Toshboltaev Shavkat akani aytishicha xizmatni birga utashgan Avgonda. Sogligi joyida bulmasa kere sababki xizmatda xar kuni rossa kaltaklashib kazarmaga sudrab tashlab ketishardi deydi

  5. Men eshitip kurdim. Haromi seni shu halq boqyaptiyu. Haromi bolalar chetta ishlamasa qayerda ishlasin. Haromi uzing haromidan ortmaganmisan.shunchslik hsm iflos bulasanmi. Oyogings qara oyoging yerda. Nima Toshloq halqini haromligini isbotlab berolasanmi. San bir kishini emas butun halqni haromi deding. Sendaylarni padariga tuganmas lanatlar bulsin.

  6. Prizdent joy kuydirib halqni uylab qonunlar chiqarib yotibti. Lekin viloyat shahar tuman hokimlar bozor rastalarini tekshirishdan uyogiga utmayabti. Biror joyga yangi obekt qurilganini bilmimiz. Yoki biror kungil ochar tadbir buganini. Usha eski hammom eski tos. B.t.i yoki kadastrdagi eski kalamushlar pup uchun hamma joyni sotish bilan ovora

  7. Bu Hokim Bobomiz «Prizidentni o’glimaski» buncha ishonch bn halqni haqoratlaydi. Gapiga Javob berarmikan «Haromilar» deganiga? U «Haromilar «ni ota onasini orasida bo’lganmikan Iflos!!!!!

  8. Fargona viloyati rivojlanish buyicha eng qoloq viloyat bulib qolmoqda. Nimaga? Chunki hokimlar faqat hujakursinga ishledi holos. Man hokimyatgan 2 yil oldin er surab murojat qilgandim. 10ta ishchi urni yarataman digandim. Etiboram bermagan. Kadastrga ogdargan ular joy yuq digan. Mana boshqalarga sotib yotibti. Ushalar haromhur emasmi?

  9. Hayothon karimov digan hokim hamma erlarni bulib tashlagan. Sobirov davriga kelib tozalash ishlari bajarilib nohaq berilgan joylar qaytarildi. Undan kiyingi hokimni davridayam kadastrdagilar erlarni sotdi. Bu hokim bozorni tartib qilishdan boshqa narsani bilmidi. Bozorda tuhum sotganga baqiradi kartoshkani arzon sot diydi holos

    1. Farosati undan ortiqqa yetmasa Nima qilsin Endi. Unga ham qiyin. Hudo farosatini shu bn cheklab qo’ygan bo’lsa. Asli Bu odam juda ham g’arib va bechora odam. Hudo hammamizni bunday bo’lib qolishlikdan o’zi asrasin.

  10. Kuni kecha internetda Toshlok bozori axvoli xakida tarkalgandi,xajga borguncha erdam Kil, Rossiyaga ishlashga bormaydi,esh uylanmagan yigitlar ekan 9tasi degan ma'noda gapiryapti xokim

    1. Bitta izox bor ekaney. Notugrimi Xajga borishdan oldin savob olish uchun xamkishlogingga yordam ber degan ma'noda gapirgani anikkku

  11. Prezident, «Nobud bo'lganlar bizning aybimiz bilan bo'ldi»-deb turganlarida, bu hokim Toshloq tumanining butun xalqini xaromi deb tursa.

    Shunaqa og'zi shaloq rahbarlarning aybi bilan, Prezident siyosati kerakli joylarga etib bormaydi.

    XURMATLI PREZIDENT!
    BUNDAY JALLODLARDAN
    ODDIY XALQNI QUTQARING.

  12. 1. Viloyatlarda tadbirkorlik kurslarini tashkillashtirish kerak.
    2. Maktabning oxirgi 2-3 yilidan boshlab, kom'pyuter savodxonligini o'rgatib, dasturlash tillarini o'rgatish kerak.
    3. Katta tadbirkorlar maxalalar kesimida otaliqqa olib bo'sh ish joylarini yaratishga yordam berish buyicha kompleks rejasini ishlab chiqish kerak.

  13. «Dunyoda ikki narsaning cheki-chegarasi yo'q: Koinotning va insonlardagi axmoqlikning. Biroq, koinot xaqida ishonchim komil emas». Al'bert Eynshteyn.

  14. YaNA YuRTBOShIMIZGA QIYIN BO'LADI! XALQNI OLDIDA HOKIMLARNI OBRO'INI KO'TARAMAN DEB HARAKAT QILAYoTKAN BIR VAQTDA BU NARSALARNI ChIQIShI YaXShI EMAS. BALKIM YuRTBOShIMIZGA QARShI QARATILGAN BO'LIShIHAM MUKUN AMMO NIMA BO'LGANDAHAM BUNI OQLAB BO'LMAYDI AMMO KO'PChILIK AMALDORLARNI XULQI ShUNAQA BUZUQ, AFSUSKI! MUAMMO XALQIMIZDAHAM BOR, ShUNDAY AXLOQSIZ FARZANDLARNI TARBIYaLAYoTKANIGA XALQIMIZNING O'ZIDAHAM AYB BOR!

  15. Kurmaganni kurgani kursin degani shu bulsa kerak, oddiy xalkdanam, xakikiy ziyolilar chikishi mumkinku agar zoti, (palagi) toza bulsa. Bu xokimni uzi nobop kovunni urigidan tarkagan bulsa kerak.

  16. Bu xokimlarni xammasini oldin sukish, xakorat kilish konkursidan utkazib, keyin mansabga utkazadimi?!! Naxotki yurtimizda ziyoli, madaniyatli, palagi toza odamlar kolmagan raxbarlikka?? Bunaka ongi pastlar kanday kilib Prezidentga yordamchi bula oladi? Axir bular atiylabdan xalkni xukumatga karshi kiluvchi xoinlarku!!!

    1. Tergovchimisiz diyman ? Shunchalik fikrm sizga kerak bulsa bemalol, kurkib yasheydigonlardan emas man, masalan, kaysi xokim, xudud axolisi , kim kaegda va kanday yashaydi buladimi? Bilmidi! Demak maxalla raislari xam yaxshi ishlamayabti , va jen sovet xam ishlamayabti, chunki agar ular yaxshi ishlaganda edi, konunga boy sinib, xokim xamma narsadan xabardor bular edi. I plyus k etomu, naprimer segodnya, rebyata iz oper gruppы na ulitse konfiskovali DVD diski u parnya, kotorыy invalid, kotorogo nikto ne primet na rabotu, i vopros pochemu imenno u nego, a ved' ryadom s rыnkom mnogo prodayot eti diski ?! I proizvol'no dumaesh', kak on etot paren' poydyot domoy, s chem on poydyot domoy, s pustыmi rukami ? Kto dast xleb ego detyam ? Stat' nezametnыm vorom, i sidet' za kusok xleba ? Chto on zdelal ploxogo? Ili sobrat' sumku i uexat' chtobы sgoret' ? I delo daje ne v tom , kto iz doljnostnыx lits ne rabotaet xorosho, a delo v tom , v kom iz nix eщyo jiva chest'. Poka vse ne stanut vernыmi Prezidentu, nichego ne izmenitsya , ya eto znayu .

    1. Mmda ,, nervniye,, eto prosto «komfulyaj» yesli sprosit u etih «voinov» pochemu v Afgane bili,,,,
      neznayut za chem…
      A, tak, pod lubim predlogom pokajut svoi»nervi»…

  17. Xokimlikka mutlako noloyik shalag inson.bunday madaniyatsiz sharmanda xokimdi xaydash kerak.axir shu yigitlarni ulimida shu odam ayibdor birinchi navbatta,agar ayibdor axtarilsa.

  18. Avvalo bu erda hamma o'z fikrini yozib qoldirishga,bildirishga xaqli.Xokimni ham tushinish kerak,lekin xalqni aynan toshloqliklar deb maxalliychilik qilib ”XAROMILAR» deb so'kishga xaqqi yo'q edi!Xajga bormaydi deyishga ikki karra xaqqi yo'q edi.Chunki bu Alloxning ishi,Raxmon chaqirsa albatta boradi insonlar.Xokim alamdan gapirgan bo'lishi ham mumkun,uylanmagan bolalar ekan deb xafa bo'lib kuyinib gapiribdiku.Xozir xech kimga osonmas!Agar ish joylari tashkil qilirib odamlarga sharoitlar yaratilganida edi shuncha xalq musofir yurtlarda xoru zor bo'lib yurishmagan bo'lar edi!

    1. Davlat, Viloyat, Shaxar, Tuman va x.klar boshliqlari alamzadalikka yoki asabiga erk berishga xaqqi yo'q! Ish faoliyatiga layoqatsiz bo'lsa, asabi charchagan bo'lsa dam olsin yoki butkul istefoga chiqsin!

  19. Qaysi Viloyat xokimini ozi shaloqmas,hammasi bir go'r!Lekin bir gap,bir oilani eplash,4 farzandni uddalashni o'zi emas,shunday ekan xokimlar butun boshli viloyat tumanni boshqaradilar.Endi o'ylab ko'ring,bir oila tashvishi qanchalik,Viloyat va tumanni boshqarish osonmikan?

    1. Bu uning vazifasi. Eplasa ishlashi kerak. Eplolmasa o’gzi shaloqlik qilish kerak degani emas. Feruz Han, siz Prezidentga qarshimisiz? Prezident aytyaptiku, «Oyoq erdan uzulmasin», «Og’zi shaloq rahbarlarga oramizda o’rin yo’q» deb.

    2. Bir oila tashvishi ma'suliyati qanchalar og'ir,otalar onalar eplaydilar,oilada kelib chiqqan muammolarni so'kib,xaqoratlab emas,yumshoqlik,go'zal tarbiya ila yo'lga soladilar.Chidasa xalqni boshqarsin,chidamasa ma'daniyatli,tarbiyali insonlarga o'rnini bo'shatib qo'ysin.Bir viloyat tuman boshqarish osonmas deganda shuni nazarda tutdim.Eng ko'p qurbonlarni,farzandlarni Namangan berdiku.Nega Namangan xokimi so'kinmadi,nega u insonlarni xaqoratlamadi?

  20. Xamma xokimlarning asabi chatok. Ular xalkni tugri suz, akl bilan boshkara olmaydi. Ilmi etmaydi. Lekin chetga ishlashga ketaetgan yigitlarga xam karshiman. Ilgari chetga borib ishlash degan narsa yuk ediku. Odamlarda shukronalik bor edi. Gaz yuk edi. Svet xam tpz tez uchib turardi. Lekin baxtli xaet kechirishardi. Xozir esa bugan sari bulay degan narsa kuchayib ketgan. Men sendan kolamanmi va x.k. Rossiyaga borib ishlagan yigitlarning kupining xulki buzilib ketyapti. Ichkilik, zino. Oilasini unutib maishatga berilib ketishyapti. Kaytib kelganidan keyin esa bu erdagi xaet ularni koniktirmayapti.

    1. Gapiz tugri,, lekin chetga borib ishlab kelish istagi doimo bulgan, man utgan asr urtasida tugilganman, esimi tanibmanki bunday gaplarni doimo esitardim,, «chetta ishlab keb «volga» obti, uchaska kuribdi» va hokazo.
      Lekin hamma kator-kator keta olmasdi holos.

    2. Siz aytaetganlar chetda gastrobayter bulib yurishmagan. U paytlarda biron bir ilm egalari, chet tilini tamomlaganlar, (ayniksa arab, afgon) borib ishlab katta pul topib kelishgan. Ular kamchilikni tashkil etardi. Deyarli kupchiligi turmush urtogini olib ketardi va davlat tomonidan yuborilar edi.

    3. Menimcha bugan sari bulish va musobaka uchun emas. Buz yigitlar uylanishi uchin, oilalilar esa turmishdagi kamchiliklarni tuldirish uchun borishadi. Uzimizda xozircha ish urinlari yuk. Ular oddiy xaet uchun sharoit xozirlash taraddudida ilojsizlikdan borishadi.

  21. Bularni uzimiz kutar kutar kilamiz. Davrani zuri uyni turi shu muttaxamlarniki. Boshimizga kutaramiz. Ukituvchi va tibbiet xodimlariga kucha tozalatamiz. Manimcha yurtboshimizga juda kiyin buladi bularni ildizi chukur.

  22. O'tirgan mansabingizga noloyiq chiqdingiz Shuxrat G'aniev. Allaqachon Farg'onani sizday boshliqdan xalos etish kerak bo'lgan ekan. «Xaromilar» degan murojaatingiz ochiq oydin shaxsni izzat-nafsiga, nafsoniyatiga tegish demakdir.
    O'zb. Resp. Kons. Ma'muriy javobgarlik kodeksi (5- bob/ 41-modda) bo'yicha bemalol javobgarlikka tortishlari mumkin xaqorat qilingan Toshloqliklar. Iymonsiz ekansiz! «Xaj safariga bormaydi» — ??? Xajni ado etishlik Islom dinining musulmonlar oldiga qo'ygan 5 farzidan 1i!

  23. Uzi bu xokimlarga jerkib, minbarda utirib sukinish, insonlarni xakorat kilish moda buldimi deyman.urgatgan ustoziniyam..ke manam sukinmi.uyat buladi.savodli madaniyatli xokimlarni xam chikarilar.kurilik.bormi uzi?

  24. Xaromilar xaromilar xaromilar kim biladi bu suzning manosini. Exx afsus senga xokimlik martabasi. Xokimning tarafini olayotganlar shu xaromi sukishiga sherik bulib kolmanglar.

    1. Bu suzni ishlatadigan inson uzi «top-toza» bulsa hamm Allah kuli bulgan insonni, yaratganni ne’mati bulgan har Kim, har narsani kamsitish, hurllash, maskara kilishga halki yok. Bu Allahga karshi isyon.

  25. Exxxx. Uzbegim, uzbegim. Kimlarni uzingga xokim kilib olding. Sen tulagan solikdan oylik olib, seni noningni eb, yana seni «xaromi»ga chikaradi. U ish urin yaratib bermasa xam sen aybdor. Yana boshing egik. Shunchalik xakorat eshitishga loyikmisan.

  26. Kupol muomalalik hokimlar doimo bulgan shekilli.
    Esladim — onammi Rayispolkom Rayisi hafa kilganda uz honasida kulidagi sumkasi bilan basharasiga urgan ekan. Bu utgan asr 70 yilda bulgan.

  27. Men bu hokimni himoya qilayotganlarni tushunmayman. Ular yoki trollar yoki hokimni odamlari. Ey xalq, qachon paxta qo’yishdan xalos bo’lamiz-a!?Ha desa bir gap topib olganlar mavjud — «O’zing Vatan uchun nima qilib qo’yding?». Axirbu almisoqdan qolgan gaplarku. Bu gaplar ba’zi birlarni kirdikorlarini yopish uchun aytilgan gapligini qachon tushunib yetamiz? Birorta tanqidiy fikr yuritadigan bo’lsang «Nima, sen Davlat siyosatiga qarshimisan» yoki yuqoridagi kabi gapniaytib og’zingni yopmoqchi bo’lishadi. Nima davlat har doim to’gri siyosat yuritadimi? Qanchalik noto’g’ri siyosatlar yoritilganini hozirgi prezident Sh. Mirziyoev aytyaptiku. Noto’gri siyosatga qarshi qanday qilib qarshi chiqmaslik mumkin? Ha desa «Ozodlik», «BBC» singari OAV lar jinoyatchiga, tuhmatchiga chiqariladi. Nima, tanqid qilish mumkin emasmi? Aksincha, shu tanqid qilinganlardan xulosa chiqarilib, ayblarni tuzatish kerak emasmi?Tinchligimizga shukr qilib o’tiraverish vaqti o’tdi, ey haloyiq! Nima dunyodagi hamma davlatlarda urush-to’polon, faqat O’zbekistonda tinchlikmi? Nari borsa dunyodagi 5-6 davlatda notinchlik holos. Dunyoda 200 dan ortiq davlat bor, buni bilmaganlar bilib qo’yishsin. Ko’p yangraydigan yana bir gaplardan biri «Boshqa mamlakatlarda ham hammasi silliq emas» degan gap. Silliqmi, silliq emasmi, bu gapni nima keragi bor? Noto’g’ri e’tirozlarni bildirishni o’rniga bizning yurtimizda vaziyatni silliq qilish kerak emasmi? Kamchiliklar bisyorligini Sh. Mirziyoev aytib turibdiku. Yoki siz Prezidentga, uning siyosatiga qarshimisiz, janob Troll yoki Troll xonim? Sh. G’anievni esa men juda yaxshi bilaman. U rostdan ham o’gzi shaloq, jahldor kishi. Lekin bu og’zi shaloqlikni mardlikka yo’yadigan vatandoshlarimiz qancha? Nima emish, og’zi shaloqlik mardlik belgisi emish! E, o’lgurdim bunaqa mardlikdan. Bu janobni mard deb hisoblaydiganlar janobning qilayotgan amallari ham mardlikdan ancha yiroqligini bilishmasa kerak. Hozirgi prezidentimiz yangi saylangan paytlarida Fargona viloyatiga tashrif buyurishlari kerak bo’lib qoldi. O’sha paytlar Sh.Mirziyoev qaysi viloyatga tashrif buyursa o’sha viloyat kattalari ishdan olinayotgan edi. Turgan gap, o’shanda juda ko’pchilik xursand bo’lgan edi «Hokim ishdan ketadi» deb. LEKIN BIZGA NOMA’LIM SABABLARGA KO’RA U ISHDAN KETMADI. Bir marta esimda, Prezidentnini «Oyogi erdan uzilganlar», «Fuqarolarni haqoratlaydigan mansabdorlar» kabi gaplari yangragan paytda shu hokimni TV orqali tasodifan namoyish etisdi. Hokim zo;r berib bir narsalarni o’z daftariga qayd qilayotgandi. «Ha, endi insof kiradi» deb o’ylagan edim. Afsus….

  28. Xammamizani gapimiz uzicha tugridir lekin insonlani kamsitish bu notugri fikr etmokchi bugan gaplarini madaniyatli inson sifatida tushuntirish kere xammamiz xar xil viloyatdan bulsak xam bir yurtni odamlarimizku bu dgani bir oilamiz bir birimizga mexr okibatli bulilik besh kunlik dunyoda

  29. Bunday saviyasi past, ma'rifatsiz, madaniyatsiz, iymonsiz, kaltafaxm xokimlar prezidentimizning ishonchlarini suiste'mol kilishyapti xalos! Uylaymanki ularning xam ustidan albatta nazorat bor va ular xar bir xatti xarakati uchun javob berishadi. Agar javob bermasalar, isitmasi chikib, oshkor buladi.

  30. Xodimlarni xalq uzi saylashi kerak. Ungacha shu axvol qaytarilvuradi. 27 yildan beri shu xato narsa bo’p kevotti. Xokimlarni prezident emas xalq saylashi kerak. Prezidentga bo’shatish xuquqi qoldirilishi kerak.

  31. MARXUMLARNI ALLOX RAXMATIGA OLSIN! AMMOB'AD. BU AMALDORLARNI KUTURIShIGA XAMMAMIZ BAROBAR AYBDORMIZ VATANDOShLAR! XAKIKAT IZLAGANNI «yoZUVChI, IGVOGAR» dedik. XAKIKATPARVARLARNI Ko'LLAB KUVVATLAMADIK. MADDOXLARNI To'RIGA o'TIRGAZDIK. XAMELEON, LAGANBARDOR yoZUVChILAR, JURNALISTLARNI XURMATINI JOYIGA Ko'YIB YuRDIK. XAKIKATChI MARDLARNI YuRTIMIZDAN KUVGIN KILINIShIGA JIM TURDIK. JIM TURDIK. JIM TURDIK.

  32. Shash al dese bas alatug'ыn usыnday xəmelparazlardan qashan qutыlar ekenbiz. Olar xalыqtan gөri xəmelinen ayrыlыp qalыudan qattы qorqadы. Bəlentpəruaz sөzlerdi sөylep, tam aynalыp usыlay sөgetug'ыn xəmelparazlardan jəmiyet tazalansa eken.

  33. Voy iflos, a bu butun bir xalqni xaromi deb turibdiku axir, O'zbekistonni biror maxallasi yuqki rossiyaga ishlagani kntmagan bo'lsa, ayb aynan mana shunday xokimlardaku axir tadbirkorlarni qiyratib yurgan!!!

  34. Shuncha gap yozilvotdi nima naf zur kesa ishdan olinadi bundanam nima naf yana boshka joyga utiradi yigib kuyganlari uje bola chakasigayam etadi.Ishdan olish bilan birgalikda javobgarlikka tortish kerey bunakalani

  35. Bunaqa raxbarlardan qachon xalq qutiladi. Uzini dunyoni boshqaruvchisi deb uylavottimi? Shaxar va tuman xokimlarini xar ikki yilda xalqni uzi saylashi kerek. Ikki yildan sung uzi utirgan kursisiga loyiq deb topsa xalk yana saylaydi. Shunda xokimlar qayta saylanish ilinjida xalqni dardini eshitib, xalq uchun ishlaydi. A xozir xokimlar xalq uchun emas statistika uchun ishlashvotti.

  36. Yo tovba Prezident oldinga qarab qadam bossa bunaqa amaldorlar… taraqqiyotga tösqinlik qilishadi. Bunaqa hokim Feodal davr örta asrda amaldor bölishi kerak edi

  37. Xokimlar prezidentimizni joylardagi vakilli shunday ekan marifat va madaniyatlik bulishi kerak . Prezidentimiz uxlamay kechayu kunduz elim ertim xalkim deb yashayabdilar . Shuni aytadilarda til suyaksiz budadi deb.

  38. Lavozimdan ozod qlinsin Yengi lavozim berilsin toshloqda nechta odam bulsa jon boshiga 1 ta dan qöy hisoblab tog’u toshlarga tayinlansin yengi lavozimda qöylarga baqirib yuraversinlar

  39. Ahir ko’rmadingmi o’sha Rossiyaga ketgan yigitlarni yashayotgan uylari devorlari nurab ketgan, avariya holatida ekanligini.Eey aqli noqis hokim ! Ahir yoshlikda mehnat qilmay qariganda ishlaydimi!?? Senga «haromi» larni halol pullarini o’marish qanday qiyin bo’lsa,ularga ham halol pul topish yo’lida qiynalib,manzilga yeta olmay kuyib jon berishni oson tutma!!!

    1. Xokim tugul xech qaysi inson boshqalarni haqoratlashga xaqqi yuq, siz nima demoqchisiz xokim tugri qildi deb nima u axolini tepasida chiroq yoqib turganmi xaromiga chiqarib ularni, uyalayotgan bulsa ishdan ketsin undan kura qulidan kelgancha azadorlarga yordam bersin baribir uzini kistasidan bit sum ishlatmaydi, yana katta ketishinichi ertaga ustimdam yozsa yozaverishsinmush haliyam sog ominligingga shukr qil axmoqona gaplarni gapirguncha xokim janoblari! Xalqqa qarshi chiqishni oxiri yahshilik bilan tugamaydi Kim bulsang ham.

    2. Laziz Xodjakulov ey dabba, nimala dibtawavossan ozincha axmoq. Manga poxxuy kim qanaqa xokimlik qiladi, man ozimmi filrimmi etvomman. Terpilala kop bor joyda rivojlaniw bomidi, chunki xamma bir-birini kotini kovlab yuradi

    3. Sanjar Baymuradov birnchidan odamga o'xshab, to'g'ri gapirishni o'rganganingdan keyingina insonlar bilan muloqot qilish sharafiga munosib bo'lasan, ungacha ancha bor. Ikkinchidan, o'sha himoya qilayotgan hokiming bilan birga tosh asrlarda yashab yuraver, omad!

    4. Laziz Xodjakulov mani qanaqa yawawim dani si*masin xopmi? San zamonaviy biza tow asrini odamlari bobqoldikmi? Bawareni qara ozing bir… qiltiab yotibsan 3 kundan beri obqat yemagan odamga oxwisan

    5. Sanjar Baymuradov Dushanba kuni boshlig'ingga bizning yozishmamizni Yoshlar Ittifoqining raisiga shaxsan o'zim skrinshotini kiritib beraman. Kak raz ishim bor edi. Sendaqa otdel kadrlarni qaerlarda ishlab yurganini ko'rib qo'ysin. O'shanda gaplashamiz. Qanday shaxslar kadrlar tanlash bilan mashg'ul ekanligini bir ko'rib qo'ysinTayyorgarligingni ko'raver. O'chirsangdan ham befoyda, skrinshotni olib qo'ydim. Sendaqalarga madaniy jamiyatda joy yo'q.

    6. Sanjar Baymuradov Do ponedel'nika. Togda kak po feni botat', kak materit' i oskorblyat' lyudey, pered svoim nachal'stvom pokajesh' pered tem, kak tebya pinkom pod zad s trudovыm iz Soyuza molodeji vыturyat. Da, i ne zabud' svoe zayavlenie napisat'.

  40. MANA SIZGA ODAMIYLIK,INSONPARVARLIK…BU ODAMNI,ODAM DEYIShGA XAM TILING BORMAYDI,AKLI JOYIDAMIKIN,AMALIDAN KETIB KOLIShIDAN KURKIB AKLI OZIB KOLIBDI.
    XECh NARSADAN KURKMASLIGIChI,PREZIDENTDAN KURKMASSAN BALKI,ALLOXDAN XAM KURKMAYSANMI???
    OYNAGA BIR KARA KIMLARGA UXShISAN,ODAM TUKKANMI SENI…???

  41. Xokim janoblari allox sal kurk sen bergan pul seni nakd chuntagingdan ketmagan. Usha eshu kari bolam chakam ota onam yaxshi yashasin esin deb safarga ketgan edi allox amri bilan riski tugab omonatini berguvchi zotga kaytardi ular shaxid ketdi shaxidlik makomi xar kimga xam buyurmaydi. Sen xokimni korning tuk unisi bunisidan xaromlarcha eysan ular esa xalol eyishgan odamlar. Agarda ularni orasida seni jigar porang bulganida edi ularni yuragidagi ogrikni sezarding, sezish uchun sen odamda yurak bulish kerak yuraging, be bismilloxliging uchun shunaka xaromi deb atagansan xaloldan tugilgan xokim janoblari.

    1. Ho’sh,shuning uchun marhum va ularning yaqinlarini,qo»yingki butun boshli tuman xalqini xaqoratlash kerakmi? Birinchidan,lavozimni chidagangs chiqargan,ikkinchidan hech kim bu manqurtni yoqasidan ushlab hokimlikka o’tirg’izib qo’ymagan. Xalq poshshoga o’xshagan bo’ladi demak bosh xaromi-mana shu hokimning o’zi

  42. Man hozir tushunmadim, bu muammo bilan Hajni nima aloqasi bor? Bu inson o’zidan podsho yasavoldimi? Man hukumatimizga ishonaman, jamiyatni bunday dushmanlardan tozalaydi tez orada…

  43. Padariga Ming Lanat Shu Xokimni Qanday Xaqqi Bor Xaromi dishga Keyin Qaysi Og’zi bilan Etdi Xajga borish Taqiqlanadi Dip Shalto og’zinga ot tushkur Xokimman dip Gapirip tashivurarkande San Olloh misan Xudo misan Xajga borishni Taqiqlisan Xaqqin yoq san Moll ni Xalqni Nafratiga qarg’ishiga uchragur Insofsiz Olloh Jazoyini bersin Prezidentimiza Shu xokimga Bir Chora koradila digan itdaman

  44. ASSALOMU ALAYKUM BU XOKIM UZI BIROR IShNI UDALAYDIGANLARDAN EMAS ShKILI ISh JOYI YaRATISh UChIN KAYGURISh URNIGA ODAMLARNI XAKORATLAB UTIRIBDI XAMA ISh YaXShILIKA BULYaPTI BUNDAN BOShKA XOKIMLARGA IBRAT BOR XAMMAMIZGA INSOF BERSIN UZBEK BIR BIRINI XURMAT KILIB EZOLASIN

  45. Farg'ona vodiysida bo'lganimda bir narsa e'tiborimni tortgan edi. U erda tili chiqqan boladan tortib katta odamgacha bir-birini xaqoratlasa «xarami» so'zini juda ko'p ishlatarkan. Balki bu til refleksiga aylanib qolgandir.

  46. Sakson milion uchun, yani xar bir marxum lylasiga besh milion yordam so'm puli uchun. Butun bir qishloqni xaromiga chiqazib va otamariga lanatlarni yog'dirdiya.
    Undan ko'ra o'sha pulni bermagani maqul edi!

  47. Ishlashga sharoit qilib bermasdan zavod fabrika ochmasdan xalqdan talab qilayotgan narsasini qarang. Oldin sharoit qilib bermaysanmi, keyin talab qilmaysanmi, chetga chiqma deb. U bechoralar ham Rossiyaga dam olgani ketayotuvdi , zagaratsa qigani . Afsus umri qisqa ekan jonlari uzildi. Majburiyat yuzasidan ketayotuvdiku ular. Ishdan kelganingda bolang oldingga yugurib chiqsayu adajon nima olib keldiz desa, sani biror narsa olib kelishga puling bo‘lmasa o‘kirib yig‘lashing kerak bo‘lgan kun o‘sha. Agar san shu xalqni ichidan chiqqan bo‘lsang bu holat san uchun begona emas. Xalqni taziyasi bor kunda uni so‘kish bu mardni ishi emas. Bilamiz san uchun statistikang buzilmasin hammasi yaxshi bo‘lsin qog‘ozda amaldachi amalda… . Haliyam bechora o‘zbek xalqi yaxshi shukur qilib yashaydi , lekin andishani nomini qo‘rqoq qo‘yma.

  48. Aslida bu xokim xam yomon niyatda aytmagan asabiylashgandan bilmay aytib yuborganda yaxshilik tomonga gumon kilaylik aziz vatandoshlar. Bunday xakoratli suzlardan foyda yuk. Kechirasizlar yaxshilikdan yaxshisi yuk.

    1. Erkak kishi ikkita narsasiga qatiy turishi kerak ikkta ĵaĝni örtasiga va ikkita oyoqni ortasiga bilmasdanam haromi dipoladimi yokiy bilmasdan s…ib qoymiydiku toĝrimi

  49. Ushbu xokim TV orkali barchadan, ayniksa Fargonalik yurtdoshlarimizdan UZR surab ketin ishdan ketishini va kelgusida xech kaysi lavozimga tayinlamasliklarini Prezidentimizdan suraymiz !!!

    1. Bu odami yakinlari xam osmonda yurishadi birovlarni shaxsiy xayotlarini xam zaxarlashvoradi guvoxi bulganmanu yakin tanishi uni nomi bilan kancha mani ezvorgan exee tugri yozibsiz raxmat sizga

  50. Bu Janobning ma'ruzasini eshitib.., xayron koldim..Toshlokliklarning aybi.., Kozogistonda yongan avtobusdagilarning kupchiligi. shu tumandan ekan.., va Ular bu Turani sharmanda kilib ketganmish…Shu xam gapmi..?? Endi bu yogiga..Ajalga xam..Borib xokimimizdan ruxsat olib keel deyilishi kerakmidi..??? Bu Zot .., uzini nafakat insonlardan.., balki Yaratgandan xam Ustun kuyarkan shekilli ???

    1. Yuuk.., judaa yaxshi tushunishadii..Afsuski.., Kuup yillar davomida.., mansabdorlar Insonlar ruxiyatini obdoon sindirib.., tiz chuktirib boshkarib kelgan..va Turamizning «urganlari un oshi.., sukkanlari suk oshi » deyishga urgatgan… Dangalchasiga aytilsa —Xaromi.., ya'ni Uynashdan bulganlaar .., deylsa xam chidashga urgatishgan..

  51. Bu kalamishgaxam nari borsa Andijon shaxar xokimiga kullangan ma'muriy ish kullaniladida 5-6million jarima solinadi u bilan nima uzgaradi, u janob esa bitta yalakisiga buyuradi jarimani tulab kuyadi buldimi? Inson kadri shunchalar arzonmi butun boshlik tuman axolisini xaromi desayu ma'muriy ish bilan epdi-epdi bulib ketaversa, u uzi xaromi degan suzni ma'nosini tushunarmikan?, naxotki butun boshli tumanni otasi betayin bulsa bu xaromiga eng kami oliy jazo kulashni talab kilgan bular edim, shundagina azadorlarni kaygusixam biroz unutilar edi.

  52. Kim xukuk beribdi unga xalkni xaromi deyishga? Erta xayotdan, begunox kuz yumganlarning oilalariga bildirgan ta'ziyasimi bu? Muxtaram yurtboshimiz jon kuydirib kayguryapti bular uchun. Bu xokim bulsa… xaromi deb xalk kilsa…

  53. Man kukonlikman Sh.Ganiev bizning viloyat xokimi.Xizmat yuzasidan bu kishi bn tuknash kelgan paytlarim kup bulgan.Aslida kechayu kunduz yurt tarakkiyoti uchun tinim bilmaydigan raxbar.Fargonadagi raxbar kadrlarni kattikkulligi bilan boshkarib turibdi

  54. Oson emasMan shaxsan prezidentimiz G.Mirziyoev Fargona viloyatiga kelganlarida selektr yigilishida oldingi katorda utirganman.Prezident shunday deganlar:Shuxrat Ganiev — tinim bilmaydigan raxbar bunday raxbarlar bizga kerak.

    1. San xaromisan! Tepa sochiz tikka buldimi, manga nisbatan nafratiz oshdimi, nima xakking bor demokchisiz! Endi xurmatli Gulchexra Yarasheva xakoratlangan xalkni urniga uzisni kuyib kuring. Kim va nima bulishidan kat'iy nazar xech kim birovni xakoratlashga, nafsoniyatiga tegishga xakki yuk! Xalk uchun tinimsiz mexnat kilaetgan emishlar, mayli omadlarini bersin, mexnatlarining samarasi bersin. Lekin u uzini saylab kuygan xalkni shunchalik emon kurar, xaromi deb xisoblar ekan, unda kuzbuyamachirlik kilib mexnat kilishning nima keragi bor?!

  55. EChKINI ShAMOL UChIRSA MANAShUNAQA NUSXA XAROMINI OSMONDA KO'R DEYIShGAN OTA BOBOLARIMIZ
    PRIZIDENTIMIZ BUGUNGI KUNDA BOShQARUV BILAN XALQNI BIR BIRIGA YaQINLAShTIRIShGA URINIB TURGAN PAYTDA MANABU IFLOSNI XALQQA MUOMALASI O'Z AXLATINI EYISh BILAN BAROBARDIR
    ASTAG'FIRULLOX

  56. bu amal hammadan qoladi, amal borligida odamlarni bunday suz bilan atamaslik kere, menimcha, ertaga u odam ham oddiy odamlar qatoriga utadi, yoshroq aqllirog’i urnini egallaydi, shunda hamma quli bilan kursatib ana kecha katta gapirardi, uzini qara amaldan tushibdi deydi, shunga bu inson ishlash uslubini uzgartirsa uziga ham yaxshi bulardi.

  57. Kriklivыm gospodam, sovet xoroshiy na zametku-
    Narod ne stanet uvajat', i prizыvaet Vas k poryadku
    Nikto ne v prave oskorblyat', a unijat' tomu podavno
    Uzbekistan vstaet s kolen, jilos' chtob luchshe cheloveku

    1. Oni i ran'she — vo vremena Soyuza rabotali vtixomolku. Kogda nastupish' na xvost, togda i pokazыvayut svoyu istinnuyu naturu.

  58. Usha xokim tumanda eki viloyatda ish joylarini yaratib berganda shuncha inson olovda enib ketmasdi, ularni oila azolariga xamdardlik bildirishni urniga etgan gapi shu buldimi? Maylin ungayam kun bordur, tobut bilan kresloni egasi bumidi xozircha viloyatda birinchi shaxs, ertaga kim buladi jinoyatchi kazzobmi eki murda? buni yaratganni uzi biladi, balkim ertaga uzi shaxsiy eki xizmat mashinasida triklayn enib ketar? Buni vakt kursatadi. Utganlarni oila azolariga Allox sabr bersin!

  59. Men ham bu haqoratli gapni eshittim va qanday vazifa amaldori bo'lmasin avvalo o'zini inson ekanligini unutmasmigi kerak, agar ozidan chiqadigan so'zni mazmun mohiyatini bilmasa unda maktabni boshidan boshlashi kerak balki aytgan gaplarini umuman tashinmas, eski ta'lim olgandir, lekin haqoratli so'zni insoniyatga qanday ta'sir qilishini hokim bilishi shart, men hokimning og'zidan chiqqan haqoratni hatto sms qilib yoza oliayapman, uning o'zi kimningdir farzandi va uning ham farzanlari bordir, agar o'sha gapni uning o'ziga aytsa qanday qabul qilar ekan,

  60. Hamma xatolar shoshilib qaror chiqarishdan. Hammamizham xato qiganmiz, so‘kinganmiz balki yuziga balki orqasidan begunoh parvardigor. Batta gap butun xalq xaqida emas lovozimiga noloyiq loqayd raxbarlar xaqida ketmoqda buni tushingan tushunadi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *