Xalqaro Valyuta jamg'armasi: O'zbekiston Qozog'istonning jiddiy raqobatchisiga aylanadi

510 views

Xalqaro Valyuta jamg'armasining fikricha, O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar Markaziy Osiyoda sog'lom raqobatga olib keladi va qo'shni Qozog'istonning rivojlanishiga ham turtki beradi. Bu haqda Xalqaro Valyuta jamg'armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori Mark Xorton ma'lum qildi.

«O'zbekiston Qozog'istonning xorijiy sarmoyalar uchun yaxshi ma'nodagi raqobatdoshiga aylanadi», dedi Xorton seshanba kuni Nur-Sultondagi uchrashuvda. Uning fikricha, raqobat har ikki davlatning shaffoflik va ishbilarmonlik muhitini ijobiylashtirish uchun ko'proq va yanada yaxshiroq ishlashga majbur qiladi.

Takidlanishicha, O'zbekistonning ko'p yillik izolyatsiyadan keyin chet el sarmoyalariga o'z eshiklarini ochishi Qozog'istonning iqtisodiy mintaqaviy markaz mavqeyiga tahdid soladi.

O'zbekiston aholisi 33 millionni tashkil etadi, bu Qozog'iston aholisidan bir yarim baravar ko'p degani. Ammo XVJ ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatning iqtisodiyoti qo'shni davlat iqtisodiyotiga qaraganda uch baravar kichik.

Xortonning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston rasmiylari «Xalqaro valyuta jamg'armasining siyosiy maslahatlari va texnik yordamiga kuchli xohish bildiryapti» va qisqa vaqt ichida juda murakkab va keng ko'lamli islohotlarni boshladilar.

Uning fikricha, O'zbekiston xilma-xil katta bozorga va yaxshi rivojlangan iqtisodiyotga, asosan, sanoat sektoriga ega, lekin mamlakat barcha sohalarda Qozog'iston bilan raqobatlashishi haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

«O'zbekiston Qozog'istonning xorijiy sarmoyalarni jalb qilish borasidagi tajribasidan foydalanish yo'llarini izlashi kerak va ikkala qo'shni davlat ham hamkorlikka va o'zaro sarmoyaga ochiq bo'lishi kerak», deya qo'shimcha qildi u.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.