Foydasiz valjirashlar… Yoki keyingi bekat — vijdon

Falsafa so'qimoqchi emasman. Gap futbol haqida. Futboldagi eng og'riqli nuqtamiz to'g'risida! Bu nuqta borgan sari yiriklashib katta, yaxlit qora dog'ga aylandi. Aylanayapti.

Koinotdagi qora tuynuklar haqida eshitganmisiz? Dunyoning mana-man degan olimidan «Samodagi eng dahshatli hodisa nima?» — deb so'rasangiz, oladigan javobingiz shunday bo'ladi: «Bu — qora tuynuklar. Ular — qazosi etib botib ketgan, g'oyib bo'lgan, yo'qolgan yulduzlarning joylari, so'nggi manzilidir».

Fazodagi mudhish fizik hodisa menga o'zbek futbolining bugungi ayanchli ko'rinishini eslatadi. Masalan, agar kelishilgan o'yinlarni — «qora tuynuk» deb tasavvur qiladigan bo'lsak, u bir necha yillardan beri muxlislarning orzu-umidlarini, baxtiqaro iste'dodlarni, futboldagi shavqu-shiddatni uch boshli ajdarhodek o'z komiga tortib kelayapti….

Qani, bizda, O'zbekistonda o'sha hayvonsifat maxluq bilan kurashib ko'ringchi? Og'iz juftlasangiz, tilingizni yulib oladi. Mabodo, yurak yutib bitta boshini kesib tashlasangiz, o'rniga yangisi o'sib chiqadi. Foydasi yo'q. Oxiri, hafsalangiz pir bo'lib, yaratgandan insof so'rab qo'ya qolasiz. «Har kimning o'z vijdoni yoki jig'ildoniga havola», — deysiz kamida. Qayda, ajdarhoda vijdon ne qilsin!?

Paxtakor-Metallurg (kelishilgan) o'yini atrofida juda ko'p gapirildi. G'ing desangiz, isbot so'raydiganlar ham uchrashuvning o'ta didsizlik bilan sahnalashtirilganini egilibgina e'tirof etdi. Bitta-ikkita «temirchi» xo'jako'rsinga jazolandi ham.

Ammo, «paxtakorchi»larning ham giribonidan olinishi to'g'risidagi «balandparvoz» do'q-po'pisalar, keyinchalik «yig'loqi» go'dakni bir muddat ovozini o'chirish uchun qilinganligi sezilib qoldi. Xullas, futboldagi «katta»lar kelishganlar bilan «kelishib ketdi».

Keyinchalik jurnalistlarning yuqoridagi «jazolash va'dasi» haqida «kattalar»ga bot-bot eslatishi hech narsani o'zgartirmadi. Hech kimning vijdoni qiynalmadi.

Bir bo'lib o'tgan voqeani sizlarga so'zlab bermoqchiman. 2012 yilda Janubiy Koreyalik futbolchi Li Gyun Xvan butun umrga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatiladi. Sababi — kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani edi. Butun mamlakat oldida yuzi qora bo'lgan Li sharmandalikka chiday olmaydi va o'zini osmono'par binodan tashlashga qaror qiladi…

Umuman, ushbu mamlakatda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash kampaniyasi davomida shunga o'xshash ayanchli hodisalar yana ikki-uch takrorlandi. Bu bilan kimgadir o'lim tilash niyatim yo'q. Faqat, ushbu mamlakatda kelishilgan o'yinlarga federatsiya, jamoatchilik, oddiy xalq va futbolchilarning munosabatini ko'rsatmoqchiman, xolos.

Avvalo, vijdon uyg'oq bo'lsin!

O'tkir Qalamtebratar

6 kommentariev

  1. «Futbol» nima uzi? Oyok uyini
    Boksam bulmasmidi otam kuyini…
    Kalbimni tirnadi eski yaralar
    Kani eshitmasam «futbol» suzini…

    Ashaddiy ishkiboz uyin kuradi
    Uyin sotilganin kaydan biladi?
    «Uzbekcha futbol»ni peshvolarini
    «Padariga ming …» degim keladi…

    Axir tamal toshin kuygandur ular
    Darvoza urniga tikildi «pul»lar
    Kuzim yoshlanadi, ichim yiglaydi
    Fargonam futbolin uldirdi shular!

    Kani dovruk solgan «Navbaxor»larim?
    Naxot tarix endi «Neftchi — shonim»?
    «Bunyodkor», «Paxtakor» bulingiz omon…
    Sizga «kurbon» buldi aziz dustlarim…

    Murabbiyning «Zur»in olib keldingiz…
    «Sulaymon toji»si kiyildi boshga
    Bu Rivaldo, deya kukrak kerdingiz!
    Kornini tuydirdi «Choyxona — osh»ga…

    Kaerdan berildi ularga milliyon?
    Xisobi suralmas, bu «uzbekchilik»
    Kimga foyda buldi, kimlarga ziyon
    Xakamni kargaydi ishkiboz — shurlik…

    Futbolni bulgadi siyosatdonlar!
    Xar soxa pul degan «zur ustamon»lar!
    «Korruptsiya» gulladi, maxorat uldi!
    Urmon kesib yurar talanti borlar!!!

    Aslida kishlokdan chikar Pelelar
    Mirjalol, Odildek xujumchi sherlar!
    Tanish bilishchilik yukolsin endi!
    Maydonda tup sursin Uziga Beklar!!!

  2. «Futbol» nima uzi? Oyok uyini
    Boksam bulmasmidi otam kuyini…
    Kalbimni tirnadi eski yaralar
    Kani eshitmasam «futbol» suzini…

    Ashaddiy ishkiboz uyin kuradi
    Uyin sotilganin kaydan biladi?
    «Uzbekcha futbol»ni peshvolarini
    «Padariga ming …» degim keladi…

    Axir tamal toshin kuygandur ular
    Darvoza urniga tikildi «pul»lar
    Kuzim yoshlanadi, ichim yiglaydi
    Fargonam futbolin uldirdi shular!

    Kani dovruk solgan «Navbaxor»larim?
    Naxot tarix endi «Neftchi — shonim»?
    «Bunyodkor», «Paxtakor» bulingiz omon…
    Sizga «kurbon» buldi aziz dustlarim…

    Murabbiyning «Zur»in olib keldingiz…
    «Sulaymon toji»si kiyildi boshga
    Bu Rivaldo, deya kukrak kerdingiz!
    Kornini tuydirdi «Choyxona — osh»ga…

    Kaerdan berildi ularga milliyon?
    Xisobi suralmas, bu «uzbekchilik»
    Kimga foyda buldi, kimlarga ziyon
    Xakamni kargaydi ishkiboz — shurlik…

    Futbolni bulgadi siyosatdonlar!
    Xar soxa pul degan ishbilarmonlar!
    «Korruptsiya» gulladi, maxorat uldi!
    Urmon kesib yurar talanti borlar!!!

    Aslida kishlokdan chikar Pelelar
    Mirjalol, Odildek xujumchi sherlar!
    Tanish bilishchilik yukolsin endi!
    Maydonda tup sursin Uziga Beklar!!!

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *