Eron rasmiylari «tuxum isyoni» barbod bo'lganini bildirdi

Eron Inqilob soqchilari korpusi rahbari Muhammad Ali Ja'fariy mamlakatni keyingi hafta davomida qamrab olgan norozilik namoyishlari yakunlangani haqida ma'lum qildi. Uning so'zlari korpus matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

«2017 yil isyoni barbod bo'lganini ma'lum qilaman. Namoyishchilar kam sonli bo'lgan va butun Eron bo'ylab 15 ming kishidan oshmagan», — dedi Ja'fariy.

U Vashington, Tel'-Aviv va Ar-Riyodni IShIDni Eronga qarshi gijgijlashda aybladi.

«AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoni IShIDga qo'poruvchilik faoliyatini yuritish uchun Eron hududiga kirishga buyruq berdi», — ta'kidladi korpus qo'mondoni.

28 dekabr' kuni kechqurun Mashhadda 200 kishi tuxum narxi keskin ko'tarilishiga javoban norozilik aktsiyasi o'tkazgandi. Politsiya ularning 52 nafarini hibsga oldi. Keyingi kunda norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqaldi.

OAV ma'lumotiga ko'ra, 6 kun davom etgan tartibsizliklar vaqtida kamida 20 kishi halok bo'ldi, 1000 nafardan ortiq kishi qo'lga olindi.

manba: http://sof.uz

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *