Erkaklar sotiladigan do'kon

Shaharlarning birida ajabtovur do'kon ochildi. Undan ayollar o'ziga yoqqan erni tanlashi va sotib olishi mumkin edi. Do'konga kiraverishda quyidagi bildiruv ilingandi:

1.Bu erga faqat bir marta kirishingiz mumkin!

2.Do'kon 6 qavatdan iborat. Erkaklarning sifat ko'rsatkichi qavatlarosha ortib boradi.

3.Siz har qanday erkakni binoning istalgan qavatidan tanlab olishingiz yoki yuqoriga ko'tarilishingiz mumkin.

4.Pastki qavatga qayta tushish taqiqlanadi!

Bir ayol o'ziga munosib umr yo'ldoshi topish ilinjida mazkur do'konga kirdi. Birinchi qavatdagi: “Ishlaydigan erkaklar” yozuvini o'qigach, darhol ikkinchisiga ko'tarildi.

Ikkinchi qavatda quyidagi yozuv bor edi: “ Ishlaydigan va bolalarni yoqtiradigan erkaklar”. Ayol uchinchi qavatga yo'l oldi.

Uchinchisida ushbu so'zlarni yozilgandi: “Ishlaydigan, bolalarni yoqtiradigan va o'zgacha chiroyli erkaklar”. Ayol “O'hho', zo'rku!” dedi-yu, ammo baribir to'rtinchi qavatga ko'tarilgisi keldi.

To'rtinchi qavatdagi bildiruv biroz uzun edi: “Ishlaydigan, bolalarni yoqtiradigan, ko'zni qamashtiradigan darajada ko'rkam va uy yumushlariga yordamlashadigan erkaklar”. Ayol beixtiyor xitob qilib yubordi: “Yo'q, aql bovar qilmaydi! Nahotki shunday bo'lsa?! Bundan ortig'i menga kerakmas!” Lekin, shunday bo'lsa-da, navbatdagi qavatga chiqish istagi ustun keldi.

Beshinchi qavatdagi e'lon aqlni shoshirardi: “Ishlaydigan, bolalarni yoqtiradigan, ko'zni qamashtiradigan darajada ko'rkam, uy yumushlariga qaralashadigan va romantik erkaklar”. Ayolning bu qavatda juda-juda qolgisi va o'ziga juft tanlagisi keldi. Biroq ko'ngil istagiga quloq tutmay, so'nggi qavatga chiqishga jazm qildi.

Oltinchi qavatda u quyidagi yozuvga ko'zi tushdi: “ Siz bu qavatga tashrif buyurgan 31456012-chi xaridorsiz. Bu erda erkaklar yo'q. Ayollarning injiqliklarini chek-chegarasi yo'qligini yana bir isbotlash uchun mazkur qavat barpo qilingan, xolos. Do'konimizga kelganingiz uchun minnatdorlik izhor etamiz!”.

H. Tohirov tayyorladi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *