Dushanbe: Davlat tillarimiz chet tilimi?

Internetda «Tojikiston» telekanali orqali Dushanbedagi «Ko'hi Barbod» kontsert zalida o'tkazilgan tantanada prezidentlar Imomali Rahmon va Shavkat Mirziyoevlar nutqlarini tingladim. Har ikkala davlat rahbari ham rus tilida nutq so'zladilar. Qizig'i shundaki, ikkala davlatda ham rus tili davlat tili emas va qonunlarga ko'ra hech qanday rasmiy maqomga ham ega emas.
Nutqni Tojikiston va O'zbekistonda tinglagan aholining 75 foizi uni to'liq tushunmagani yoki umuman anglamagani aniq. Prezidentlar ham buni g'oyat yaxshi bilishadi. Unda «katta akalari» yaxshiroq tushunishi uchun chet tilida so'zlashdimi?
Aslida, qanday bo'lishi zarur edi?
Har ikki prezident ham o'z davlat tilida nutq so'zlashi, tilmochlar esa o'zbek va tojik tillariga o'girib turishlari kerak edi. Chunki, o'zini, xalqini va, qolaversa, qonunlarni hurmat qilgan davlatlarda  davlatlararo rasmiy munosabatlar shu tarzda yuritiladi.
Davlat tilida ishlay oladigan tilmochlar esa, afsuski, umuman etarli emas. Qanday xalqaro tadbir o'tkazilmasin, albatta davlat tiliga emas, balki rus tiliga o'giriladi. Hukumatimiz bu boradigi kamchiliklarni ketkazish uchun tezlik bilan hamma choralarni ishga solishi kerak.
Shu muammoni Feysbukda yoritsam, bir o'quvchi «hadeb til haqida yozaverasizmi? Zamon shuni talab qilgandan keyin rus tilida gapirishga majburmizda» degan anglamda sharh qoldiribdi. Sharhni o'qib, 1980 yillar so'nggida o'z tillarini davlat tili o'laroq e'lon qilgan, aholisi atigi bir yarim ikki million bo'lgan Boltiqbo'yi davlatlari esimga tushdi.
 
Ular o'z xalqi tilini davlat tili deb e'lon qilishganida rus tilida so'zlashuvchi aholi ayuhannos solgan, Rossiya esa ularning huquqlari «kamsitilayotgani» haqida tinmay bong urgandi. Oxiri nima bo'ldi? Latish, litov va estonlar ruslar bilan faqat o'z tillarida gaplashishdi. Ruslar ruscha savol so'rashsa ham ona tillarida javob berishaverdi. Sekin asta rus maktablaridagi ko'pgina fanlarni o'qitish davlat tiliga o'tkazildi. Davlat ishlari esa to'liq davlat tilida olib borilmoqda.
 
Bugungi kunga kelib, Boltiqbo'yi respublikalaridagi rus tilida so'zlashuvchi aholi davlat tilini binoyidek o'rganib olishdi. Rossiyaning uni o'chdi.
 
Bizda esa o'tgan davr ichida Boltiqbo'yidagi ahvolning butunlay teskarisi yuzaga keldi. O'zbek tilini bilmaydiganlar bemalol mansabdor bo'lib yurishibdi. Achinarlisi shundaki, ularning ko'pchiligini aynan ona tilidan «uyaladigan» o'zbeklar tashkil qiladi.
 
Agar O'zbekiston prezidenti davlat tili mavqeini ko'tarib, faqat o'zbek tilida gapirganida edi, boshqalarning ham ko'zi ochilib qolardi. 
 
Mustaqil davlat bo'lgani holda, hukumatimiz qachongacha o'zbek tilini emas, balki chet tilini targ'ib qiladi?
  

Baxtiyor Shohnazar

55 kommentariev

    1. Tugmalarni bosmasdan va kamchiliklarni aytishga qo’rqib, pusib o’tirish esa undan-da oson.

  1. Rus tili xalkaro suzlashuv tili. Masalan, man tojikchani tushunmayman. Emomali Raxmon uzbekcha gapirsa boshka gap edi. Bir birlari uchun tushunarli tilda gaplashildi. Tuturugi yuk natsionalist gaplar tugamas ekanda.

    1. Maqolani o’qib, mag’zini chaqa olmasdan tuturuqsiz gaplarni yozgan odamlarga nima deb javob yozishga ham xayron qoladi, kishi.

    2. «… ikkala davlatda ham rus tili davlat tili emas va qonunlarga ko'ra hech qanday rasmiy maqomga ham ega emas» degan jumlaning anglamini idrok va tahlil qila olasizmi?

    3. «Har ikki prezident ham o'z davlat tilida nutq so'zlashi, tilmochlar esa o'zbek va tojik tillariga o'girib turishlari kerak edi. Chunki, o'zini, xalqini va, qolaversa, qonunlarni hurmat qilgan davlatlarda davlatlararo rasmiy munosabatlar shu tarzda yuritiladi».
      Shu oddiy gaplarni tushunmagan odam qanday qilib maqola muallifi bilan tortishuvga kirayapti?

    1. Navoiy zamonida internet ham bo’lmagan. Javobingizni xo’rozni dumidan qilingan qalam bilan yozib, birortasidan menga berib yuborsangiz, iltimos.

    1. Ha, janob Irgashev. Familiyangiz yarmi o’zbek, yarmi o’rischa bo’lib qolibdi. Uni ruscha «Tyagachev»ga almashtirsangiz ham bo’ladigan darajaga yetib kelibsiz. Tabriklayman.

  2. Har bir davlat rahbari o'z davlat tilida gapirib,elektron tarjima qilish moslamalari bilan tarjima qilishsa yaxshi bo'lardi.Biz mustamlaka emasmiz,xuddi shunday qo'shnilarimiz ham mustaqil davlat.Juda chiroyli tili ham bor

    1. Bu mavzuni anglashiz va xolis bahsga kirisha olishiz uchun kamida yuz tandir non yeyishiz kerak.

      1. Assalomu alaykum Baxtiyor aka siz xafa bulmang,men 1987 yillar SA safida xizmat kilganimda gruzin tengdoshlarimning fikr yuritishlaridan juda xayron kolganman,
        ular uz alifbosi bilan magrurlanishardi va bizlarga ya'ni urta osiyoliklarga, senlar xatto uz alifbolaringni xam saklab kolomagansanlar mana bizlar sizlardan (son jixatidan) oz millat bulsak xam uz alifbomizni saklab kolganmiz deb,bu yogini tushinib olovering.

  3. Jonga tegishdi lekin, kachon shukr kilishni urganamiz ey odamlar. Xammasi asta sekin yaxshi bb boryaptiyu, Prezidentimiz ikki davlatning dustona uchrashuvida nutk suzladilar, xalkaro konfirensiyadamas. Sal kallani ishlatib makola yozilar, bir tiyinga kimmat saviyasi past, lattani xidi keladigon makolalar kupayib ketyapti. Matbuot erkinligi deganda chupak olib bir erni kavlash tushunilmaydi.

  4. Afandi uyiga tushgan ug'rini ushlavolib, nega mening uyimga o'g'rilikka tushasan, deb och biqiniga tushiribdi. O'g'ri nima deyishini bilmay, o'zing nega xotiningga kalish obermaysan, degan ekan. Okean ortidagi «og'aynilar»ga gap qolmadi-da.

    1. Sizlar o’tgan 20 yil ichida mamlakatni shunchalik botirib qo’ydinglar-ki, prezidentning o’zi bu ahvolda ortiq yashab bo’lmasligini qayta-qayta aytayapti. Siz maddohlik qilgan zamon endi qaytib kelmaydi. Ko’zingizni kattaroq ochishga urining.

  5. Yukorida juda kupchilik muallifga yomon munosabat bildirishibdi. Aslida kecha men xam shu ma'noda sharx yozgan edim. Lekin bunday duppini olib kuyib mushoxada kilsanglar, u kishi 150 foizga xak gapni yozganlar. Ularni yozganlari buyicha bulsa Uzbek tili uluglanadi! Uzbek va ingliz, uzbek va fransuz, uzbek va nemis va xokazo va xokazo tilmochlarimiz kupayadi! Mana sizga ish urni! Xakikatdan uris tilini birinchi uringa chikarishni unga sajda kilishni tuxtashimiz kerak! Bizlar uzbeklarmiz! Tilimiz uzbek! Dilimiz uzbek! Kalbimiz uzbek! Kachongacha boshka davlatni tilini uzimizga vosita kilib yuramiz? Nima uchun Rossiya raxbarlari boshka davlat raxbari bilan uchrashganda uzbek tilidan foydalanmaydi?Chunki u Rossiya davlatini raxbari, Uzbekistonni emas! Urganmaganlar urgansin! U kim bulishidan kat'iy nazar! Prezidentimizni uzlari elchilar bilan uchrashuvda shunday talab kuydilar: Alisher Navoiydan, Erkin Voxidovdan, Abdulla Oripovdan bir satr she'rni bilmagan odam kanday kilib Uzbekistonni elchisi buladi deb?!
    Yashasin xakikiy uzbek Prezidenti! Yashasin Uzbek tili!

  6. Baxtiyormisan, Shonazarmisan, uka, sen bir narsani bilishing kerak- ingliz, rus, xitoy, ispan, frantsuz va arab tillari BMT tomonidan xalqaro tillar deb tan olingan. Xalqaro muloqotlar shu tillardan birida olib borilsa, sinxron(texnik) va jonli tarjima uchun yaxshi deb qilingan, menimcha. rus tilida gapirish degani mustamlaka degani emas,Masturaxon. Hindlar Angliyada yashash, ingliz tilini bilishlarni mustamlakachilikni sog'inish deb tushunishmaydi. Nima qilaylik sizlarningcha, 10- 15 ta tarjimon boshqa tillarni o'rgansinda, 32 million kishi o'zbek tilidan boshqasini o'rganmasinmi? Menga qolsa, Prezidentimiz nutqini 3- 4 tilda o'qisin, bundan unga nisbatan faqat HURMATIMIZ OShADI. «Nutqni Tojikiston va O'zbekistonda tinglagan aholining 75 foizi uni to'liq tushunmagani yoki umuman anglamagani aniq» o'ylabroq gapir, uka!!! Sen bu gaping bilan saviyang pastligini ko'rsatib qo'yding. Tojikistonni bilmadimu, O'zbekistonda aynan 75% aholi rus tilidagi nutqni tushunsa kerak, balki ko'prog'i hamdir.

    1. «Jumayev Shuhrat»man deb, sansirashga o’tvolish madaniyat darajasini belgilaydi, aslida. Uning ustiga — yuzini ko’rsatishga qo’rqib, quruq ramkani ichiga yashirinib olgan bo’lsa! Hay, mayli, javob beraqolay. Sen mamlakat qonunlarini yaxshilab o’rganib chiq. Qonunlar amal qilmaydigan jamiyatda anarxiya hukmronligi o’rnatiladi. Senga dars berishga vaqtim yo’q. O’zing maqolada nazarda tutilgan qonunlarni anglab, topib o’qishga urinib ko’r. Ishlaring o’ngidan kelsin!

  7. Avtorga…
    Kuxi Barbodmas, Koxi Borbad… Kux tojik tilida tog buladi. Kox esa saroy. Borbad odamni familiyasi. Barbod-xamma joy rasvo buldi degani. Birovni xatosini kidirish oson, albatta

    1. Mard bo’lsang yuzingni ko’rsatib bahslash. «Gulchitay, otkroyka luchiko». («Beloye solnse pustini» filmidan)

  8. Xa endi ruscha da usha davradagilar uchin gapirildi keyin chiroyli kilib uzbekcha ga ugirib axborotdan xalkga etkazib berishadi pryamoy tarjimasi tushinarsiz chikadi da endi

    1. «Axborot»da o’zbek tiliga o’girib berilgan joyini menga yuborsangiz, bir mazza qilib ko’ray. Jiddiy aytadigan bo’lsak, hali prezidentning birorta ruscha nutqi TVda o’zbek tiliga o’girilib bergani yo’q. TVdagilar shunday qilishga qo’rqishadi! Maqolani yaxshi anglagan bo’lsangiz, gap o’rnida tilmochlar o’girib berishi zarurligi haqida ketayapti. Dunyodagi ko’plab o’zini hurmat qilgan davlatlarda shunday qilinadi.

    2. Hali «Axborot»da prezidentning ruscha nutqi/gapi biror marta o’zbekchaga o’girib berilgani yo’q! TVdagilar bunday qilishga qo’rqishadi. Holbuki, o’z xalqini hurmat qilgan mamlakatlarda chet tillardagi gaplar davlat tiliga o’girilib turadi. Bu yerda sharh yozayotganlar shu oddiy haqiqatni agnlab yetmasligi ajablantiradi, xolos.

  9. Dunyo miqyosida katta majlis bo'layapti, bizning vakillar o'zbek tilida ma'ruza o'qishdi, naqadar ajoyib, go'zal tilimizda nutq so'zlashsa, va uni dunyodagi 5000 tilga o'girishdi, Tojik, afg'on, xind, xitoy, fin, aborigenlarning 100 lab, afrikaning 1000 lab qabilalari tiliga axir ular xam ona tilida eshitishi kerakku, xullas 5000 tilga tarjima qilishdi, xattoki o'lip borayotgan tillarga xam, nima qilipti qiyin bo'lsa, axir xammani o'z ona tilida eshitishga xaqqi borku, bizda afrika, janubiy amerika tillarini biladigan nechta mutaxassimiz bor edi???

  10. Shuncha vaktdan beri yurtimizda yashab ijod kilaetgan jurnalist va diktorlar o'zbek bo'la turib boshka o'zbek bo'lgan tuturiksiz artist, sportsmen, vazirlik xodimlaridan ruscha inter'vyu olganida KAERDA EDINGLAR? Bu xolat xozirgacha davom etyaptiku! Xamma kanallarda tilimizga nisbatan ochikchasiga shunday xurmaisizlik davom etyaptiku! NEGA JIMSANLAR!

    1. Ey muxlis! Sen bizdan ko’ra ana shu voqealar bo’layotgan yerga yaqinroqsan. O’zing ham bir harakat qilgin! Keyin, biz bu masalani doimiy ravishda ko’tarib chiqamiz. Seni ko’zing tushmagan bo’lsa ayb bizda emas! Keyin, internetda hamma o’zi qidirgan narsasini topadi. 🙂

    1. Maqtalaring, yalaqaxo’rlar!
      Tandiq — kelajakning mevasidir. Tanqid bo’g’ilgan jamiyat rivojlanishda itning keyingi oyog’i darajasiga tushib qolganini ko’rmaslik uchun ko’r bo’lish kerak!

  11. E’tibor bersangiz, aynan, maqolaga tanqidiy munosabatda bo`layotganlarni- yo ismini to`g`ri yoza olamaganlar , yo fikrini bayon qilishda xato yozayotganlar tashkil qilyapti!..

  12. E’tibor bersangiz, aynan, maqolaga tanqidiy munosabatda bo`layotganlarni- yo ismini to`g`ri yoza olmaganlar , yo fikrini bayon qilishda xato yozayotganlar tashkil qilyapti!..

    1. Masturaxon, bu trollarga e’tibor bermang. Ko’pchiligi profillariga o’z rasmlarini qo’ymagani ko’p narsani bildiradi. Ayrimlari yozgan sharhlari uchun oylik olayotgan bo’lishi ham mumkin.

  13. Ozodlikchilar chet elda yashirinib yurgan bo'lsa, bu fayzsizobodchilar o'zimizda, ko'p tantirasa burab qo'yish oson… xar bir narsani orqa tarafini ko'ravermay sabr qil , tupoylar

    1. «Tupoy» degan odam o’zi shundayligidan nafrat qilgani uchun boshqalarni ham o’ziga tenglashtirishga urinadi. Oddiy psixologiya.

  14. Bugun kamida rus va ingliz tilini bilish zamon talabi. Fakat uzbek tilini bilgan odam aksariyat soxalarda uziga kerakli bulgan informatsiya va bilimlarni topa olmaydi. Til bilish dunekarashni kengaytiradi va odamni madaniyatini oshiradi. Uzbek tili chiroyli va boy til lekin xalkaro uchrashuvlarda kerakli fikr muloxazalarni anik va lunda etkazish uchun rus tiliga etmaydi.

    1. «…fikr muloxazalarni anik va lunda etkazish uchun rus tiliga etmaydi» debdi Timur va uning komandasi. (Shu nomli hikoyaga o’xshatma)

  15. Bu makola SEM pochchasining buyurtmasiga asosan ezilganligi avtorning jizzakiligidan bilinib turibdi. Negaki bu yurtbuzuki ularga makolasi rezonans berganligini isbotlash kerak. Sharxlarni xam xar xil taxallus bilan uzi ezib reytingini isbot kilmokchi bulyapti shekilli -A!

    1. Bu sharhni yozgan jirraki Muxlisning fikrlash darajasi 1950-yillarda qolib ketibdi. Sam tog’ani ko’zi uchub turgani yo’q! Ularni o’z mamlakatlarida hal qilishi kerak bo’lgan muammolar yetarli.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *