Dunyo kezgan o'zbek piyolasi

423 views

Nima deb o'ylaysiz, yozning 40 gradus issig'ida ham qaynoq choy ichuvchi yagona xalq bizmikanmiz? Choysevar davlatlar o'rtasida bu masalada peshqadam bo'lish qiyinov, ammo o'zbek yoshlaridan tuzilgan shunday bir jamoa bor-ki, ular olib yurgan o'zimizning “Toshkent piyolasi“ naq 64 davlatni kezib chiqdi. «Teazeal» bu aslida qanday jamoa?!

«Teazeal» «tea» — choy, «zeal» — rohatlanmoq ma'nosini anglatadi. Jamoa butun dunyoni kezib yuruvchi o'zbek yoshlari jamoasi bo'lib, ular o'zimizning milliy do'ppimiz hamda paxta gullik piyolamizni dunyoning hozirgacha 64 davlatiga olib borgan. Ularning do'ppisi va piyolasining «qadami» dunyodagi eng baland cho'qqidan, okeanlargacha etgan.

«Teazeal» jamoasining You Tubeda 33 ming, instagram ijtimoiy tarmog'ida deyarli 17 ming kuzatuvchisi bor. Jamoa suratlarni tarmoqlarga joylab borish bilan bir qatorda 6 davlatda « Do you know Uzbekistan?» ( Siz O'zbekistonni bilasizmi?) loyihasini suratga olgan.

Hayratlanarli tomoni shundaki, jamoani hech qaysi tashkilot moliyalashtirmaydi hamda jamoa a'zolari bu ishni O'zbekistonni dunyoga tanitish uchun beg'araz bajarishadi.

Quyida jamoaning fotosuratlari bilan tanishing.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.