Dollar yana oshdimi?

426 views

Endi uydan ko'chaga, bozor-o'charu, aylanishga chiqayotganingizda cho'ntagingizga ko'proq pul solib olishni unutmang. Hatto do'konda kecha ko'rgan buyumingizning narxi bugun qimmatroq bo'lib tursa ham sotuvchiga shikoyat qilishga shoshilmang. Axir, dollar oshdi!

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmatining xabar berishicha, dollar kursi o'tgan haftaga nisbatan 14,84 so'mga ko'tarilib, 29 oktyabrdan 1 dollarning so'mga nisbati 9 463,37 so'm etib belgilandi.

Aytgancha, yangi quvonchli xabar, ertadan Evrolarni endi 69,54 so'm arzonga, 10 483,52 so'mdan sotib olishingiz mumkin.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.