«Demokratiya»…

1000 yildan ortiq Islom dunyosi ta'sirida o'sgan xalqimiz so'nggi 150 yilni matriarxat Rossiya ta'sirida o'tkazdi. Shu omillar natijasida na dinda sobit bo'ldik, na kommunizm qura oldik.

«Xudo yo'q!» – deb minbarlarda bong urganlar boshiga tashvish tushsa domla-pochchaga yuguradi; «Besh vaqt namozni qoyim qilyapman», deb ko'kragiga uradiganlar bez bo'lib, hajga borish uchun pora beradi. Yuzsizlik, shunday emasmi?

Muammo nimada?

Shaxsiy fikrimcha, buning sababi: biz kelajakka eltadigan aniq yo'lni qurmaganimizda, ya'ni, boradigan manzil uchun temir yo'lni qurmaganimizda; hali ham ikki sohilga qadam bosib yurganimizda; na sotsialistik, na kapitalistik mamlakat bo'lib ajray olganimizda. Vaholanki, bizning holatimizda katta reformalar uchun 10, uzog'i 12 yil bemalol etardi.

Mayli, o'tgan o'tdi, ketgan ketdi, endi afsusga, nadomatga hojat yo'q.
Aytmoqchi bo'lganim, endi fuqarolik jamiyatini shakllantirmoqchi bo'lsak, birinchi masalani fuqarolarning harakatiga, ya'ni, huquq va erkinliklari, mas'uliyat va majburiyatlari to'liq e'tirof etiladigan, ikki tomonlama qo'llanmaydigan (dvoynoy standart) aniq qonunlar ishlab chiqilishi (borlari esa tartibga keltirilishi), qonun nafaqat bir tomonlama, balki davlat organlarining fuqarolar oldidagi vazifalarini ham belgilab berishi va eng asosiysi «adolat tamoyillari bilan ta'minlangan, diniy bag'rikenglik asosida, millatlar do'stligini ta'minlovchi printsipga yondoshgan jamiyat qurish»ga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

Masalan, kimdir soqol qo'ymoqchimi, kindigiga qadar qo'yib olsin; yalang'och yurmoqchimi, echinib olsin; kitob o'qimoqchimi, kutubxonada tunab qolsin; it urishtiradimi, maxsus joy qilib beraylik, borib o'sha joyda itini urishtirsin; mashinani tez minmoqchimi, trassa qurib beraylik, mashinasini minib bir joyga kirib ketsin. Sababi, bu uning tanlovi-ku, to'g'rimi?

Modomiki, Islom dini hukumat darajasida ko'rilmas ekan, hurmat qilinmas ekan, unda cheklovlarni ham yig'ishtirib, hammaga o'z qarashlari bo'yicha harakat qilishlariga to'sqinlik qilmaslik kerak. Axir, «demokratiya» deb shuni orzu qilinadi-ku. Demokratik davlat bo'lmoqchimizmi, o'zi?

Oqiljon Najmiddinov

9 kommentariev

    1. Bu erda xar kim xoxlaganidek yashasin deyilmoqda. Evropani xoxlovchilar evropacha, Islomni xoxlovchilar islomiylarcha va yana boshqa huquq va erkinliklarga erk beraylik deyilmoqda.

  1. Mafkura maydoniga jangga chiqib shoqollar. Dushman deb e'lon qildi kimki qo'ysa soqollar. Na ilm bor na aql pastdir saviyasi xam. Axir fayzli emasmi soqol qo'yganda chollar. Xoin tamg'asi bosib taqvodorni qamashdi. Tuxmat kilib ularga yolg'on bilan yamashdi. Xoinlar chiqyapti-ku general va zobitdan. Xadik qilib yuribmiz taqvodagi obiddan. Xalq dushmani ko'p ekan xukumat xizmatida. To'g'ri ishlab yurmasmi o'zining izzatida. Ko'rnamaklik kilishdi shuncha obro' xurmatga. Endi maza kilishsin qamoqning lazzatida. Vazirlaru raxbarlar, xokim va mulozimlar. Sizga ibrat emasmi so'roqdagi zolimlar. Kimki xiyonat qilsa o'marishsa g'aznani. Boshiga yog'iladi o'zi qilgan zulumlar.

  2. Islomni hech qachon taqiq qo’yilmadi va qo’yilmaydi ham. Davlat dindan din davlatdan ajratilgan demokratik davlat qurganmiz. Siz va sizga o’xshaganlar xalqni chalg’itib davlatga gij gijlashni to’xtatmas ekansiz taqiqlar bo’laveradi. Galamislik qilishni yig’shtirib xalqni chalg’itmang. Diniy bilimingizni oshiring ozungizdan imom yasavolguncha.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *